Indonez tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Indonez tili — indonezlar tili. Indoneziya Respublikasining rasmiy tili. Malayyapolineziya tillari indonez shoxobchasi sumatra guruhiga kiradi. I. t. nomi Indoneziya Respublikasi tashkil topgandan sung malayya tili urnida qullana boshladi (1945). I. t. malayya tili asosida rivojlana boshlaydi va undan leksikasi hamda morfologiyasiga kura farq qiladi. Bu tilga oid qad. yodgorliklar (7-a.) Sumatra o. dan topilgan. 3-a. dan to 20-a. 30-y. larigacha malayya tili kabilala-raro va orollararo aloqa tili vazifasini utagan. Bu til oʻz tarixiy ta-raqqiyoti mobaynida turli alifbolardan tuzilgan yozuvga ega boʻlgan. 13-a. gacha devanagari alifbosidagi, 14— 19-a. larda bir necha harf qoʻshib arab grafikasiga asoslangan alifbodagi yozuvdan foydalanilgan. 19-a. boshlaridan lotin grafikasiga asoslangan alifbodagi yozuvga ega. Rivojlanish jarayonida bu til lugʻati xitoy,,sanskrit, arab, golland va b. hamda qardosh (yava, sundan, minan-kuba va b.) tillardan oʻzlashtirilgan soʻzlar hisobiga boyib boradi. Fonetik tarkibi 6 unli, 4 diftong va 18 undoshdan iborat; undoshlar jarangli va jarangsizga boʻlinadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil