Indianapolis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Indianapolis AQShning Indiana shtatining poytaxti va Marion okrugining joylashgan hududi hisoblanadi. 2000 yil hisob-kitoblariga ko'ra, uning aholisi 791,926 bo'lib, u Indiananing eng ko'p aholili shahri, AQShning 12chi eng katta shahari va Midwest(O'rtag'arb)ning uchinchi eng yirik shahri hisoblanadi.


Indianapolis - AQShning shim. dagi shahar, Uayt-River daryosi boʻyida. Indiana shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 791 ming , shahar atrofi b-n birga 1,2 mln. kishidan ziyod (2000). T. y. va shosse yoʻllar tuguni. Xalqaro aeroport bor. Mamlakatning yirik sanoat, savdo-moliya va madaniy markazi. Yetakchi sanoat tarmogʻi — mashinasozlik; aviatsiya va avtomobil dvigatellari, avtomashinalar uchun qismlar va uskunalar, elektr asboblari, aloka buyumlari, maishiy tele- va radio apparatlari, oʻlchovhisoblash pri-borlari, qurilish uskunalari, q. x. qurollari ishlab chiqaruvchi korxonalar bor. Rangli metallurgiya, kimyofarmatsevtika, poligrafiya, qogʻoz sanoatlari xdm rivojlangan. Muzey, 2 ta un-t bor. I.ga 1820 y.da asos solingan.[1]

Buyuk Indianapolis Marion okrugi va yondashgan okruglardan tashkil topgan. Kengroq ta'rifga ko'ra Indianpolis yondosh hududlari bilan birgalikda hisoblaganda 2 million aholiga ega bo'lib (2005), unga AQShning 23chi va Midwest'ning 7chi yirik shahri maqomini olib beradi. Yagonalashgan ish kuchi va media bozori bo'yicha Indianapolis Metropolitan Statistik Hududi(MDH) 2005 yilga ko'ra 1.64 million aholini tashkil etgan. Metropolitan Statistik Hududiga ko'ra Indianapolis Midwest'daChikago, Detroyt, Minneapolis, St.Louis, Clevelend, Cincinnati va Columbusdan keyingi sakkizinchi o'rinni egallaydi.

Urush qatnashchilariga monument.

Indianapolis kuchli sport mavqei ega bo'lib , 1987 yilda Pan Amerikan o'yinlari, Basketbol Turniri hamda har yili o'tkaziladigan Indianapolis 500 uchun mashhur. Shaharni Indy, Amerika chorrahasi va Aylana shahar deb ham nomlashadi.

Tarixi[tahrir]

Indianapolis poytaxt sifatida 1821 yilda tashkil topgan. Jeremiah Sullivan, Indiana Oliy Sudi sudyasi ushbu nomni Indiana so'ziga grekcha polis so'zini qo'shish orqali Indianapolis deb kashf etti; so'zma-so'z Indianapolis Indian shahri ma'nosini beradi. Shahar Oq daryo bo'yida tashkil etilib, ushbu daryo asosiy transport vositasi bo'ladi degan noto'g'ri taxmin ila qurilgan; biroq, suv yo'li buning uchun juda sayoz edi. Shtat yangi poytaxt shaharning dizaynini Aleksandr Ralstonga topshirdi.

Shahar aslida sharq-g'arb yo'nalishidagi Milliy Yo'lining ustida joylashgan. Dastlabki temir yo'l, Madison va Indianapolis, 1847 yil 1-Oktyabrda o'z faoliyatini boshladi. Asr so'ngiga kelib, Indianapolis o'gir sanoat ishlab chiqara boshlab, Chikago, Louisville, Cincinnati, Columbus va St. Louislarni bog'lovchi transport markazi bo'la boshladi. Yon hududlardagi tabiiy gaz va neft' zahiralari, shahrning kech 19 asrda gullab yashnashiga asos bo'ldi.

Geografiyasi va iqlimi[tahrir]

AQSh statistika boshqarmasi

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil