Minneapolis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Minneapolis - AKShning shim. qismidagi shahar. Minnesota shtatida. Aholisi 382,6 ming kishi (2000). Transport yoʻllarining yirik tuguni. Missisipi daryosi boʻyidagi port (yiliga 15 mln. t yuk ortib-tushiriladi). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Michigan va Qoyali togʻlar oraligʻidagi qishloq xoʻjaligi rayonining muhim savdomoliya markazi. Ja-honda yirik gʻalla birjasi. Asosiy sanoat tarmoqlari: mashinasozlik va metallsozlik. Radioelektronika (jumladan, EHM, aloqa vositalari, elek-trontarkibiy qismlar, maishiy radio va televizor aparaturalari ishlab chiqarish), elektrotexnika, priborsozlik sanoatlari rivojlangan. Yoʻl qurilishi va qishloq xoʻjaligi mashinalari, turli sanoat jihozlari ishlab chiqariladi. Harbiy, neftni qayta ishlash, kimyo, qogʻoz, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari, universitet bor.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil