Impichment

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Impichment - ayrim mansabdor shaxslarning mansabdan chetlatish va javobgarlikka tortish jarayoni (tartibi). impichment atamasi konstitutsiyaviy huquqqa AQSh qonunchiligi va amaliyotidan kirib kelgan. impichment har qanday mansabdor shaxsni oʻz burchiga jiddiy yondoshishiga, har qanday vaqtda lavozimdan chetlatishga va javobgarlikka tortishga olib kelishi mumkin. impichment hozirgi kunda koʻplab mamlakatlarning konstitutsiyalarida har qanday mansabdorlarga nisbatan qoʻllaniladigan jarayon sifatida oʻrnatilgan. impichmentga asos boʻlib, xoinlik, poraxoʻrlik, konstitutsiyaga amal qilmaslik va boshqa ogʻir jinoiy harakatlarni sodir etish hisoblanishi mumkin. AQSh Konstitutsiyasiga asosan Prezident, vitse-Prezident va boshqa mansabdorlar mansabidan chetlantirilishi va javobgarlikka tortilishi mumkin. impichment amalga oshirish Parlament ixtiyorida impichment masalasini AQShda Kongresning vakillar palatasi qoʻzgʻatadi va Senat qarori bilan hal qiladimpichment AQSh Prezidentiga nisbatan impichment qoʻzgʻatilganda Senat majlisida Oliy Sud raisi raislik kiladimpichment AQSh Kongressining vakillar palatasi 64 marta impichment tashabbusi bilan chiqishgan. Shundan 1impichment ish Senatda koʻrilib 4 federal sudyaga nisbatan impichment qoʻllanilgan. impichment natijasida hozirgacha birorta AQSh Prezidenti mansabidan chetlashtirilmagan. Lekin, 1974 yildagi AQSh Prezidenti R. Nikson impichment xavfi ostida oʻz ixtiyori bilan isteʼfoga chiqqan. 1999 yilda AQSh Prezidenti Bill Clintonga nisbatan impichment ilgari surilib, ish Senatgacha borgan. Ammo Senatda ayblov etarlicha ovoz ololmagan. impichment uchun mutlaq koʻpchilik, yaʼni uchdan ikki qism ovoz boʻlishi talab etiladimpichment

Impichment (ing . impeachment) — ayrim davlatlarda, mas, AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiyada oliy mansabdor shaxslar (mamlakat prezidenta, hukumat boshligʻi va sh.k.)ni javobgarlik-ka tortish va ularning jinoyatlari toʻgʻrisidagi ishlarni sudda koʻrib chiqishning alohida tartibi. I. vaqtida jinoiy ish qoʻzgʻatish va sudga berishni, odatda, parlamentning quyi palatasi amalga oshiradi, ishni koʻrib chiqish esa — oliy palataning vazifasidir, koʻrib chiqish lavozimdan chetlatish (boʻshatish) b-n yakunlanishi mumkin. I. tartibida hukm qilingan shaxs umumiy tartibda jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. [1]

Rossiyada Boris Elsin Prezidentligi davrida OAV „Impichment“ degan soʻz koʻp ishlatildi. Impichment Rossiya Konstitutsiyasida ham „Mansabdan chetlatish“ koʻrsatilgan boʻlib u ham impichment oʻzginasidir. Masalani Davlat dumasi qoʻzgʻatadi va Federatsiya Kengashi uzil-kesil qaror qabul qiladimpichment Bu konstitutsion javobgarlik faqat Prezidentga nisbatan qoʻllaniladi. Impichment Davlat dumasi bir necha marta B. Elsinni „mansabdan chetlatish“ (impichment) masalasini koʻtarib chiqqan lekin masala oxirigacha olib berilmagan. O’zbekiston Konstitutsiyasi impichment masalasini, yaʼni mansabdor shaxslarni mansabidan chetlatish, javobgarlikka tortish masalasini koʻzda tutmagan.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil