Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Ishga tushgan sanasi 2017-yil 14-fevral
Joylashuvi Surxondaryo viloyati, Termiz shahri,Shimoliy darvoza koʻchasi 3-uy
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Vebsayti termiziy.uz
Til(lar)i Oʻzbek
Hamkor tashkilotlari Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Oʻzbekiston islom sivilizatsiyasi markazi

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2774-sonli qarori asosida tashkil etilgan.[1] Markazda 40 ga yaqin xodim faoliyat olib boradi.

Markazning maqsad va vazifalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Markazning asosiy maqsadi Islom dini rivojiga ulkan hissa qoʻshgan buyuk alloma Abu Iso Termiziy (Imom Termiziy) va termiziy allomalarning benazir merosini ilmiy asosda chuqur oʻrganish, xalqaro jamoatchilik oʻrtasida keng targʻib qilish, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirish, shu asosda yosh avlodni ezgu gʻoyalar ruhida tarbiyalash, ularning qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻusini yanada kuchaytirishdan iborat.

  • Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
    • islom dinining, Qur’oni karim va hadis ilmining asl mohiyatini, hadisshunoslik maktabining ilmiy-ma’naviy asoslarini, Imom Termiziy hamda termiziy va boshqa mutafakkir zotlar merosini har tomonlama chuqur oʻrganish va keng targʻib etish;
    • yuksak insoniy gʻoyalar va muqaddas qadriyatlarni oʻzida ifoda etgan manbalarni tizimli asosda tadqiq etish, ulardan diniy ta’lim, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarida foydalanish maqsadida zarur darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari, ommabop nashrlar, ilmiy-amaliy tavsiyalar tayyorlash yuzasidan doimiy ish olib borish;
    • turli mafkuraviy xurujlar avj olayotgan bugungi kunda ajdodlarimizning ma’naviy merosini chuqur oʻrganish, ulardagi ezgu gʻoya va ta’limotlarni keng xalq ommasiga yetkazish va shu asosda yoshlarda sogʻlom dunyoqarashni kuchaytirish, ularni azaliy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash;
    • Imom Termiziy va termiziy allomalarning boy merosini oʻrganish va keng targʻib etish maqsadida xorijiy ilmiy markazlar, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, xalqaro konferensiya, simpozium, ko‘rgazma, ilmiy ma’ruzalar, seminar- treninglar, tanlovlar va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish;
    • O’zbekistonda hamda xorijiy davlatlarning kutubxonalari va qoʻlyozma fondlarida saqlanayotgan termiziy allomalar hamda buyuk mutafakkirlarning qoʻlyozma va toshbosma asarlari nusxalarini, ular haqidagi kitoblarni toʻplash va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
    • ma’naviy merosni oʻrganishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, ilm-fan yutuqlaridan keng foydalanishga doir tegishli ilmiy ishlanma va tavsiyalarni tayyorlash.

Markaz boʻlimlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Map
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xaritada

Ilmiy tadqiqotlar boʻlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilmiy tadqiqotlar markazi islom dinining, Qur’oni karim va hadis ilmining asl mohiyatini, hadisshunoslik maktabining ilmiy-ma’naviy asoslarini, Imom Termiziy hamda termiziy allomalar va bu yerdan yetishib chiqqan mutafakkir zotlar merosini har tomonlama chuqur oʻrganish va keng targʻib etish, yuksak insoniy gʻoyalar va muqaddas qadriyatlarni oʻzida ifoda etgan manbalarni tizimli asosda tadqiq etish, ulardan diniy ta’lim, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarida foydalanish maqsadida zarur darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari, ommabop nashrlar, ilmiy-amaliy tavsiyalar tayyorlash yuzasidan doimiy ish olib boorish, turli mafkuraviy xurujlar avj olayotgan bugungi kunda allomalarning ma’naviy merosini chuqur oʻrganish, ulardagi ezgu gʻoya va ta’limotlarni keng xalq ommasiga yetkazish va shu asosda yoshlarda sogʻlom dunyoqarashni kuchaytirish, ularni azaliy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash kabi vazifalarni amalga oshiradi.

10 nafar ilmiy xodim buyuk allomalar ilmiy merosiga bagʻishlangan mavzularda, 5 nafari falsafa doktori (PhD), 5 nafari fan doktori (DS's) dissertatsiyasi ishlarini himoyaga tayyorlamoqda. Boʻlimda 6 nafar ilmiy xodim faoliyat olib boradi.

Ilmiy tadqiqotlar yoʻnalishida: Xalqaro va mahalliy ilmiy jurnallar, xalqaro anjumanlar toʻplamlar, xalqaro va mahalliy gazetalarda 200 dan ziyod ilmiy-ommabop maqolalar nashr qilindi. 2017-2022 yillar davomida Markaz ilmiy xodimlari tomonidan 58 ta termiziy va boshqa allomalarning merosiga oid ilmiy va ommabop kitoblar, risolalar, darsliklar, sharhlar va tahqiqlar nashr qilindi. Bundan tashqari 13 ta termiziy va boshqa allomalarning merosiga oid ilmiy va ommabop kitoblar, qo‘lyozma tafsiri tahqiqi va oʻquv qoʻllanmalar nashr qilish uchun tayyor holga keltirildi.

Ma’naviy-ma’rifiy targʻibot yoʻnalishida: O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi telekanallari bilan hamkorlikda “Buyuk termiziylar”, “Jaholatga qarshi ma’rifat” va boshqa ruknlar ostida 100 da ortiq koʻrsatuv-videoroliklar va radioeshittirishlar tayyorlandi. O’tgan yillar davomida Markazning ilmiy xodimlari “Ekstremistik va terroristik tashkilotlarning gʻarazli niyatlari va muqaddas islom dinining asl mazmun-mohiyati” va “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiorlari ostida Surxondaryo viloyatidagi OTM lardagi oʻquvchi va yoshlarni qamrab olgan 200 dan ziyod ma’naviy-ma’rifiy, targʻibot tadbirlari, suhbat va uchrashuvlar oʻtkazdilar.

Xalqaro aloqalar va ziyorat turizmini rivojlantirish boʻlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro aloqalar va ziyorat boʻlimi Markazning xalqaro aloqalarini muvofiqlashtiruvchi va turizmni rivojlantiruvchi tuzilmasi hisoblanib, u Imom Termiziy va termiziy allomalarning boy merosini oʻrganish va keng targʻib etish maqsadida xorijiy ilmiy markazlar, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, xalqaro konferensiya, simpozium, koʻrgazma, ilmiy ma’ruzalar, seminar-treninglar, tanlovlar va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish, turizmni rivojlantirish kabi funksiyalarni bajaradi.

Boʻlimda 2 nafar ilmiy xodim faoliyat olib boradi. Hozirgi vaqtda boʻlim tomonidan Imom Termiziy va termiziy allomalarning benazir merosini yurtdoshlarimiz va xalqaro jamoatchilik oʻrtasida keng targʻib qilish maqsadida Markaz tomonidan 30 ga yaqin xalqaro-mahalliy konferensiya, anjumanlar, xalqaro va mahalliy foto koʻrgazmalar tashkil etildi. Xorijdagi nufuzli universitet va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan 10 dan ortiq memorandum imzoladi. Markaz ilmiy xodimlari 100 ga yaqin xalqaro onlayn va oflayn konferensiya va seminarlarda oʻz ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Markaz tomonidan “Sunani Termiziy” asarining 3 jildli sharhi va “Buyuk termiziylar” risolalari Buyuk Britaniyaning “Al-Furqon” islom merosi fondi, Oksford islom tadqiqotlari markazi, London islom madaniyat markazi va mamlakat oliy oʻquv yurtlari, oliy va oʻrta maxsus islom bilim yurtlarida xalqaro va mahalliy taqdimotlar oʻtkazildi.

Markaz xodimlari Buyuk Britaniya, Turkiya, Malayziya, Rossiya kabi davlatlardagi turdosh markazlar va universitetlarda tashkil etilgan malaka oshirish va oʻquv kurslarida ishtirok etdi/ Yana bir ilmiy xodim Buyuk Britaniyadagi Oksford islom tadqiqotlari markazi grantini qoʻlga kiritib, ilmiy stajirovkasini oʻtkazib keldi. Shuningdek, Markazning 1 nafar xodimi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturining yoshlarni bandlikka koʻmaklashish dasturi doirasida “Startap tashabbuslari” yoʻnalishida yoshlar oʻrtasidagi innovatsion gʻoyalar boʻyicha oʻtkazilgan koʻrik tanlovida xalqaro tashkilot grantini qoʻlga kiritdi.

O’tgan yillar davomida Markaz dunyoning 10 ta davlatdagi 30 ta ilmiy markazlar va universitetlari bilan xalqaro ilmiy aloqalarni yoʻlga qoʻydi. Xususan, Buyuk Britaniyaning Oksford islom tadqiqotlari markazi, London islom madaniyati markazi, London al-Furqon fondi, London Imom Moturidiy markazi, AQShning Yunion, Kentukiy universitetlari, Saudiya Arabistonining Riyoz shahridagi “Informatsiya va arab-rus tadqiqotlari” markazi, Germaniyaning ifa (Institut für Auslandsbeziehungen) tashqi aloqalar intituti va “Afghanistan Naween Research and Studies organization”, Turkiya Shehir universiteti, Sakarya universiteti, Marokash Abdumalik Sa’diy universiteti, Islom tarixi, san’ati va madaniyati ilmi-tadqiqot markazi (IRSIKA), Turkiya Ulugʻdogʻ universitetlari, Hindistodagi Jamiya Milliya Islamiya, Xalqaro islom tadqiqotlar akademiyasi, Aligarh islom universiteti, Patna shahridagi Xudobaxsh jamoat kutubxonadi, Dehlidagi Navdatul-ulamo islom talim muassasasi, Rossiyadagi Balgar islom akademyasi, Ufa shahridagi Moskva Islom Instituti, Qozon federal universiteti, Afgʻoniston Imom Rabboniy ta’lim universiteti va Javzjon universitetlari bilan aloqalar bogʻlandi va oʻzaro hamkorlik oʻrnatishga kelishib olindi. Markaz xodimlari 2022-yil 16-20-may kunlari Toshkent va Buxoro shaharlarida oʻtkazilgan “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumida oʻzlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Axborot-resurs markazi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Axborot-resurs markazi O’zbekistonda hamda xorijiy davlatlarning kutubxonalari va qoʻlyozma fondlarida saqlanayotgan termiziy allomalar hamda buyuk mutafakkirlaning qoʻlyozma va toshbosma asarlari nusxalarini, ular haqidagi kitoblarni toʻplash va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi. Boʻlimda 2 nafar ilmiy xodim faoliyat olib boradi. Markazning qoʻlyozmalar fondida allomalar merosiga oid 100 ga yaqin toshbosma asarlar mavjud. Bundan tashqari 500 ga yaqin Imom Termiziy va termiziy allomalar merosiga oid qoʻlyozma asarlarning elektron bazalari, 1000 ga yaqin islom merosiga oid qoʻlyozma asarlarning elektron bazalari shakllandi. 1000 ziyod termiziy olimlarning qoʻlyozmalarini oʻz ichiga olgan “Termizlik olimlar asarlarining jahon fondlaridagi qoʻlyozmalari katalogi” nashr qilindi. Turkiyada saqlanayotgan 100 dan ziyod termiziy olimlarning qoʻlyozmalari katalogi tayyorlandi.

Vaqf” xayriya jamoat fondi va O’zbekiston musulmonlar idorasi tasarrufidagi “Movarounnahr” nashriyoti, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, “O’zbekiston Fanlar akademiyasi” Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti, “Hilol-Nashr” nashriyot-matbaasi tomonidan 1000 dan ziyod kitoblar Markazga begʻaraz yordam sifatida taqdim etildi.

Shunungdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O’zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi tomonidan Markaz fondiga Hakim Termiziyga oid qalamiga mansub qoʻlyozmalar majmuasining elektron nusxasi xorijdan olib kelindi.

Axbobort texnologiyalar va multmedia[tahrir | manbasini tahrirlash]

Axbobort texnologiyalar va multmedia boʻlimi ma’naviy merosni oʻrganishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, ilm-fan yutuqlaridan keng foydalanishga doir tegishli ilmiy ishlanma va tavsiyalarni tayyorlash kabi vazifalarni amalga oshiradi. Boʻlimda 4 nafar ilmiy xodim faoliyat olib boradi. Internet va ijtimoiy tarmoq saytlarida Markazning ilmiy-tadqiqot faoliyatiga doir 1500 ta ma’lumotlar, videolar, infografiklar va rasmlar joylashtirildi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]