Kontent qismiga oʻtish

Hishom ibn Urva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hishom ibn Urva
arabcha: هشام بن عروة
Hishom ibn Urva ibn Zubayr ibn al-Avvom ibn Xuvaylid al-Qurayshiy al-Asadiy
Tavalludi taxminan milodiy 680
Vafoti taxminan milodiy 763
Bagʻdod
Fuqaroligi Umaviylar va Abbosiylar
Kasbi roviy
Dini Islom
Turmush oʻrtogʻi Fotima binti Munzir
Otasi Urva ibn Zubayr

Hishom ibn Urva (arabcha: هشام بن عروة; tax. 680–763) — atoqli hadis roviyi.

Hishom ibn Urva hijriy 61-yilda (milodiy 680) Madinada tugʻilgan[1]. Otasi Urva ibn Zubayr Zubayr ibn Avvom va Asmo binti Abu Bakrning oʻgʻli, onasi esa nomaʼlum joriyalardan boʻlgan[2].

Hishom Fotima binti Munzirga uyalangan va ularning Zubayr, Urva va Muhammad ismli farzandlari boʻlgan[2].

Hishom ibn Urva ishonchli va qatʼiy, hadislari koʻp, obroʻli roviylardan deb taʼriflanadi. U otasi Urva, xotini Fotima hamda Vahb ibn Kaysonlardan hadislar rivoyat qilgan[2]. Uning shogirdlari orasida Molik ibn Anas ham bor edi. Muhammad ibn Umar al-Voqidiy Hishomdan hadislar tinglagan[2]. Hishom vafot etganida al-Voqidiy atigi 16 yoshda boʻlgan[2].

Yaʼqub ibn Shayba Hishomni Iroqqa koʻchib oʻtgandan keyin ishonchsiz hadislar rivoyat qilgan deya taʼriflaydi. Zahabiyning soʻzlariga koʻra, Hishomning xotirasi qarilik tufayli pasayib ketgan[3].

Hishom ibn Urva hijriy 146-yilda (milodiy 763) Bagʻdodda vafot etgan[2][1].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Ibn Hajar, Tahdhib, xi, 51: see also Al-Dhahabi, Mīzān al-I’tidāl.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 Muhammad ibn Saʼd. The Men of Madina Volume II. Translated by Aisha Bewley. London: Ta-Ha (2000).
  3. Little, J. J. The Hadith of ʿĀʾišah’s Marital Age: a Study in the Evolution of Early Islamic Historical Memory. University of Oxford, 2022.