Turingiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Deutschland Lage von Thüringen.svg

Turingiya (olm. Thüringen) Olmoniya yerlaridan biridir. Poytaxti - Erfurt. Maydoni - 16 251 km2. 2 378 000 nafar aholi istiqomat qiladi.

Tyuringiya, Tyuringiya Respublikasi — Olmoniya yeri. Mamlakatnig markaziy qismida, Tyuringiya soyligi atrofida, Tyuringiya Oʻrmonlarida joylashgan. T. 5 ta federal yer bilan chegaradosh. Mayd. 16,2 ming km2. Axoliyey 2,4 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Erfurt sh.

T. — Olmoniya hududidagi tyuringlarning qad. viloyati. 1130 y.dan landgraflik, 16-a. oʻrtalaridan Saksoniya qirolligi va bir qancha knyazliklar tarkibida boʻlib keldi. 1918 y.da knyazliklar barham topib. T. yeri tashkil etildi. 1945 y. fashistlar Olmoniyasi parchalanib, T. Sovet Ittifoqi okkupatsiya zonasiga oʻtdi. 1949 y.dan Olmoniya Demokratik Respublikasi tarkibida 3 okrugga ajratildi. 1990 y.da Olmoniya birlashgach, okruglari ham birlashtirilib, T. Respublikasi tashkil etildi.

T. ni muhim transport yoʻllari kesib oʻtganligi sababli, savdo va hunarmandchilikning rivojlanishi uchun sharoit kulay boʻlgan. T. qadimdan hunarmandchilikning , ayniqsa, ov va sport qurollari ishlab chiqarish. markazi edi. Konchilik, elektrotexnika, keramika, yogʻochsozlik, toʻqimachilik, tikuvchilik, kimyo sanoatlari rivojlangan. Chinni va shisha buyumlar, oʻyinchokdar ishlab chiqariladi. Stanoksozlik, optikamexanika, avtomobilsozlik korxonalari mavjud. T.da 3 unt, bir nechta maxsus oliy oʻquv yurti, 50 dan ortiq i.t. instituta va texnik markazlar bor. Q.xda donli ekinlar, raps, kartoshka, qand lavlagi ekiladi. T. — I.V.Gyo’te, I. Bax va b. mashhur shaxslar vatani.


Havolalar[tahrir]