Brandenburg

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Deutschland Lage von Brandenburg.svg

Brandenburg Olmoniya yerlaridan biridir. Poytaxti — Potsdam. Maydoni — 29 478,63 km2. 2 495 635 nafar aholi istiqomat qiladi (2011).

Brandenburg — Olmoniya yeri. Mayd. 20 ming km2. Aholisi 2,5 mln. kishi (1994). Maʼmuriy markazi — Potsdam sh. B. markazida yer huquqiga ega boʻlgan alohida maʼmuriy birlik, mamlakat poytaxti — Berlin sh. joylashgan. B.da aholi zichligi boshqa yerlarga nisbatan kam. Oʻrta asrlarda B. oʻrnida aholisi asosan Gollandiya, Chexiya va Fransiyadan badargʻa qilinganlardan iborat nemis knyazligi boʻlgan. 1356 y.dan kurfyurstlik (1415 y. dan Gogensollernlar boshqardilar; 1486 y.dan ularning qarorgohi Berlin edi); 1618 y.dan B. Prussiya davlatidagi Prussiya gersogligi bilan birlashdi. 1815—1945 y.larda Prussiya provinsiyasi, soʻngra Olmoniya yeri boʻlib, 2-jahon urushidan soʻng B.viloyatlarining katta qismi sovet okkupatsiyasi zonasiga kirdi, 1949 y.dan GDR tasarrufida, 1990 y.da GDR va GFR qoʻshilgandan soʻng , birlashgan Olmoniya tarkibida.

B. Olmoniyaning yangi yerlari ichida maydoni jihatidan eng kattasi. Maydonining 35% oʻrmon. B.dan Xavel va Shpre daryolari oqib oʻtadi. Tabiat muhofazasiga eʼtibor kuchli. Tabiat parklari, qoʻriqxonalar va rezervatlar koʻp. B. industrialagrar r-n. Q. x. va oʻrmonchilik B. iqtisodiyotida muhim oʻrin tutadi. Bushoy, javdar, kartoshka, qand lavlagi, moyli oʻsimliklar ekiladi, Berlin hamda Oderburx sh.lari atrofida sabzavot va meva yetishtiriladi. Transport mashinasozligi, stanoklar i.ch., elektronika, energetika, oziq-ovqat va kimyo sanoati rivojlangan. Sanoatlashgan qismi — Ayzenxyuttenshtadt (poʻlat quyish) va Kotbus (qoʻngʻir koʻmir qazib olish, kimyo sa, noati va energetika). Berlindan jan.da, Lyudvigsfeldda tayyor qismlardan yuk mashinalari yigʻiladi. FrankfurtOderda elektrotexnika sanoati va priborlar i. ch. korxonalari bor. 13—15-a.larga oid meʼmoriy yodgorliklar saqlangan.[1]


Havolalar[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil