Headbang

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Headbang, Johannesburgdagi klublardan biri, Janubiy Afrika Respublikasi

Headbang yoki headbanging (xedbeng, xedbenging deb talaffuz qilinadi; ingl. head — bosh, kalla, bang — tebratish, urish) heavy metal musiqasi ostida tushiladigan bir raqs turi boʻlib, unda boshni musiqa ritmiga monand tebratiladi. Headbang qilayotgan odamga headbanger, deyiladi. Headbangerning sochi uzun boʻlsa, raqs ayniqsa effektli koʻrinadi. Headbangʻdan soʻng alkogol taʼsiriga oʻxshagan sarhush kayfiyat paydo boʻlishi kuzatiladi. Bu ham headbang qilishning sabablaridan biridir.

Tarix[tahrir]

Bosh silkitib raqsga tushish ibtidoiy zamonlardan beri maʼlum, u ritual bazmlar paytida odamlar trans holatida tushayotgan raqslarining bir qismini tashkil qilgan. Lekin rock musiqaga «headbang» raqsi va atamasi 1968 yili Led Zeppelin'ning Bostondagi konserti paytida kirib kelgan, deb hisoblanadi. Oʻsha konsertda birinchi qatorlarda turgan tinglovchilar boshlarini musiqaga monand ravishda silkitishni boshlashgan.

Usullar[tahrir]

Headbangʻning koʻpgina usullari bor, jumladan:

  • Up-and-down: eng keng tarqalgan usul, bunda headbanger boshini pastga va tepaga silkitadi.
  • Windmill yoki Helicopter: boshni parraklar kabi aylantiriladi. Cannibal Corpse, Cradle of Filth va Slipknot musiqachilari tomonidan koʻp ishlatiladi.
  • Drunk style: boshni mast-alast kimsadek betartib silkitish.
  • Half-circle: boshni yarim aylana boʻyicha u yoqdan bu yoqqa silkitish. Slayer musiqachilari tomonidan qoʻllaniladi.
  • Side-to-side yoki No-no bang: boshni chap-oʻng tomonlarga tebratish (xuddi «yoʻq» deyotgandek). Static-X, Children of Bodom, Slipknot, System of a Down, Metallica va HIM musiqachilari ishlatishadi.
  • Whiplash: up-and-down usulining tezlashgan koʻrinishi. Metallica va Rammstein musiqachilari baʼzida qoʻllashadi.

Sog‘liqqa taʼsiri[tahrir]

Headbang boʻyin va umurtqa ogʻriqlarini keltirib chiqarishi mumkin, lekin bu ogʻriqlar bir-ikki kunda oʻtib ketadi. Biroq, agar headbangʻdan avval kerakli tayyorgarlik koʻrilmasa, boʻyin mashqlari qilinmasa, tomir tortishib qolishi mumkin. Uning miyaga zarari bor ekanligi ham daʼvo qilingan, ammo bu isbotlanmagan. Lekin har ehtimolga qarshi headbangʻli konsertlarga haftasiga bir marotabadan koʻp bormaslik tavsiya etiladi.

Shuningdek[tahrir]