Slam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
The Dillinger Escape Plan guruhi konsertida slam.

Slam yoki slamdancing (slem, slemdensing deb talaffuz etiladi; ingl. slam — urmoq, majaqlamoq, dancing — raqsga tushmoq) punk rock, hardcore va heavy metal konsertlaridagi raqs turi boʻlib, unda tinglovchilar bir-birlariga urilishib, bir-birini itarib harakat qilishadi. Odatda, slam’dagilar headbang ham qilishadi.

Tarixi[tahrir]

Slam 1970-yillarda Los Anjeles punk rock konsertlarida paydo boʻla boshladi. Lekin 1980-yillarga kelibgina, u heavy metal tomoshalari bilan keng tarqala boshladi. Avvaliga murakkab boʻlgan slam bugungi kunga kelib oddiygina konsertdoshlarni itarib, turtib-surtishga aylanib ketdi.

Boshqa nomlari[tahrir]

Ushbu raqs Yevropa va Shimoliy Amerikada mosh, Turkiyada pogo, MDH mamlakatlarida slam, deb ataladi.

Qoidalari[tahrir]

Slam betartib faqatgina turtinishlardan iborat emas. Uning oʻziga xos qoidalari bor, masalan, yiqilgan odamning turishiga koʻmaklashib yuborish, tushirib qoldirilgan ashyolarni (qalpoq, poyafzal kabi) egalariga qaytarish va hk. Slam’dan janjal chiqarish uchun foydalanish mumkin emas, bu faqatgina koʻngilxushlik maqsadidagi raqsdir.

Tanqid[tahrir]

The Smashing Pumpkins kabi baʼzi guruhlar slam’ga qarshi chiqadilar. 1996 yili Smashing Pumpkins konsertida (Dublin, Irlandiya), 17 yoshli Bernadette OʻBrien ismli slam’da qattiq jarohatlanib, kasalxonda vafot etgandi. Smashing Pumpkins vokalisti Billy Corgan keyinchalik intervyu paytida shunday degan:

Men sizga bir narsani aytib qoʻymoqchi edim, kollejlik qovoqkallalar. Men siz va sizga oʻxshagan odamlarning atrofdagilarni bunday turtib-surtishlarni yetti yil mobaynida kuzatib kelmoqdaman. Va bilasizmi nima? Har doim bir xil manzara. Bunday sharoitda, bunday olomon orasida bu qiliqlaringiz atrofdagi odamlarga noqulaylik tugʻdirishini tushunib yetishingizni istar edim. Men, va biz, bundan buyon slam’ga qarshi chiqishimizni eʼlon qilamiz!


Shuningdek[tahrir]