Grigoriy taqvimi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Taqvim
Taqvim haqida ma'lumotlar
Taqvim
turi

Quyosh taqvimi, Oy taqvimi, Oy-Quyosh taqvimi

Boshqa turdagi taqvimlar
Армелина · Армянский · Ассирийский · Ацтекский · Бахаи · Бенгальский · Буддийский · Вавилонский · Византийский · Вьетнамский · Гильбурда · Grigorian taqvimi · Древнеегипетский · Древнеиндийский · Древнекитайский · Древнеперсидский · Древнеславянский · Еврейский · Зороастрийский · Индийский · Инки · Иранский · Ирландский · Islomiy taqvim · Китайский · Конта · Коптский · Малайский · Майя · Непальский · Новоюлианский · Римский · Советский · Тамильский · Тайский: ЛунныйСолнечный · Тибетский · Трёхсезонный · Туркменский · Универсальный · Французский · Ханаанейский · Чучхе · Шумерский · Эламско-персидский · Эфиопский · Юлианский · Яванский · Японский

Grigoriy taqvimi 1582 yil 4 oktabrda Rim papasi Grigori XIII tomonidan eski Yuli taqvimi oʻrniga qabul qilingan taqvimdir. Hozirda deyarli butun dunyoda qoʻllaniladi. 365,2425=365+0,25-0,01+0,0025=365+\frac{1}{4}-\frac{1}{100}+\frac{1}{400}

Grigoriy kalendari (yoki yangi uslub) — Rim papasi Grigoriy XIII tomonidan Yuliy kalendari (eski stil) oʻrniga 1582 y.da joriy etilgan kalendar. Perudjiy universiteti oʻqituvchisi Luidji Lilio 1576 y.da taqlif etgan loyihaga binoan tuzilgan. Yuliy kalendarida yoʻl qoʻyilgan xatolik tuzatilib hisob 10 kun oldinga surilgan. Bahorgi teng kunlik, yaʼni 21 martga toʻgʻri kelgan. Xatolik yana takrorlanmasligi uchun har 400 yilda kabisa pil 3 kunga qisqartirilgan, yaʼni 100 kabisa yili oʻrniga 97 kabisa yili joriy etilgan. G. k.ga koʻra oxirgi 2 rakami 4 ga boʻlinadigan yillar kabisa yillardir, lekin 2 nol bilan tugab, 400 ga boʻlinmaydigan yillar bundan mustasno, mas,. 1700, 1800, 1900 va 2100 yillar oddiy yil, 1600, 2000, 2400 va 2800 yillar esa kabisa yil hisoblanadi. Shu hisobda yilning davomiyligi 365,242500 soʻtkani tashkil etib, tropik yilga qaraganda har yili 26 sek. ortib boradi va sal kam 3300 yilda 1 kun xato qilinadi. G. k.ning birdan-bir noqulayligi oylardagi kunlar sonining har xilligidir. Sobiq Ittifoqsa (shu jumladan Oʻzbekistonda) G. t. 1918 y. 14 fevraldan (eski uslubda 1 fevraldan) boshlab qabul qilingan.

Taqvim oylari[tahrir]

Tartib raqami Nomlanishi Kunlar
1 Yanvar 31
2 Fevral 28 yoki 29
3 Mart 31
4 Aprel 30
5 May 31
6 Iyun 30
7 Iyul 31
8 Avgust 31
9 Sentabr 30
10 Oktabr 31
11 Noyabr 30
12 Dekabr 31

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Yanvar | Fevral | Mart | Aprel | May | Iyun | Iyul | Avgust | Sentabr | Oktabr | Noyabr | Dekabr