Griffen qal’asi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Griffen qal’asi
Griffen, Avstriya
Koordinatalar 46°42′19″N 14°43′39″E / 46.70528°N 14.72750°E / 46.70528; 14.72750Coordinates: 46°42′19″N 14°43′39″E / 46.70528°N 14.72750°E / 46.70528; 14.72750
Tur Qal’a
Joy maʼumoti
Egasi Griffen shahri
Hozirgi kunda Turistik obyekt
Holat Xarobalar
Joy tarixi
Qurilishi 1124-1146-yillar
Qurdirgan shaxs Otto Bamberg
Foydalanilishi 1768-yilgacha
Buzilgan 1840-yil
Urushlar 1292-1293-yillarda graf Ulrich fon Heunberg tomonidan bosib olingan

Griffen qal’asi 1124-1146-yillarda Bamberg yepiskopi Otto buyrugʻi bilan qurilgan. 1160-yilgi hujjatda Germaniya imperatori Fridrix I Barbarossa Griffen qal’asini Bamberg mulki sifatida tilga olgan[1].

1292-yilda karintiyalik zodagon graf Ulrich fon Heunburg Zaltsburg arxiyepiskopi Konrad IV koʻmagida Germaniya qiroli Rudolf I va gersog Meynxard II ning oʻgʻli Albert Gabsburgga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarib qal’aga hujum qildi va uni egallab oldi. Biroq, Ulrich ittifoqchilari tomonidan yakka oʻzi tashlab ketilgan va buning natijasida bir yildan keyin qal’ani tark etishga majbur boʻlgan. 1759-yilda yepiskop Adam Fridrix Karintiyadagi Bamberg mulklarini avstriyalik Mariya Terezaga sotdi va qal’a Karintiya gersogligi tarkibiga kiritildi[2].

Taxminan 1520-yilda Usmonli turklar qoʻshinlari tahdididan himoya qilish uchun qal’aning katta qismi rekonstruktsiya amalga oshirildi, uning bazasi taxminan 4000 m 2 ni tashkil etdi, lekin, turklar Griffenni hech qachon qamal qilmaganlar. 1659-yilda minoralardan birini yashin urgan va qal’ada yongʻin boshlangan. 1768-yilda oxirgi diniy marosim boʻlib oʻtdi va taxminan 1840-yilda tomlari qulab tushgan. 2000-yildan beri qal’ani hozirgi koʻrinishini saqlab qolish boʻyicha turli ishlar amalga oshirilmoqda. Tik piyoda yoʻlak togʻdan vayronalarga olib boradi.

Gʻor[tahrir | manbasini tahrirlash]

Togʻ ichida uzunligi 485 m boʻlgan Griffener Tropfsteinhöhle (tomchi tosh gʻor) joylashgan. Bu gʻor Ikkinchi Jahon urushining oxirgi kunlarigacha kashf etilmagan. U 1957-yildan beri hamma uchun ochiq va tabiiy diqqatga sazovor joy.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]