Gonzalo Higuaín

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gonsalo Iguain
Gonzalo Higuaín 48609.jpg
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Gonzalo Gerardo Higuaín
Tavallud sanasi 10-dekabr, 1987 (1987-12-10)(26 yosh)
Tavvalud joyi    Brest, Fransiya bayrogʻi Fransiya
Boʻyi 184 sm
Laqab Pipita
Ampluasi hujumchi
Klub ma'lumoti
Joriy klub Flag of Spain.svg Real Madrid
Raqami 20
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
River Pleyt
Professional klublar1
Yillar Klub Isht. (Gollar)*
2004—2006
2007 — hz.
River Pleyt
Real Madrid
35 (13)
161 (92)   
Milliy terma jamoa
2008
2009 — hz.
Argentina (olimp.)
Argentina
1 (2)
23 (12)

1 Professional klublardagi gollari
(ichki chempionat) uchun.
* Ishtiroklari (Gollari)


Gonsalo Xerardo Iguain (isp. Gonzalo Gerardo Higuaín; 10-dekabr 1987, Brest, Fransiya) — argentinalik futbolchi, Argentina terma jamoasi va Real Madrid jamoasi hujumchisi. „Real“ning yevrokuboklardagi 700-nchi golining muallifi[1].

Hayoti[tahrir]

Gonsalo argentinalik professional futbolchi oilasida tugʻildi. Otasi Xorxe Iguain (1957-yil 8-iyunda tugʻilgan) oʻsha vaqtlarda Fransiyaning Brest jamoasida himoya chizigʻida toʻp surardi. Farzandi 10 oylik boʻlganida, ota-onasi Argentina qaytishdi. Shu asnoda Gonsalo Iguain fransuzcha bilmasa ham Fransiyaning pasportiga ega boʻlgan. 2006-yilda Iguainni Argentina ham Fransiya ham oʻz tarkibiga chaqirdi, lekin oʻylab koʻrishga vaqt olgan holda ikkalasiga ham rad javobini berdi. Keyinroq u Argentina terma jamoasi safiga qoʻshilishga qaror qildi[2]. Gonsaloning katta akasi Federiko Iguain (1984-yil 25-oktabrda tugʻilgan) ham professional futbolchi sifatida „River Pleyt“, „Independiente“, „Beshiktosh“ jamoalari hujum chizigʻida faoliyat olib borgan.

20042006 yillar mobaynida „River Pleyt“ safida oʻynab yurdi. 2007-yildan eʼtiboran u Real Madrid jamoasi hujumchisi sifatida maydonga chiqa boshladi. 2008/09 mavsumda Ispaniya chempionati davomida u 22 ta toʻp kiritdi, 2009/10 mavsumda esa 27 ta (chempionat toʻpurarlari roʻyxatida Lionel Messidan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan) toʻp kiritgan.

JARda oʻtkazilgan 2010-yilgi Jahon chempionatida 22 yoshli Iguain musobaqaning birinchi xet-trigini Janubiy Koreya darvoza kiritdi (4:1). Gonsalo uchun bu milliy termadagi atigi 7-nchi oʻyini edi. Iguain argentinaliklar orasida Jahon chempionatidagi bitta oʻyinda 3 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan Gilermo Stabile (1930) va Gabriel Batistuta (1994 va 1998)lardan keyingi 3-nchi oʻyinchi boʻldi[2]. Iguainning xet-trigi chempionat tarixidagi 49-nchi va 2002-yildan beri esa 1-nchisi boʻldi. 1/8 finalda Meksika bilan boʻlgan bahsda Gonsalo yana bitta gol urishga muvaffaq boʻldi. 1/4 finalda esa argentinaliklar nemislar tarafidan 0:4 hisobidagi ogʻir magʻlubiyatdan soʻng, musobaqani tark etdilar.

2012-yil 31-martida Gonsalo „Real“ning 2011/12 Ispaniya chempionatidagi 100-nchi golini kiritishga muvaffaq boʻldi.

Erishgan natijalari[tahrir]

Jamoada[tahrir]

Flag of Spain.svg „Real Madrid“

Shahsiy[tahrir]

  • 2006-yildagi Argentina chempionatining eng yaxshi oʻyinchisi.

Statistika[tahrir]

Jamoada[tahrir]

2012-yil 13 may holatiga.

Jamoa Mavsum Liga Kubok Yevrokuboklar Boshqa Jami
G A G A G A G A G A
River Pleyt 2004/05 6 0 0 0 0 0 0 0 0 - 6 0 0
2005/06 12 5 5 5 1 0 4 2 0 - 21 8 5
2006/07 17 10 11 0 0 0 2 0 0 1 0 0 20 10 11
Jami 35 15 16 5 1 0 6 2 0 1 0 0 47 18 16
Real Madrid 2006/07 19 2 3 2 0 0 2 0 0 - 23 2 3
2007/08 25 8 3 4 1 0 5 0 0 - 34 9 3
2008/09 34 22 9 2 1 0 7 0 0 1 1 0 44 24 9
2009/10 32 27 5 1 0 0 7 2 1 - 40 29 6
2010/11 17 10 6 2 1 0 6 2 0 - 25 13 6
2011/12 35 22 7 5 1 2 12 3 1 2 0 0 54 26 10
Jami 162 91 33 16 4 2 39 7 2 3 1 0 220 103 37
Faoliyatida jami 197 106 49 21 5 2 45 9 2 4 1 0 267 121 53

Milliy terma jamoada[tahrir]

Mamlakat Jamoa Mavsum Oʻyin Gollar Assistent
Argentina Real Madrid 2009 3 1 0
2010 10 6 2
2011 9 5 1
2012 3 1 3
Jami 25 13 6

Izohlar[tahrir]

  1. Iguain zabil 700-y gol „Reala“ v evrokubkax
  2. 2,0 2,1 Iguain sdelal vibor. I ne progadal — "Sport-Ekspress", 18 iyun 2010

Havolalar[tahrir]