Germaniya imperatorlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Imperator
Deutscher Kaiser

Eng oxirgi va eng uzoq hukmronlik qilgan
Vilgelm II
15-iyun 1888-yil – 9-noyabr 1918-yil
Tafsilotlar
Uslub [[Hazrati oliylari|Imperial Majesty hazrati oliylari]]
Birinchi monarx Vilgelm I
Oxirgi monarx Vilgelm II
Shakllanishi 18-yanvar 1871-yil
Bekor qilinishi 28-noyabr 1918-yil
Rezidensiyasi Berlin City Palace
Tayinlovchi Merosiy
Daʼvogar(lar) Georg Fridrix

The Germaniya Imperatori (nemischa: Deutscher Kaiser, talaffuzi: [ˌdɔɪ̯t͡ʃɐ ˈkaɪ̯zɐ] ( tinglang)) Germaniya imperiyasi hukmdorining rasmiy unvoni. ushbu atama, Germaniya Imperiyasi konstitutsiyasiga ham kiritilgan va 1918-yil 28-noyabrda Vilgelm II rasman taxtdan voz kechgunga qadar amalda boʻlgan[1].

1918-yilgi inqilobdan keyin davlat boshligʻi Fridrix Ebertdan boshlab Reyx (nemischa: Reichspräsident) prezidenti deb yuritiladigan boʻldi.

Unvonning qabul qilinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Imperator unvoni Parijni qamal qilish paytida Versal saroyida Prussiya qiroli Vilgelm I imperator deb eʼlon qilingunga qadar davom etgan muhokamadan soʻng Prussiya vaziri va Shimoliy Germaniya Konfederatsiyasi kansleri Otto fon Bismark tomonidan ehtiyotkorlik bilan tanlangan[2]. Vilgelm I18-yanvarda bu unvonni „Germaniya imperatori“ (nemischa: Kaiser von Deutschland) ni mamnuniyat bilan qabul qildi. Biroq, bu Janubiy Germaniya monarxlari uchun qabul qilib boʻlmas holat edi, chunki bu unvoni Prussiya qirolligidan tashqaridagi yerlarga (Avstriya, Shveytsariya, Lyuksemburg va boshqalar) ham daʼvo qilishini anglatardi[3].

Bir paytlar 1849-yilda Frankfurt parlamentida Prussiya qiroli oʻzini „nemislar imperatori“ deb eʼlon qilgani rad etilgandi. Umuman olganda, Vilgelm konstitutsiya bilan yaratiladigan sunʼiy (Napoleonnikiga oʻxshash) imperatorlik tojidan norozi edi[4].

Imperiya konstitutsiyasiga koʻra, imperiya Prussiya qirolligi ostidagi davlatlar federatsiyasi edi. Imperatorlik toji toʻgʻridan-toʻgʻri Prussiya tojiga bogʻlangan edi — ushbu faktorni Vilgelm II Birinchi jahon urushidan keyin ham taʼkidlagandi. Urush tugashi bilan u imperator boʻlib qola olmasligini tan oldi, lekin u hech boʻlmaganda Prussiya qirolligi tojini saqlab qolishga harakat qildi[5].  Biroq, uning soʻnggi kansleri, Baden shahzodasi Maks buni qonuniy jihatdan imkonsiz deb topdi va 9-noyabr kuni, yaʼni Birinchi jahon urushi tugashi sulhidan ikki kun oldin Vilgelm ikkala taxtdan ham voz kechishini eʼlon qildi. Oʻzi esa Gollandiyaga ketishga majbur boʻldi. Faqat 28-noyabrda Vilgelm II "Prussiya tojiga va u bilan bogʻliq boʻlgan nemis imperatorlik tojiga boʻlgan huquqlardan" rasman voz kechdi[6].

Vilgelm I ning Fransiyaning Versal saroyidagi Koʻzgular zalida Germaniya imperatori deb eʼlon qilinishi(Anton fon Verner tomonidan chizilgan rasm)

Imperator unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nemis imperatorlari Gogenzollern sulolasi tomonidan boshqariladigan yerlarning geografik kengligi va xilma-xilligini aks ettiruvchi unvonlar va titullarning keng roʻyxatiga ega edi[7].

Vilgelm I[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Germaniya imperatori va Prussiya qiroli;
  • Brandenburg margrafi;
  • Nyurnberg Burgrave, Gogenzollern grafi;
  • Suveren Sileziya va Glatz okrugi gersogi;
  • Quyi Reyn va Pozen Buyuk Gertsogi;
  • Saksoniya gertsogi;
  • Vestfaliya, Pomeraniya, Golshteyn va Shlezvig, Magdeburg, Bremen,Crossen, Lauenburg va Meklenburg gertsogi;
  • Gessen va Tyuringiya landgrafi[8];
  • Yuqori va Quyi Lusatiya margrafi;
  • Sharqiy Frizlandiya, Ryugen Paderborn, Halberstadt, Verden, Nassau, Myunster shahzodasi;
  • Henneberg; Ravensberg, Xohenshteyn, Teklenburg va Lingen, Mansfeld, Frankfurt knyazi[9].

Fridrix III[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Germaniya imperatori va Prussiya qiroli;
  • Brandenburg margrafi;
  • Nyurnberg Burgrave, Gogenzollern grafi;
  • Suveren Sileziya va Glatz okrugi gersogi;
  • Quyi Reyn va Pozen Buyuk Gertsogi[10];
  • Saksoniya gertsogi;
  • Gessen va Tyuringiya landgrafi;
  • Yuqori va Quyi Lusatiya margrafi;
  • Sharqiy Frizlandiya, Ryugen Paderborn, Halberstadt, Verden, Nassau, Myunster shahzodasi;
  • Henneberg; Ravensberg, Xohenshteyn, Teklenburg va Lingen, Mansfeld, Frankfurt knyazi[11].

Vilgelm II[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Germaniya imperatori va Prussiya qiroli;
  • Brandenburg margrafi;
  • Nyurnberg Burgrave, Gogenzollern grafi;
  • Suveren Sileziya va Glatz okrugi gersogi;
  • Quyi Reyn va Pozen Buyuk Gertsogi;
  • Saksoniya gertsogi;
  • Gessen va Tyuringiya landgrafi;
  • Yuqori va Quyi Lusatiya margrafi;
  • Sharqiy Frizlandiya, Ryugen Paderborn, Halberstadt, Verden, Nassau, Myunster shahzodasi;
  • Henneberg; Ravensberg, Xohenshteyn, Teklenburg va Lingen, Mansfeld, Frankfurt knyazi[12].

Germaniya imperatorlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ismi Yashagan yillari Hukmronligining boshlanishi Hukmronligining tugashi U haqida Oilasi Surati
Vilgelm I[13] 1797-yil 22-mart

1888-yil 9-mart (90 yosh)

1871-yil 18-yanvar 1888-yil 9-mart

(17 yil, 69 kun)

Birinchi Germaniya Imperatori Gogenzollern
Vilgelm I
Fridrix III[14] 1831-yil 18-oktabr

1888-yil 15-iyun (56 yosh)

1888-yil 9-mart 1888-yil 15-iyun

(99 kun)

Vilgelm I ning oʻgʻli Gogenzollern
Fridrix III
Vilgelm II 1859-yil 27-yanvar

1941-yil 4-iyun (82 yosh)

1888-yil 15-iyun 1918-yil 28-noyabr

(37 yil 167 kun)

Vilgelm I ning nabirasi

Fridrix III ning oʻgʻli

Gogenzollern
Vilgelm II

Eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Statement of Abdication of Wilhelm II
  2. Ernst Rudolf Huber: Deutsche Verfassungsgeschichte seit 1789. Band III: Bismarck und das Reich. 3rd edition, W. Kohlhammer, Stuttgart 1988, p. 750-753.
  3. William Dawson (14 July 2017). History of the German Empire. Merkaba Press. p. 355.
  4. Karl Kroeschell: Deutsche Rechtsgeschichte, Bd. 3: Seit 1650, 5. Aufl., Böhlau/UTB, Köln/Weimar/Wien 2008, S. 235.
  5. Michael Kotulla: Deutsche Verfassungsgeschichte: Vom Alten Reich bis Weimar (1495-1934), 2008, Rn. 2042.
  6. Klaus Stern: Das Staatsrecht der Bundesrepublik Deutschland. Band V: Die geschichtlichen Grundlagen des deutschen Staatsrechts. Die Verfassungsentwicklung vom Alten Deutschen Reich zur wiedervereinigten Bundesrepublik Deutschland. C.H. Beck, München 2000, ISBN 978-3-406-07021-1, Rn. 128.
  7. Burgess, John W. (1888). „Tenure and Powers of the German Emperor“. Political Science Quarterly. 3 (2): 334-357. doi:10.2307/2139036. ISSN 0032-3195. JSTOR 2139036.
  8. Rudolf Graf v. Stillfried: Die Titel und Wappen des preußischen Königshauses. Berlin 1875.
  9. "Titles of Frederick III". Archived from the original on 14 March 2007. Retrieved 15 October 2007.
  10. "Archived copy". regiments.org. Archived from the original on 22 December 2007. Retrieved 11 January 2022.
  11. Wilhelm II (1922). The Kaiser’s Memoirs. Translated by Thomas R. Ybarra. Harper & Brothers Publishers. pp. 285-91
  12. "Titles of Wilhelm II". Archived from the original on 14 March 2007. Retrieved 15 October 2007.
  13. Hull 2004, p. 31.
  14. Enumerated as successor of Frederick II who was King of Prussia 1740-1786 but not German Emperor.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Hull, Isabel V. (2004), The Entourage of Kaiser Wilhelm II, 1888-1918.
  • Horne, Charles F. (2009), Source Records of the Great War, Kessinger Publishing,
  • Ernst Rudolf Huber: Deutsche Verfassungsgeschichte seit 1789. Band III: Bismarck und das Reich. 3rd edition, W. Kohlhammer, Stuttgart
  • Wilhelm II (1922). The Kaiser’s Memoirs. Translated by Thomas R. Ybarra. Harper & Brothers Publishers.
  • Enumerated as successor of Frederick II who was King of Prussia 1740-1786 but not German Emperor.
  • Karl Kroeschell: Deutsche Rechtsgeschichte, Bd. 3: Seit 1650, 5. Aufl., Böhlau/UTB, Köln/Weimar/Wien 2008