George Carlin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
George Carlin
Jesus is coming.. Look Busy (George Carlin).jpg
Carlin sahnada (2008)
Tugʻilgan paytidagi ismi: George Denis Patrick Carlin
Tavallud sanasi: 12-may, 1937-yil(1937-05-12)
Tavallud joyi: Nyu York, AQSh
Fuqaroligi: AQSH bayrogʻi AQSh
Vafot sanasi: 22-iyun, 2008-yil(2008-06-22)
(71 yoshda)
Vafot joyi: Santa Monica, Kaliforniya, AQSh
Sayt: georgecarlin.com
Imzo: George Carlin Signature.svg

George Denis Patrick Carlin[1] (talaffuzi: Jorj Denis Patrik Karlin; kir. Жорж Карлин; 12-may, 1937 – 22-iyun, 2008) amerikalik qiziqchi, yozuvchi, ijtimoiy tanqidchi va aktor boʻlgan. Komediya albomlari uchun beshta Grammy mukofoti olgan.[2] Carlin oʻzining qora yumori, siyosat, ingliz tili, psixologiya, din va turli tabu mavzular haqidagi fikrlari bilan tanilgan. Carlin va uning "Yetti iflos soʻz" komik dasturi 1978-yili AQSh Oliy Sudida qarab chiqilayotgan F.C.C. v. Pacifica Foundation ishida eʼtibor markaziga tushgan, unda 5-4 ovozlar nisbati bilan hukumatning ommaviy radioda soʻkish soʻzlarni senzuralash huquqi oʻz kuchida qoldirilgan edi. Bir gazetada Carlin "kontrmadaniyatchi qiziqchilar dekani" deb baholangan edi.[3]

1977-yildan uning HBO uchun maxsus tomoshalari yozila boshlandi. 1980-yillar oxiridan boshlab Carlin chiqishlari zamonaviy Amerika jamiyatining ijtimoiy-madaniy tanqidiga bagʻishlandi. U Qoʻshma Shtatlardagi siyosiy masalalarni muhokama qilib, Amerika madaniyatining keragidan ortiqcha qismlarini satira qildi. 2004-yili Carlin Comedy Central kanalining eng buyuk qiziqchilar roʻyxatida Richard Pryor'dan keyin ikkinchi oʻringa qoʻyildi.[4]

George Carlin 2008-yil 22-iyunda Santa Monica shahridagi kasalxonada yurak kasalligidan vafot etdi.[5][6] 2008-yil 10-noyabrida Carlin'ga vafotidan keyin Amerika yumori uchun Mark Twain mukofoti berildi.[7]

Manbalar[tahrir]

  1. George Carlin Biography (1937–). FilmReference.com. July 30, 2009.
  2. Comedian George Carlin wins posthumous Grammy. Reuters (February 8, 2009). February 8, 2009.
  3. Norman, Michael (June 23, 2008). "George Carlin, counterculture comedians' dean, dies at 71". The Plain Dealer (Cleveland, Ohio). http://www.cleveland.com/people/index.ssf/2008/06/george_carlin_counterculture_c.html. 
  4. Stand Up Comedy & Comedians. Comedy Zone. August 10, 2006.
  5. Watkins M and Weber B (June 24, 2008). George Carlin, Comic Who Chafed at Society and Its Constraints, Dies at 71. NY Times archive Retrieved March 6, 2011
  6. Grammy-Winning Comedian, Counter-Culture Figure George Carlin Dies at 71. Foxnews.com (June 23, 2008). June 23, 2008.
  7. "George Carlin becomes first posthumous Mark Twain honoree". Reuters. June 23, 2008. http://www.reuters.com/article/topNews/idUSN2328397920080623?feedType=RSS&feedName=topNews. Qaraldi: June 25, 2008. 

Havolalar[tahrir]