Gökhan Gönül

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gökhan Gönül
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Gökhan Gönül
Tavallud sanasi 4-yanvar 1985-yil (1985-01-04) (39 yosh)
Tavallud joyi Samsun, Turkiya
Boʻyi 1.77 m (5 ft 9 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Çaykur Rizespor
Raqami 77
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1999—2002 Bursayolspor
2002—2003 Gençlerbirliği
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2003—2007 Hacettepe 92 (15)
2007—2016 Fenerbahçe 254 (10)
2016—2020 Beşiktaş 113 (8)
2020—2021 Fenerbahçe 21 (2)
2021- Çaykur Rizespor 16 (1)
Milliy terma jamoa
2007—2019 Turkiya 66 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(13-mart uchun)

Gökhan Gönül (1985-yil 4-yanvarda tugʻilgan) — turkiyalik professional futbolchi, TFF Birinchi liga klubi „Chaykur Rizespor“da oʻng qanot himoyachisi. U shuningdek, Turkiya milliy futbol jamoasida ham maydonga tushadi.

Yoshlik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gönül Samsunning Bafra shahrida tugʻilgan va u yerdan oilasi bilan Bursaga koʻchib oʻtishgan. Amakisi Gönül uchun 1999-yilda Bursayolspor yoshlar jamoasi bilan shartnoma imzolagan va Gönül futbolchilik faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. Biroq, yana bir qancha yosh darvozabonlar klub bilan shartnoma imzolaganidan soʻng, Gönül chetda qolib ketgan. Bir necha oʻyin namoyish qilgandan soʻng, Gönülga boshqa darvozabon sifatida maydonga tushmasligi aytilgan. Avvaliga Gönül futbolni hobbi va boshqa qiladigan ish boʻlmaganida oʻynash uchun boshlagan. Oʻsha paytdagi murabbiyi Mehmet Kirazogʻlu uni oʻz qanoti ostiga olib, yakka tartibda mashgʻulot oʻtkazgach, u sportga jiddiyroq qaray boshlagan. Koʻp oʻtmay, Gönül 30 yoshlilarga qarshi kattalar oʻyinida oʻynagan Gönül oʻsha paytda 13 yoshda boʻlgan[1].

Gönül oʻz oʻrnini topa olmaguncha bir nechta pozitsiyalarda hususan, yarim himoyachi va turli darajadagi hujumchi sifatida oʻynagan. Gönül „Bursayolspor“da 14va16 yoshlilar jamoasining sardori boʻlgan va klubga „Bursaspor“ bilan 3:3 hisobida durang oʻynashga yordam bergan. Oʻsha paytdagi „Bursaspor“ jamoasi xodimi Hasan Bora oʻzining oʻyinidan soʻng Gönül bilan shartnoma imzolash niyati borligi aytgan. Biroq, bir necha tengdoshlarining klubga qoʻshilganini va muvaffaqiyatga erisha olmaganini koʻrgach, Gönül buni ishora sifatida qabul qilgan va klubga qoʻshilishdan voz kechgan. Gönülga oʻsha paytdagi „Galatasaroy“ bosh murabbiyi Fotih Terim ham qiziqish bildirgan. U yigitni Istanbulga taklif qilgan, ammo Gönül oxir-oqibat jamoaga qoʻshilishga rozi boʻlmagan. Buning oʻrniga u 2002-yil 9-avgustda Gençlerbirligi bilan shartnoma imzolagan[2].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gönül oʻz faoliyatini A2 ligasida Anqara klubida boshlagan. Birinchi mavsumida u A2 ligasida 19 ta oʻyinda ikkita gol urgan. Keyingi mavsumda Gönül „Hacettepe“ klubiga ijaraga berilgan. U 2003-04-yilgi mavsumni ijara asosida oʻtkazgan, mavsum oxirida esa uning toʻliq transferi amalga oshirilgan. Klubdagi dastlabki ikki mavsumida Gönül 48 oʻyinda sakkizta gol urgan va klubga ketma-ket koʻtarilib borishda yordam bergan. „Gençlerbirligi“ uni 2005\06-yilgi mavsum boshida yana klubga oʻtkazgan. Biroq jarohat tufayli bir necha oy maydonga tusha olmagan va u klubdagi debyutini oʻtkaza olmay qolgan. Buning oʻrniga u qishki tanaffusda yana „Hacettepe“ga ijaraga berilgan. Gönül toʻrt yil ichida uchta liga tepaga koʻtarilishni uddalagan va klubga yuqori ligaga koʻtarilishda yordam bergan. Shuningdek, u TFF Birinchi Ligasining eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kirit[3].

"Fenerbaxche" uni 2007\08-yilgi mavsum boshlanishidan oldin transfer qilgan, u oʻsha paytdagi murabbiy Ziko qoʻl ostida gullab-yashnagan. 2007\08-yilgi UEFA Chempionlar Ligasida ishtirok etganidan soʻng, u „Turk Kafu“ laqabini olgan[4]. Klub tarixida ilk bor UEFA Chempionlar ligasining chorak finaliga chiqgan[5]. Gökhan Gönül 2012-yil iyun oyida shartnomasini uzaytirgan. Yangi shartnoma uni 2015\16-yilgacha klubda olib qolishni va mavsumiga 1,7 million yevro maoshni naqd qilgan[6].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gökhan Gönül 2011-yil noyabr oyida Turkiya bilan

Gökhan Gönül hech qachon xalqaro yoshlar darajasida qatnashmagan. 2007-yilning 27-noyabrida Norvegiyaga qarshi oʻyinda Turkiya safida debyut qilgan[7]. Gökhan Gönül yana uchta oʻyinda maydonga tushgan, ammo jarohati sabab Yevro-2008 terma jamoasiga kiritilmagan[8].

Yevro-2016 uchun Turkiya terma jamoasi tarkibiga chaqirilgan[9].

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fenerbahche SK
  • Superliga : 2010-11, 2013-14
  • Turkiya kubogi : 2011-12, 2012-13
  • Turkiya Superkubogi : 2007, 2009, 2014
Beshiktosh JK

Klub statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Hacettepe 2003-04 TFF

Birinchi Liga

27 5 - - - - 27 5
2004-05 21 3 - - - - 21 3
2005-06 17 3 - - - - 17 3
2006-07 27 4 2 0 - - 29 4
Jami 92 15 2 0 - - 94 15
Fenerbahçe 2007-08 Süper Lig 24 0 4 1 8 0 36 1
2008-09 29 0 7 0 10 0 46 0
2009-10 30 2 6 0 8 0 44 2
2010-11 30 3 2 0 3 0 35 3
2011-12 31 1 2 0 - - 33 1
2012-13 27 3 2 1 13 - 42 4
2013-14 29 0 0 0 2 0 31 0
2014-15 32 0 3 0 0 0 35 0
2015-16 22 1 1 0 6 0 29 1
Jami 254 10 27 2 50 0 331 12
Beşiktaş 2016-17 Süper Lig 29 1 2 0 7 0 38 1
2017-18 25 0 4 0 3 0 32 0
2018-19 29 3 0 0 9 1 38 4
2019-20 30 4 1 0 1 0 32 4
Jami 113 8 7 0 20 1 140 9
Fenerbahçe 2020-21 Süper Lig 6 1 0 0 0 0 6 1
Karyerada jami 465 35 36 2 70 1 571 38

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkiya terma jamoasi
Yil Oʻyin Gol
2007 2 0
2008 6 0
2009 9 0
2010 5 0
2011 5 1
2012 4 0
2013 3 0
Jami 34 1

Xalqaro maydondagi gollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 29.03.2011 Shukru Saracogʻlu stadioni, Istanbul, Turkiya  Avstriya 2 — 0 2-0 UEFA Yevro-2012 saralashi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Gönül adamı; Gökhan Gönül“ (turkcha). tff.org (3-sentabr 2007-yil). Qaraldi: 14-oktabr 2010-yil.
  2. „GÖKHAN GÖNÜL“ (turkcha). tff.org. Qaraldi: 14-oktabr 2010-yil.
  3. „Gönül adamı; Gökhan Gönül“ (turkcha). tff.org (3-sentabr 2007-yil). Qaraldi: 14-oktabr 2010-yil.
  4. Türker Tozar. „Turkish Cafu coming to the boil“. uefa.com (17-aprel 2008-yil). 5-oktabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-oktabr 2010-yil.
  5. „Champions League: What Country Has Been the Most Successful“. Bleacher Report (24-mart 2012-yil). Qaraldi: 24-avgust 2020-yil.
  6. „Fenerbahçe extend Cristian Baroni & Gökhan Gönül's contract“. turkish-football.com. Qaraldi: 14-dekabr 2012-yil.
  7. „His First Match in His International Career, Norway 1-2 Turkey“. whoscored.com (17-noyabr 2007-yil). Qaraldi: 14-dekabr 2012-yil.
  8. „GÖKHAN GÖNÜL“ (turkcha). tff.org. Qaraldi: 14-oktabr 2010-yil.
  9. „UEFA EURO 2016“. UEFA. Qaraldi: 12-iyun 2016-yil.