Foydalanuvchi:Maftunam1202/Qiyoton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qiyoton[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qiyoton - etnotoponim. “Qiyotlar” degan ma’noga ega.  Oʻgʻuzlar tarkibidagi qadimgi turkiy qabilalardan biri. VIII-X asrlarda  Dashti Qipchoqda yashab koʻchmanchi chorvadorlik bilan  shugʻullanganlar. XI asrga kelib oʻgʻuzlar davlati yemirilgach,  qiyotlar boʻlinib ketadi. Bir qismi Turmaniston, ikkinchi qismi Bolqon  yarim oroli tomon siljiydi. Dashti Qipchoqda qolgan qismi  keyinchalik oʻzbek, qozoq, qoraqalpoq xalqlari tarkibiga singib ketadi.  Qashqadaryo, Xorazm, Buxoro vohasida oʻrnashib olgan qiyotlar  oʻtroq hayotga oʻtib, dehqonchilik bilan mashgʻul boʻlganlar.

Manbalar:

Halim To`rayev "Buxoro toponimikasi" Buxoro-2021