Florian Thauvin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Florian Thauvin
Thauvin Fransiya terma jamoasi safida, 2018 FIFA Jahon Chempionati
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Florian Tristan Mariano Thauvin[1]
Tavallud sanasi 26-yanvar 1993-yil (1993-01-26) (31 yosh)[2]
Tavallud joyi Orléans, Fransiya
Boʻyi 1.79 m[3]
Ampluasi Vinger
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Tigres UANL
Raqami 26
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000-2005 Ingre
2005-2007 Saint-Jean-de-la-Ruelle
2007-2008 Orléans
2008-2011 Grenoble
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011 Grenoble 3 (0)
2011-2013 Bastia 45 (10)
2013-2015 Marseille 69 (13)
2015-2017 Newcastle United 13 (0)
2016-2017Marseille (loan) 52 (17)
2017-2021 Marseille 106 (46)
2021- Tigres UANL 38 (8)
Milliy terma jamoa
2011 Fransiya U18 2 (0)
2012 Fransiya U19 2 (0)
2012-2013 Fransiya U20 16 (7)
2013-2014 Fransiya U21 10 (7)
2021 France Olympic 4 (0)
2017-2019 Fransiya 10 (1)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(17-oktyabr uchun)

Florian Tristan Mariano Thauvin (1993-yil 26-yanvarda tugʻilgan) — fransiyalik professional futbolchi, „Tigres UANL“ jamosi qanot himoyachisi[4].

2011-yilda Grenoble klubi safida oʻzining professional debyutini oʻtkazdi va keyinchalik „Bastia“ jamoasi safiga oʻtdi, u yerda oʻzining birinchi mavsumida Liga 2 chempionligini qoʻlga kiritdi. Bir yildan soʻng yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi deb topildi. Keyinchalik 15 million yevro evaziga „Marseille“ klubi safiga koʻchib oʻtdi. 281 dan ortiq oʻyin oʻtkazdi.Premier liganing Newcastle United klubida ikki mavsumda 86 gol urdi.

Thauvin 2013-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida gʻolib boʻlgan 18 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan Fransiya terma jamoasi safida 30 oʻyin oʻtkazdi va 14 ta gol urdi. 2017-yil iyun oyida, oʻzining katta debyutini oʻtkazdi va 2018-yilgi FIFA Jahon kubogida terma jamoa safida maydonda harakat qildi va turnirda goʻlib boʻldi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Orleans shahrida tugʻilgan Thauvin Ingre, Saint-Jean-de-la-Ruelle, Orleans va Grenoble shaharlari yoshlar jamoalarida oʻynagan va undan keyin ikkinchi darajaga koʻtarilgan va yirik klublarning qiziqishini uygʻotgan[5]. 2011-yil 11-mart kuni „Vannes“ klubiga qarshi Liga 2 uchrashuvida (1:1) „Grenoble“ jamoasidagi ilk debyutini o‘tkazdi[6][7].

Bastia[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yil 19-iyulda, Thauvin klubni tark etdi va Corsicaning shahrining „Bastia“ jamoasi bilan birinchi professional shartnomasini imzoladi[7]. 2012-yil 28-oktabrda „Bordeaux“ jamoasi ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozonilgan o‘yinda jamoasi safidagi ilk golini kiritdi[8]. 2012-yilda jamoasi bilan Liga 2 chempionligini qo‘lga kiritdi[9].

2013-yilning 29-yanvarida Liga 1 ning Lille klubi bilan 3,5 million yevro evaziga to‘rt yarim yillik shartnoma imzoladi[9]. Shartnomaning bir qismi sifatida u darhol Bastiaga olti oylik ijara shartnomasi asosida qaytarildi[10]. Oʻsha mavsumdagi ajoyib oʻyinlaridan soʻng, Thauvin Liga 1da yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi deb topildi[11].

Marseille[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yil 3-sentabrda, bir necha hafta davom etgan muzokaralardan soʻng, Thauvin „Olympique de Marseille“ klubi bilan besh yillik shartnoma imzoladi. 20 yoshli futbolchi shartnomani yaxshilash boʻyicha kelishmovchiliklar tufayli mashgʻulotlarda qatnashmadi[5][12].

2015-yil 4-yanvar kuni Thauvin Fransiya kubogi 1/8 finalida, „Grenoble“ klubi bilan kechgan bahsda penaltilar seriyasini noaniq amalga oshirishi tufayli uning jamoasi musobaqani erta tark etdi[13]. Ikki mavsum davomida 81 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urishga muvaffaq boʻldi[9].

Thauvin 2015-yilda „Newcastle“ klubi safida toʻp surgan

2015-yil 19-avgustda, Thauvin Newcastle United klubi safiga 15 million funt sterling evaziga besh yillik shartnoma asosida borib qoʻshildi[9][14]. Uch kundan soʻng oʻzining debyutini Old Trafford stationida, Manchester United jamoasiga qarshi oʻtkazdi[15]. 25-avgust kuni Liga kubogining 2-bosqichida „Northampton Town“ jamoasiga qarshi oʻyinda (4:1) 1 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi[16].

Thauvin „Newcastle“ning barcha vaqtlardagi eng yaxshi toʻpurari Alan Shearer tomonidan oʻyinga smoking kiyib kelgani uchun tanqid qilindi. 2016-yil fevral oyida L'Équipe nashriga tanqidlar adolatsiz ekanligini va uning faoliyatiga taʼsir qilganini aytdi[17].

Marseillega qaytish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilning 31-yanvarida, Newcastle Thauvin mavsumning qolgan qismida ijara asosida „Marseille“ga qaytishini eʼlon qildi[18][19]. 20-aprel kuni, birinchi golini „Sochaux-Montbeilard“ klubiga qarshi Fransiya kubogi yarim final oʻyinida kiritdi. Finalda esa Le Classique raqibi Paris Saint-Germain jamoasiga qarshi o‘yinda uning jamoasi 4:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi[20].

2016-yilning 4-avgustida, Thauvin „Marseille“ bilan mavsumiy ijara shartnomasini imzoladi[21]. 2016-yilning noyabrida, ijara muddati 2017-yilning yozida doimiy bo‘lishi, uning mavsumda atigi uchta o‘yinda maydonga tushganligi sababli uning transfer narxi 9,8 million funt sterling deb belgilandi[22].

Thauvin (koʻk libosda) 2017-yil sentabr oyida Salzburgga qarshi oʻyinda

Thauvin ilk marta 2016-2017-yilgi mavsumda Fransiya kubogi 64-raundida „Toulouse“ klubiga qarshi safar o‘yinida jamoasi bilan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi. 10-mart kuni „Angers“ klubiga qarshi o‘yinda (3:0) ikkita gol urdi va Liga 1ning so‘nggi to‘rtta o‘yinida urgan gollari sonini to‘rttaga yetkazdi[23]. Uchta gol va ikkita golli uzatma bilan UNFP nashri tomonidan mart oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi[24]. 30-aprel kuni oʻzining faoliyatidagi ilk xet-trikini qayd etdi. „Caen“ klubiga qarshi safardagi oʻyinda (1:5) Maxime Lopezning bir goliga assistentlik qildi[25][26].

2018-yilning 2-fevralida Thauvin „Metz“ jamoasiga qarshi o‘yinda (6:3) yana bir xet-trik qayd etdi[27]. Noyabr va fevral oylarida oyning eng yaxshi oʻyinchisi sovrinini qoʻlga kiritdi[28][29]. 2017-2018-yilgi mavsumni 22 ta gol bilan yakunladi[30]. Mavsumning eng yaxshi futbolchisi boʻlish uchun toʻrtta nomzodlar qatoriga kirdi, yakunda esa gʻoliblik Neymarga nasib etdi[30].

2018-2019-yillarda Thauvin 33 o‘yinda 16 ta gol urdi, biroq uning jamaosi yakunda beshinchi oʻrinni egallab, UEFA Chempionlar Ligasiga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmadi[31]. 25-noyabr kuni „Amiens“ jamoasiga qarshi oʻyinda (3:1) xet-trik qayd etdi[32]. Ikki oydan soʻng Lille klubiga qarshi magʻlub boʻlgan oʻyinda (1:2) qizil kartochka oldi[33]. 2019-yil sentabr oyida oyoq bilagi ligamentlari jarohati tufayli safdan chiqdi[34][35]. 2020-yil 13-sentabrda Thauvin „Paris Saint-Germain“ klubiga qarshi safardagi oʻyinda g‘alaba golini kiritdi va bu uning jamoasiga 2011-yil noyabridan beri Le Klassikdagi ilk g‘alabasini taqdim etdi[36].

Tigres UANL[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 7-may kuni, Thauvin Meksikaning „Tigres UANL“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 2021-yil iyun oyida „Marseillle“ bilan shartnomasini tugatganidan so‘ng, klubga qo‘shildi va sobiq jamoadoshi Andre-Pierre Gignac bilan birga maydonda harakat qildi[4]. 2020-yilgi Tokio Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etganidan soʻng, Tigresdagi debyutini 2021-yil 7-avgust kuni „Santos Lagun“ jamoasiga qarshi oʻtkazdi[37].

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Thauvin 2018 FIFA Jahon chempionatida

Yoshlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Thauvin Fransiya U18, U19, U20, U21 yoshlar futbol jamoasida doimiy harakat qilgan[38]. Turkiyada boʻlib oʻtgan 2013-yilgi 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida mamlakati bilan ishtirok etgan. Musobaqaning chorak final bosqichida Oʻzbekistonga qarshi oʻyinda gol kiritgan[39].

Milliy terma jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Thauvin 2017-yilning 25-martida JCh-2018 saralash bosqichi doirasida Lyuksemburg va Ispaniya bilan oʻrtoqlik oʻyini uchun birinchi marta Fransiya terma jamoasi tarkibiga chaqirildi. Ikkala oʻyinda ham maydonga tushmadi[40]. 2017-yilning 2-iyunida Les Bleus safida Paragvayga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (5:0) debyut qildi va 80-daqiqada Antoine Griezmanning o‘rniga maydonga tushdi[41].

Thauvin 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha jahon chempionati uchun Fransiyaning 23 kishilik tarkibga kiritildi[42]. Bosh murabbiy Didier Deschamp uni faqatgina 1/8 final bosqichidan oʻrin olgan Argentina jamoasiga qarshi oʻyinda (4:3) Kylian Mbappe oʻrniga zaxiradan maydonga tushirdi[43].

2019-yil 11-iyun kuni, UEFA Yevro 2020 saralash bosqichida Andorra ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozonilgan oʻyinda, oʻzining debyut golini kiritdi[44][45].

Thauvin Fransiya olimpiya terma jamoasining 2020-yilda Yaponiyada boʻlib oʻtadigan turnirida qatnashadigan uchta katta yoshli oʻyinchilardan biri edi. Yana bir oʻyinchi uning „Tigres“dagi jamoadoshi Andre-Pierre Gignac edi[46].

Oʻyin uslubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilning yanvarida Thauvin The Observer nashri tomonidan Yevropaning eng istiqbolli yosh o‘yinchilari o‘ntaligiga kiritildi. „Toulouse“ klubining sobiq bosh murabbiyi Alain Casanova uni „Franck Riberynikiga oʻxshash oʻyin uslubiga ega, maydonda har qanday raqibga muammo boʻla oladigan, tezkor, kuchli oʻyinchi“, deb taʼrifladi[47][48].

Faoliyatidagi statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilning 16-oktabrigacha bo'lgan o'yinlar[49][50]
Klub safidagi oʻyinlar, gollar, mavsumlar va musobaqalar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Mintaqaviy Boshqa Jami
Divizyon Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Grenoble 2010-11 Ligue 2 3 0 0 0 0 0 3 0
Bastia 2011-12 Ligue 2 13 0 2 0 0 0 15 0
2012-13 Ligue 1 32 10 1 0 2 0 35 10
Jami 45 10 3 0 2 0 50 10
Marseille 2013-14 Ligue 1 31 8 2 1 2 0 6[lower-alpha 1] 1 41 10
2014-15 Ligue 1 36 5 1 0 1 0 38 5
2015-16 Ligue 1 2 0 0 0 0 0 2 0
Jami 69 13 3 1 3 0 6 1 81 15
Newcastle United 2015-16 Premier League 13 0 1 0 2 1 16 1
Marseille (loan) 2015-16 Ligue 1 14 2 4 2 2[lower-alpha 2] 0 20 4
2016-17 Ligue 1 38 15 3 0 2 0 43 15
Marseille 2017-18 Ligue 1 35 22 3 0 1 0 15[lower-alpha 2] 4 54 26
2018-19 Ligue 1 33 16 1 0 0 0 3[lower-alpha 2] 2 37 18
2019-20 Ligue 1 2 0 0 0 0 0 2 0
2020-21 Ligue 1 36 8 1 0 6[lower-alpha 1] 0 1[lower-alpha 3] 0 44 8
Jami 158 63 12 2 3 0 26 6 1 0 200 71
Tigres UANL 2021-22 Liga MX 28 5 28 5
2022-23 Liga MX 10 3 10 3
Jami 38 8 0 0 0 0 38 8
Umumiy koʻrsatkich 326 94 19 3 10 1 32 7 1 0 388 105

Terma jamoa safida[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilning 11-iyunigacha bo'lgan o'yinlar[51]
Terma jamoa safidagi oʻyinlar va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Fransiya 2017 2 0
2018 5 0
2019 3 1
Jami 10 1
2019-yil 11-iyungacha boʻlib oʻtgan oʻyin holatiga koʻra,
Fransiya ochkolari birinchi boʻlib roʻyxatga olinadi, hisoblar ustuni Thauvinning har bir golidan keyingi ochkoni koʻrsatadi:
Florian Thauvin tomonidan kiritilgan terma jamoa safidagi gollar roʻyxati
No. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2019- yil 11- iyun Estadi Nacional, Andorra-la Vella, Andorra  Andorra 3-0 4-0 UEFA Yevro 2020 saralashi

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bastia

  • Liga 2: 2011-12

Marseille

Fransiya U20

  • FIFA U-20 Jahon chempionati chempioni: 2013

Shaxsiy

  • UNFP tomonidan Ligue 1da yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2012-2013[11]
  • UNFP tomonidan Ligue 1da oyning eng yaxshi futbolchisi: 2017-yil mart[24], 2017-yil noyabr[28], 2018-yil yanvar[29]

Eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Appearance(s) in the UEFA Champions League
  2. 2,0 2,1 2,2 Appearance(s) in the UEFA Europa League
  3. Appearance in the Trophée des Champions

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Squad List: Men's Olympic Football Tournament Tokyo 2020: France (FRA)“. FIFA (2021-yil 22-iyul). Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  2. „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: France“. FIFA (2018-yil 15-iyul). 2019-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Profil of Florian Thauvin“ (web). Olympic of Marseille (2018-yil 19-oktyabr). 2016-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-oktyabr.
  4. 4,0 4,1 „Thauvin completes transfer to Liga MX side Tigres following Premier League links“. Goal (2021-yil 7-may). Qaraldi: 2021-yil 7-may.
  5. 5,0 5,1 „Factfile: Florian Thauvin“. Newcastle United (2015-yil 19-avgust). Qaraldi: 2015-yil 19-avgust.
  6. „Vannes v. Grenoble Match Report“ (fr). Ligue de Football Professionnel (2011-yil 8-aprel). 2012-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 26-avgust.
  7. 7,0 7,1 „Bastia: Florian Thauvin (Grenoble) a signé“ (fr). Foot-National (2011-yil 19-iyul). 2011-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 26-avgust.
  8. „Bastia beat Bordeaux, Lorient deny Ajaccio“. UEFA.com (2012-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2012-yil 28-oktyabr.
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 Marshall. „Thauvin Completes United Switch“. Newcastle United F.C. (2015-yil 19-avgust). Qaraldi: 2015-yil 19-avgust.
  10. „Deux prêts à Bastia“ (fr). L'Equipe (2013-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2013-yil 30-yanvar.
  11. 11,0 11,1 „IBRAHIMOVIC TAKES PLAYER OF YEAR GONG“. Ligue 1 (2015-yil 20-may). 2016-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-avgust.
  12. „Marseille clinches Thauvin deal“. Goal.com (2013-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 27-sentyabr.
  13. „Marseille out of French Cup after shootout defeat by fourth-tier Grenoble“. The Guardian. Associated Press (2015-yil 4-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 5-mart.
  14. „Florian Thauvin: Newcastle sign winger & loan out Remy Cabella“. BBC Sport (2015-yil 19-avgust). Qaraldi: 2015-yil 19-avgust.
  15. Johnston, Neil. „Man Utd 0-0 Newcastle“. BBC Sport (2015-yil 22-avgust). Qaraldi: 2015-yil 24-avgust.
  16. „Newcastle 4-1 Northampton“. BBC Sport (2015-yil 25-avgust). Qaraldi: 2015-yil 25-avgust.
  17. „Shearer singled me out with tuxedo criticism - Thauvin“. FourFourTwo (2016-yil 13-fevral). Qaraldi: 2017-yil 26-noyabr.
  18. Marshall. „Thauvin Returns To Marseille On Loan“. Newcastle United F.C.. Qaraldi: 2016-yil 31-yanvar.
  19. Richards, Alex. „Newcastle flop Florian Thauvin makes Marseille return - and gets sent off after just 10 minutes“. Daily Mirror (2016-yil 3-fevral). Qaraldi: 2017-yil 26-noyabr.
  20. „Sochaux 0-1 Marseille“. BBC Sport (2016-yil 20-aprel). Qaraldi: 2016-yil 23-aprel.
  21. Marshall. „Thauvin Returns To Marseille“. Newcastle United F.C. (2016-yil 4-avgust). 2016-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-avgust.
  22. „Newcastle transfer already complete: Marseille to splash £9.8m on Florian Thauvin clause“. Daily Express (2016-yil 5-noyabr).
  23. „Thauvin helps OM up to fifth“. www.ligue1.com (2017-yil 10-mart).
  24. 24,0 24,1 „Florian Thauvin et Baptiste Guillaume, joueurs du mois de Mars !“ (fr). UNFP (2017-yil 11-aprel). Qaraldi: 2017-yil 11-may.
  25. „Nice deals blow to PSG in French title race with 3-1 win“. New York Daily News (2017-yil 30-aprel). Qaraldi: 2017-yil 1-may.
  26. „Thauvin hat trick keeps Marseille's European hopes alive“. The Times of India (2017-yil 30-aprel). Qaraldi: 2017-yil 1-may.
  27. Granel, Cédric. „l'OM explose Metz au Vélodrome et prend la 2e place provisoire“ (fr). Eurosport (2018-yil 2-fevral). Qaraldi: 2018-yil 19-fevral.
  28. 28,0 28,1 „Florian Thauvin et Umut Bozok, Novembre gagnant !“ (fr). UNFP (2017-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 12-dekabr.
  29. 29,0 29,1 „Florian Thauvin et Dylan-Saint-Louis, joueurs du mois de Janvier!“ (fr). UNFP (2018-yil 13-fevral). Qaraldi: 2018-yil 13-fevral.
  30. 30,0 30,1 „Neymar wins French league's Player of the Year award“. Associated Press (2018-yil 13-may). 2023-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-sentyabr.
  31. Campos, Gilles. „Ligue 1 - Mbappé, Pépé, Cavani… Le classement final des meilleurs buteurs de la saison“ (fr). Goal.com (2019-yil 24-may). Qaraldi: 2019-yil 12-iyun.
  32. Crossan, D.. „Hat-trick hero Thauvin boosts OM“. Ligue 1 (2018-yil 25-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 12-iyun.[sayt ishlamaydi]
  33. „Marseille 1–2 Lille“. BBC Sport (2019-yil 26-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 12-iyun.
  34. Telford, S.. „Payet and Thauvin reunited as Marseille head to Montpellier“. Ligue 1 (2020-yil 12-mart). Qaraldi: 2020-yil 7-may.
  35. „Ils y gagnent (un peu)“ (fr). L'Est-Républicain (2020-yil 15-aprel). Qaraldi: 2020-yil 7-may.
  36. „Paris Saint-Germain 0-1 Marseille: Thauvin settles frantic Classique as Neymar sees red“. Goal.com (2020-yil 13-sentyabr).
  37. „What a debut: Florian Thauvin was sent off after 34 minutes in his first game with Tigres and was booed“. American Post (2021-yil 9-avgust).
  38. Marshall, Anthony „Thauvin Completes United Switch“. Newcastle United F.C. (2015-yil 19-avgust). Qaraldi: 2015-yil 19-avgust.
  39. „France 4-0 Uzbekistan“. FIFA. 2013-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-sentyabr.
  40. „Mbappé et Lemar sont là, pas Lacazette ni Benzema“ (fr). sport24.com (2017-yil 16-mart). Qaraldi: 2017-yil 16-mart.
  41. „France vs. Paraguay - 2 June 2017 - Soccerway“. soccerway.com. Qaraldi: 2017-yil 13-iyun.
  42. Benson, Michael. „World Cup 2018: Chelsea, Manchester United and Manchester City stars included in France's squad for finals“. Talksport (2018-yil 17-may). Qaraldi: 2018-yil 24-may.
  43. Jennings, Patrick. „France 4–3 Argentina“. BBC Sport (2018-yil 30-iyun). Qaraldi: 2018-yil 18-iyul.
  44. „Italy edge Bosnia as Germany and France stroll“. France 24 (2019-yil 12-iyun). Qaraldi: 2019-yil 12-iyun.
  45. „Thauvin's brilliant bicycle kick!“. Sky Sports (2019-yil 12-iyun).
  46. „France names Thauvin, Gignac to Olympic squad“. The Washington Post. Associated Press (2021-yil 25-iyun). Qaraldi: 2021-yil 29-iyun.
  47. „The next 10 big things: Europe's top youngsters and stars of the future“. The Observer (2014-yil 18-yanvar).
  48. Brassell. „Under-20 stars ready to dazzle“. ESPN FC (2013-yil 20-iyun). Qaraldi: 2013-yil 28-avgust.
  49. „F. THAUVIN“. Soccerway. Qaraldi: 2015-yil 20-avgust.
  50. „Florian Thauvin“. Football Database.eu. Retrieved 28 August 2012.
  51. „Florian Thauvin – national football team player“. EU-Football.info. Qaraldi: 2017-yil 3-iyun.
  52. „Atletico Madrid win Europa League with 3-0 victory over Marseille“. BBC Sport (2018-yil 10-may).
  53. McNulty. „France 4–2 Croatia“. BBC (2018-yil 15-iyul). Qaraldi: 2018-yil 15-iyul.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Florian Thauvin at Soccerway
  • Florian Thauvin — French league stats at LFP — also available in French
  • Florian Thauvin at L'Équipe Football (in French)
  • Florian Thauvin at ESPN FC
  • Florian Thauvin at the French Football Federation (in French)
  • Florian Thauvin at the French Football Federation (archived) (in French)