Antoine Griezmann

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Antoine Griezmann
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Antoine Griezmann[1]
Tavallud sanasi 21-mart 1991-yil (1991-03-21) (33 yosh)[2]
Tavallud joyi Mâcon, Fransiya[3]
Boʻyi 1.76 m[3]
Ampluasi hujumchi / yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Atlético Madrid
Raqami 8
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1997—1999 Entente Charnay et Mâcon
1999—2005 Mâcon
2005—2009 Real Sociedad

Antoine Griezmann (talaffuzi: Antuan Grizmann; 1991-yil 21-martda Makonda tugʻilgan) — fransuz futbolchisi, hujumchisi va Atlético Madrid futbol klubi yarim himoyachisi[4]. Fransiya terma jamoasining futbolchisi va vitse-sardori hisoblanadi. Futbolchi milliy terma jamoa tarkibida 2018-yilgi jahon chempioni va 2016-yilgi Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori. EURO-2016 turnirining eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olingan[5].

Antoine JCh- 2018da Fransiya gʻalaba qozonganidan keyin jahon chempionati bilan

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ispaniyadagi oʻyinlari tufayli Griezmann uzoq vaqt Fransiya yoshlar terma jamoasi murabbiylarining nazaridan chetda qolgan. 2010-yilning 23-fevralida u Ukrainaga qarshi ikkita o‘rtoqlik o‘yinida qatnashish uchun Fransiyaning 19 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasiga kiritilgan. U terma jamoaga faqat 2010-yilning fevralida chaqiruv olgan. Debyut muvaffaqiyatli oʻtgan: Ukraina bilan oʻyinda Antoine 88-daqiqada gʻalaba golini kiritgan. 2010-yil 7-iyunda Griezmann 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etish uchun terma jamoaga taklif qilingan. Ushbu turnirda Antoine ikkita gol urgan. Fransiya esa finalda Ispaniya terma jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etib, o‘z ona zaminida chempion bo‘lgan.

Antoine Fransiyaning asosiy terma jamoasi safida ilk bor 2014-yilning 5-mart kuni Niderlandiya terma jamoasiga qarshi oʻynagan. Asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchi oʻyinning 68-daqiqasida zaxiraga olingan. 2014-yil 1-may kuni Paragvay terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida u terma jamoadagi birinchi golini kiritgan. Yamayka terma jamoasiga qarshi kechgan 8:0 hisobidagi bahsda u dubl qayd etgan. 2014-yilgi jahon chempionatida u 5 ta oʻyin oʻtkazgan. Nigeriya terma jamoasi bilan oʻyinda 1/8 finalda bitta gol urgan. Oʻyinning 90-daqiqasida burchak toʻpidan soʻng toʻpni Karim Benzema qabul qilib olgan va Griezmannga uzoqdan uzatma bergan hamda shu tariqa futbolchi raqib darvozasini ishgʻol etgan. Chorak finalda Fransiya terma jamoasi Germaniyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan. 2016-yilgi Yevropa chempionatida milliy terma jamoada oʻynab, turnirning eng yaxshi futbolchisi va toʻpurari boʻlgan. Bir turnirda oltita gol urgan Griezmann bu koʻrsatkich boʻyicha Mishel Platinidan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan[6]. 2018-yilgi jahon chempionatida Griezmann Fransiya terma jamoasining tayanch o‘yinchisi bo‘lib, yakunda turnir g‘olibiga aylangandi. U jamoaning barcha oʻyinlarida qatnashib, toʻrtta gol urgan, shu jumladan Xorvatiya terma jamoasi bilan final oʻyinida. Turnir yakunida Griezmann „Bronza toʻp“ni qabul qilib olgan.

2022-yil 9-noyabr kuni u Fransiya terma jamoasining Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCh-2022 o‘yinlarida ishtirok etish uchun rasmiy tarkibiga kiritilgan[7].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro turnir Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Real SociedadIspaniya bayrogʻi Ispaniya 2009—2010 39 6 1 0 40 6
2010—2011 37 7 2 0 39 7
2011—2012 35 7 3 1 38 8
2012—2013 34 10 1 1 35 11
2013—2014 35 17 7 3 8 1 50 21
Jami 180 47 14 5 8 1 202 53
Atlético de MadridIspaniya bayrogʻi Ispaniya 2014—2015 37 22 7 1 9 2 53 25
2015—2016 38 22 3 3 13 7 54 32
2016—2017 36 16 5 4 12 6 53 26
2017—2018 32 19 3 2 14 8 49 29
2018—2019 37 15 2 2 9 4 48 21
F. C. BarcelonaIspaniya bayrogʻi Ispaniya 2019—2020 35 9 4 4 9 2 48 15
2020—2021 36 13 8 5 7 2 51 20
2021—2022 3 0 3 0
Jami 74 22 12 9 16 4 102 35
Atlético de MadridIspaniya bayrogʻi Ispaniya 2021—2022 26 3 1 1 9 4 36 8
2022—2023 14 5 1 0 6 1 21 6
Jami 220 102 22 13 72 32 314 147
Umumiy faoliyatida 474 171 48 27 96 37 618 235

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Acta del Partido celebrado el 11 de mayo de 2011, en San Sebastián“ [Minutes of the Match held on 11 May 2011, in San Sebastián] (es). Royal Spanish Football Federation. 2021-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-iyun.
  2. „Antoine Griezmann“. EU-Football.info (2016-yil 26-iyun). Qaraldi: 2016-yil 26-iyun.
  3. 3,0 3,1 „Antoine Griezmann“. FC Barcelona. Qaraldi: 2019-yil 13-iyul.
  4. Joly, Olivier „Griezmann met l'accent là où il faut“ (fr). Le Journal du Dimanche (2014-yil 16-iyun). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-iyul.
  5. „Гризманн — лучший игрок чемпионата Европы-2016“. sport-express.ru (2016-yil 11-iyul). 2021-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-sentyabr.
  6. „В. Орлов. Феномен Антуана Гризманна. Планета-Дэйли, 11.07.2016“. 2016-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-iyul.
  7. „LA LISTE DES VINGT-CINQ POUR LE MONDIAL“ (fr). Федерация футбола Франции (2022-yil 9-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 11-noyabr.