Fernando Álvarez de Sotomayor y Zaragoza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fernando Álvarez de Sotomayor y Zaragoza (1875-yil 25-sentabr, Ferrol — 1960-yil 17-mart, Madrid) — ispan rassomi.

Fernando Álvarez de Sotomayor y Zaragoza
Fernando Álvarez de Sotomayor y Zaragoza

Hayoti va ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maʼlumoti boʻyicha u qurilish muhandisi. U huquqshunos, adabiyot va falsafani ham oʻrgangan. Bundan tashqari, u rassomlar Xose Gutierrez va Xose Veradan rasm chizish saboqlarini oldi. 1892-yilda u Monuel Dominges Sanches ustaxonasiga oʻqishga kirdi (Madrid). 1899-yilda Rimdagi Ispaniya tasviriy sanʼat akademiyasida oʻqish uchun stipendiya oldi. 1908-yilda Chili hukumatining taklifiga binoan Santyagodagi Oliy Tasviriy sanʼat maktabida (Escuela de Bellas Artes de Santiago) rassomlik sohasida boʻyicha professor lavozimini egalladi. Keyinchalik ushbu maktabning direktori boʻldi. U Chili rassomchiligining rivojlanishiga, keyinchalik Generación Sotomayor (shuningdek, Generación del Trece, Generación del Centenario va Generación Tragica) nomi bilan tanilgan rassomlar va boshqa madaniyat arboblari avlodiga katta taʼsir koʻrsatdi.

Ispaniyaga qaytib kelgach, qirol Alfonso XIII ning saroy rassomi boʻldi. 1922-yilda u Madriddagi Prado muzeyi direktori lavozimini egalladi va San-Fernando Qirollik Tasviriy sanʼat akademiyasiga qabul qilindi. 1931-yilda Ispaniya Respublikasi eʼlon qilinganidan soʻng u muzey direktori lavozimidan ketishga majbur boʻldi, biroq Ispaniya fuqarolar urushida frankochilarning gʻalabasidan soʻng u yana bu lavozimni egalladi.

1947-yilda u Buenos-Ayresga keldi va u yerda zamonaviy ispan rassomlari va haykaltaroshlarining koʻrgazmasini tashkil etdi. Shuningdek, Argentina Prezidenti Xuan Domingo Peron va uning rafiqasi Mariya Eva Peronning portretlarini chizdi. 1953-yilda u San-Fernando Qirollik Tasviriy sanʼat akademiyasining direktori boʻldi, ammo yoshi oʻtgani sababli 1955-yilda bu lavozimni tark etdi. Fernando Alvares Madridda 84 yoshida vafot etdi[1].

Alvares de Sotomayor bir necha bor sanʼat sohasida turli mukofotlarga sazovor boʻlgan. Shunday qilib, 1904-yilda u milliy tasviriy sanʼat koʻrgazmasida (Exposición Nacional de Bellas Artes) ikkinchi, 1906-yilda esa birinchi medalni qoʻlga kiritdi. 1907-yilda u Exposición Internacional (Barselona xalqaro koʻrgazmasi) gʻolibi boʻldi[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alvarez Sotomayor, Fernando.. Fernando Alvarez de Sotomayor y Zaragoza : artist file, 1920-. 
  2. „Fernando Álvarez de Sotomayor y Zaragoza | Galegos | Gallegos“ (es). galegos.galiciadigital.com. 2003-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-sentyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]