Santyago

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Santyago
Flag of Santyago
Bayroq
Official seal of Santyago
Gerb
Davlat Chili
Asos sana 1541
Hukumat
 - mer Pablo Zalaquett
Aholi (2002)
 - Jami 5 428 590
Birodar shaharlar uz:Pekin, San Paulu, Madrid, Anqara, Kiyev, Riga, Q36091, Keretaro, Tunis, La Paz, Manila, Q3070, Buenos Ayres, Q185684, Q43509, Afina, Q685509, Langreo, Q241767, Q8652;uz-latn:Pekin, San Paulu, Madrid, Anqara, Kiyev, Riga, Q36091, Keretaro, Tunis, La Paz, Manila, Q3070, Buenos Ayres, Q185684, Q43509, Afina, Q685509, Langreo, Q241767, Q8652;uz-cyrl:Пекин, Сан Паулу, Мадрид, Анқара, Киев, Рига, Q36091, Керетаро, Тунис, Ла Паз, Манила, Q3070, Буэнос Айрес, Q185684, Q43509, Афина, Q685509, Лангрео, Q241767, Q8652;
vebsayt: http://www.municipalidaddesantiago.cl/

Santyago (rasmiy nomi Santiago de Chile(Ispancha)) — Chili davlatining poytaxti va eng yirik shahri.

Santyago — Chili poytaxti. And toglari etagida, 540 m balandlikdagi soylikda, Mapocho daryosining har ikki sohilida joylashgan. Iklimi subtropik iqlim, yanv.ning oʻrtacha t-rasi 19,7°, iyulniki 7,7°. Yillik yogʻin 363 mm. Aholisi 4,64 mln. kishi (1997). S. — mamlakatning iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazi. Transport yoʻllarining yirik tuguni. 4 aeroport bor. S. orqali Panamerika shossesi oʻtgan. Valparaiso porti bilan t.y. orqali bogʻlangan. Metallsozlik, mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo, toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻnpoyabzal, poligrafiya, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. S.da yirik xorijiy va milliy kompaniyalar idoralari va banklar joylashgan.

Shaharga 1541 y. 12 fev. da ispan mustamlakachilari tomonidan asos solingan. 19-a. boshlarigacha ispan generalgubernatorligining maʼmuriy markazi. Chili mustaqilligi eʼlon qilingan davrdan (1818) S. — mamlakat poytaxti. S.da mustamlakachilik davrida qurilgan meʼmoriy yodgorlik koʻp. Shahar markazidagi Plasa de Armas maydoni atrofida sobor, ratusha va b. saqlangan. 3 un-t, harbiy bilim yurti, amaliy sanʼat maktabi, konservatoriya, Chili Fanlar akademiyasi va b. akademiyalar, ilmiy tadqiqot intlari, kutubxonalar, muzeylar, teatrlar va rasadxona bor. Metropoliten qurilgan. SANTYAGO, SantyagodelosKabalyeros — Dominikana Respublikasining shim. qismidagi shahar. VegaReal vodiysida joylashgan. Santyago provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 365 ming kishi (1990 y.lar oʻrtalari). Temir yoʻl tuguni. Q.x. (kofe, kakao, tamaki, sholi, chorvachilik) r-nining savdo markazi. Q.x. mahsulotlarini qayta ishlash, oziq-ovqat va poyabzal korxonalari bor. Shahar yaqinidan oltin qazib olinadi. Shaharga 1495 y.da X. Kolumb tomonidan asos solingan. Katolik un-ti, teatr, muzeylar bor. SANTYAGODEKUBA Kubaning jan.sharqiy qismidagi shahar, SantyagodeKuba provinsiyasining maʼmuriy markazi. Mamlakatning Gavanadan keyin 2oʻrindagi iqtisodiy va madaniy markazi. Aholisi 430,4 ming kishi (1990y.

lar oʻrtalari). Karib dengizining SantyagodeKuba buxtasining shim.sharqiy sohilidagi yirik port (chetga neft, shakarqand, rom, kofe chiqariladi). Transport yoʻllarining muxim tuguni. Aeroport bor. Oziqovqat, metallsozlik, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal sanoati korxonalari, kema verfi mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Shahar yaqinida neftni qayta ishlash z-di qurilgan.[1]


Havolalar[tahrir]

VikiOmbor
VikiOmborda Santiyago
haqida sahifa mavjud.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil