Farrux Toshbayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toshbayev Farrux
Tavalludi
Farux Hakimjanovich Toshbayev

1983-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Farrux Hakimjonovich Toshbayev (1983-yilda tugʻilgan, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – Naberejniye chelni shahrida yashovchi voyaga etmagan Vasilisa Galitsinani (8 yoshda) oʻzbekistonlik zoʻrlagan va qotil. Jinoyat butun Rossiya boʻylab katta rezonansga sabab boʻlgan. Umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Farrux Toshbayev 1983-yili Toshkentda tugʻilib, shu yerda oʻqigan va doimiy yashagan. Onasi tatar, otasi oʻzbek. Oilada ikkinchi farzand boʻlgan. Birinchisi, uning akasi Anvar boʻlib, keyinchalik Naberejinye chelniga koʻchib oʻtgan. Soʻng, u yerda militsioner boʻlib ishlab, huquqni muhofaza qilish idoralarini tark etgach, goʻsht savdosi bilan shugʻullangan. 2010-yilda Farrux ham Naberejniye chelniga koʻchib oʻtadi. U mehmon muhojir emas edi, reklama agentligida qonuniy ishlab, yaxshi pul ishlab topgan. Qishloqdan qimmatbaho mashina va uy sotib olgan. Ish joyi ijobiy tavsiflangan[1].

Qotilligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshbayev qotillikni sodir etishidan biroz avval Spaces akkauntida kimnidir shafqatsizlarcha oʻldirmoqchi ekanligini yozgan. 2013-yilning 2-fevral kuni soat 16:00 larda Chevrolet Niva rusumli avtomashinasini haydab ketayotganda, yoʻl chetida ketayotgan 8 yoshli Vasilisa Galitsinani koʻrib qoladi. U mashinadan tushib, qizning yoniga boradi. Qizning yuziga urib, uni ushlab, mashinaga oʻtqazgan. Soʻng, yana zoʻravonlik qilish bilan tahdid qilgan. Vasilisani Bagryajskiy oʻrmoni (Sarmanov tumani, Mustafino qishlogʻi yaqini)ga olib borib, oʻz mashinasida yoʻl chetida qizni boʻgʻib oʻldirgan va uni zoʻrlagan[2]. Keyin esa uni pichoqlaydi. Jasad Naberejniye chelni shahridan 73 kilometr uzoqlikdagi yoʻl chetidagi ariqga tashlanib, qor bilan qoplangan edi[1].

Ular qizni qidira boshlashadi. Qizni qidirishda Rossiyaning turli shaharlaridan koʻngillilar ishtirok etishgan. 3-fevral kuni ryukzak, kundalik parchalari, darslik, yirtilgan daftar va qizning kiyimining bir qismi topilgan. Ayrim guvohlar Toshbayevni Vasilisa bilan birga koʻrib, uning mashinasining markasi va rangini tasvirlab bergan[3]. Toshbayev jinoyat sodir etish uchun qulay joy qidirib, qishloq yoʻllari boʻylab harakatlanib ketadi. Soʻng, boshqaruvni yoʻqotib, Oktyabr-Bulyoq qishlogʻida qorga botib qolgan[4]. Toshbayevning barmoq izi Vasilisaning kundaligida qolgan, uning yordamida jinoyatchining shaxsi aniqlangan. Jinoyatchi avval bir marta maʼmuriy javobgarlikka tortilib, uning barmoq izlari politsiya maʼlumotlar bazasida boʻlgan[1][5].   2013-yil 12-iyulda hakamlar hay’ati Toshbayevni barcha ayblovlar boʻyicha aybdor deb topadi. 19-iyul kuni Tatariston Respublikasi Oliy sudi uni umrbod qamoq jazosiga hukm qiladi. U oʻz aybini tan olmagan[4][6]. Soʻng, Orenburg viloyati, Sol-Iletskdagi „Qora delfin“ koloniyasiga koʻchiriladi[7].

Jamoatchilikning munosabati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qotillik Naberejniye chelni aholisini hayratda qoldirib, ularni gʻazabiga sabab boʻladi. 2013-yilning 7-fevral kuni kechqurun bir necha ming shahar aholisi Vasilisa Galitsina xotirasiga bagʻishlangan miting uyushtirib, qotilga oʻlim jazosi berilishini talab qilishgan. Shuningdek, mehnat muhojirlariga qarshi daʼvolar bilan millatchilik shiorlarini bildirishgan. Tashabbus guruhi Toshbayev kabi jinoyatchilarga oʻlim jazosini qaytarishni talab qilib, Rossiya prezidenti nomiga petitsiyani imzolash niyatida boʻlgan. Ayrimlar Toshbayevning qarindoshlarini oʻldirish niyatini bildirgan[1][8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Петухова, Екатерина. „Убийца Василисы Галицыной решился на расправу давно“ (ru). Московский комсомолец (2013-yil 7-fevral). 2019-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-iyun.
  2. „Экспертиза установила, что похититель Василисы Галицыной надругался над ней перед убийством“ (ru). NEWSru.com (2013-yil 7-fevral). 2013-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-aprel.
  3. „В Татарстане по фотороботу ищут похитителя восьмилетней Василисы Галицыной“ (ru). NEWSru.com (2013-yil 4-fevral). 2013-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-aprel.
  4. 4,0 4,1 Петухова, Екатерина. „Убийца Василисы Галицыной получил пожизненный срок“ (ru). Московский комсомолец (2013-yil 19-iyul). 2018-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-aprel.
  5. „Полиция сообщила о задержании убийцы пропавшей восьмилетней Василисы Галициной“ (ru). NEWSru.com (2013-yil 5-fevral). 2013-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-aprel.
  6. Брайловская, Светлана. „Фаррух Ташбаев получил пожизненный срок“ (ru). Российская газета (2013-yil 19-iyul). 2013-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  7. „Убийца челнинской школьницы уже два года пишет из «Черного дельфина» кассационные жалобы“ (ru). Челнинские известия (2015-yil 2-fevral). 2019-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  8. „Собрание памяти Василисы Галицыной в Челнах переросло в митинг недовольства“ (ru). БИЗНЕС Online (2013-yil 7-fevral). Qaraldi: 2020-yil 11-aprel.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]