Enrique Iglesias
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
| Enrique Iglesias | |
Iglesias on MuchOnDemand telekoʻrsatuvida (Toronto, Kanada) |
|
| Tugʻilgan paytidagi ismi: | Enrique Miguel Iglesias Preysler |
| Tavalludi sanasi: | 8-may, 1975 (37 yoshda) |
| Tavalludi joyi: | Madrid, Ispaniya |
| Faoliyat yillari: | 1995–bugun |
| Ampluasi: | vokal, gitara |
| Janr: | Pop, Latin pop, R&B, Dance-pop |
| www.enriqueiglesias.com | |
Enrique Miguel Iglesias Preysler (talaffuzi: Enrike Migel Iglesias Preysler; 8-may, 1975) ispan pop-musiqachisi, shoir va qoʻshiqchidir. Julio Iglesiasning uchinchi va kenja oʻgʻli. Iglesias musiqachilikni Meksikadagi Fonovisa leyblida boshlagan. U 1990-yillarda eng koʻp sotilgan ispanchada kuylovchi ashulachidir. XXI asrdan boshlab inglizcha kuylashga oʻtdi va Universal Music Group bilan misli koʻrilmagan $48,000,000 lik shartnoma imzoladi.
Iglesias'ning 52 ta ashulasi Billboard chartlarida 1-oʻrinni egallab, oʻziga xos rekord qoʻygan. 55 milliondan ortiq albomi sotilgan.[1]
[tahrir] Diskografiyasi
Ispancha albomlari
- Enrique Iglesias (1995)
- Vivir (1997)
- Cosas del Amor (1998)
- Quizás (2002)
Inglizcha albomlari
Zullisonayn albomlari
- Euphoria (2010)