Kontent qismiga oʻtish

Elmira Gafarova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Elmira Gafarova
ozarbayjoncha: Elmira Mikayıl qızı Qafarova
 14-Ozarbayjon Oliy Soveti raisi
Mansab davri
18-may 1990-yil – 5-mart 1992-yil
Prezident Ayaz Mütəllibov
Oʻtmishdoshi Suleyman Rustam
Vorisi Yagub Mammadov
 9-Ozarbayjon SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi
Mansab davri
22-iyun 1989-yil – 18-may 1990-yil
Oʻtmishdoshi Suleyman Tatliyev
Vorisi Lavozim tugatilgan
 Ozarbayjon SSR Vazirlar Soveti raisining oʻrinbosari
Mansab davri
22-dekabr 1987-yil – 22-iyun 1989-yil
Hukumat boshligʻi Hasan Seyidov
Ayaz Mütəllibov
 5-Ozarbayjon SSR Tashqi ishlar vaziri
Mansab davri
1-dekabr 1983-yil – 22-dekabr 1987-yil
Oʻtmishdoshi Tohira Tohirova
Vorisi Hüseynağa Sadıqov
 6-Ozarbayjon SSR Maorif vaziri
Mansab davri
13-fevral 1980-yil – 1-dekabr 1983-yil
Oʻtmishdoshi Mehdi Mehdizoda
Vorisi Kamron Rahimov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-mart 1934-yil (1934-03-01) (90 yosh)
Baku, Ozarbayjon SSR, Sovet ittifoqi
Vafoti 1-avgust 1993-yil(1993-08-01)
(59 yoshda)
Baku, Ozarbayjon
Siyosiy partiyasi Ozarbayjon Kommunistik partiyasi (1958-yildan)
Bolalari 2
Taʼlim Boku davlat universiteti
Kasbi filolog
Mukofotlari [1]
Dafn etilgan joyi Boku shahridagi Faxriy dafn xiyoboni
Ilmiy darajasi Filologiya fanlari nomzodi

Elmira Mikayil qizi Gafarova[lower-alpha 1] (1-mart 1934-yil — 1-avgust 1993-yil) — ozarbayjonlik siyosatchi va diplomat boʻlgan[2]. Ozarbayjon SSR Maorif vaziri (1980—1983), Ozarbayjon SSR Tashqi ishlar vaziri (1983—1987), Oliy Sovet Prezidiumi raisi (1989—1990), Ozarbayjon Oliy Sovetining raisi (1990—1991), Milliy Majlis raisi.

Yoshlik davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Elmira Gafarova 1934-yil 1-martda Ozarbayjonning Boku shahrida tugʻilgan. 1952-yilda oʻrta maʼlumotni tamomlab, 1953-yilda Boku davlat universitetiga oʻqishga qabul qilindi. 1958-yilda universitetning filologiya fakultetini tamomlab, 1961-yilgacha Filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. Universitetda oʻqib yurganida Gafarova universitet komsomol qoʻmitasining oʻrinbosari boʻlgan. 1958-yilda Ozarbayjon Kommunistik partiyasi aʼzoligiga qabul qilindi. 1962-yilda Ozarbayjon komsomoli markazi tashkiliy qoʻmitasi raisi, 1966—1970-yillarda tashkilotning birinchi kotibi lavozimlarida ishlagan[2].

Siyosiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1970—1971-yillarda Ozarbayjon KP MK Madaniyat boʻlimi mudiri, 1971-yildan 1980-yilgacha Boku partiya qoʻmitasi kotibi lavozimlarida ishlagan. 1980-yilda Gafarova Ozarbayjon SSR Maorif vaziri lavozimiga tayinlandi, bu lavozimda 1983-yilgacha ishladi. 1983—1987-yillarda Gafarova Ozarbayjon SSR Tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlagan. Xorijiy xizmatda boʻlganida, 1984-yil oktyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining irqchilik va kamsitish masalalariga bagʻishlangan sessiyalarida qatnashdi[3]. Gafarova Ozarbayjon Oliy Sovetiga ham saylangan. 1987-yildan 1991-yilgacha Ozarbayjon SSR Oliy Sovetining Spikeri, Sovet Ittifoqi Oliy Sovetiga deputat etib saylangan[2]. 1987—1989-yillarda Ozarbayjon SSR Bosh vazirining oʻrinbosari boʻlib ham ishlagan[4].

Gafarova parlament spikeri boʻlganida 1989-yil 30-dekabrda Ganjaning tarixiy nomini tiklashda katta rol oʻynadi va 1990-yil 13-martda butun Ozarbayjonda nishonlanadigan Navroʻz bayramini rasmiy davlat bayramiga aylantirdi.

1991-yil 18-oktabrda Ozarbayjon mustaqilligini tiklash va 1992-yil 2-martda Ozarbayjon Respublikasini Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilish toʻgʻrisidagi qonunni qabul qilishda ham uning hissasi bor[3].

Qora yanvar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gafarova 1990-yil 21—22-yanvar kunlari Ozarbayjon Oliy Sovetining navbatdan tashqari sessiyasini chaqirgan va 1990-yil 19-yanvardan 20-yanvarga oʻtar kechasi Bokuda tinch aholini qirgʻin qilganlikda sovet hokimiyatini qoralagan birinchi rahbarlardan boʻlgan. 160 deputatdan iborat sessiya qirgʻinni qoralash toʻgʻrisida bayonot chiqardi va SSSR Oliy Sovetiga, ittifoq respublikalari Oliy Sovetlariga, dunyoning barcha parlamentlariga va Birlashgan Millatlar Tashkilotiga murojaat qilib, Jeneva va Vena konvensiyalariga eʼtibor bermay, tinch aholiga qarshi harbiy tajovuz qilish haqida gapirdi[3].

20-21-yanvar kunlari tashkil qilingan namoyishlar. 22-yanvarda oʻtkazilgan ommaviy dafn marosimi har turdagi mitinglarni taqiqlagan favqulotda holatga qarshi ochiqdan-ochiq bosh koʻtarish edi. Shahidlar xiyobonida oʻtkazilgan dafn marosimi “Moskva” mehmonxonasining yuqori qavatlarida joylashtirilgan maxsus nazoratchilar va snayperlar tomonidan diqqat bilan kuzatilar edi. Barcha jiddiy toʻsiqlarga va xavfli nazoratga qaramay, gʻayratli insonlar shahidlarning xotirasiga loyiq dafn marosimining oʻtkazilishiga erishdilar.

— Los Angeles Times gazetasi, 23-yanvar 1990-yil[5].

Bokuning ishgʻolidan soʻng oʻz yeriga butun borligʻi bilan bogʻlangan har bir ozarbayjonning qalbida Moskvaga va Mixail Gorbachovga qarshi dahshatli nafrat hissiyoti uygʻongandi. Yillar davomida rus imperiyasining mustamlakasi boʻlgan Ozarbayjon endi oʻz suveren va demokratik huquqlarini barpo etmoqda. Oʻz ozodligi va mustaqilligi yoʻlida kurash olib bormoqda. Endi oddiy sotuvchidan tortib hokimiyat namoyandalarigacha katta-kichik insonlarning bari tushunib yetdiki, Moskva oʻz huquqlarining barposi yoʻlida bosh koʻtargan millatni bostirish uchun Bokuga qoʻshin yuborib, gunohsiz insonlarning qonini toʻkdi.

— The New York Times gazetasi, 18-fevral 1990-yil[6].

Natijada Ozarbayjon Bosh prokuraturasi tomonidan oʻsha paytda amalda boʻlgan Jinoyat kodeksining 94-moddaning 4 va 6-bandlari (ogʻirlashtiruvchi holatlarda qasddan odam oʻldirish), 149-modda (mulkni qasddan yoʻq qilish yoki buzish), 68-modda (hokimiyatni suiisteʼmol qilish) va 225-modda (vakolatni suiisteʼmol qilish) boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi. Davom etayotgan tergov hali yakunlangani yoʻq[7].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gafarova SSSRning turli orden va medallari bilan taqdirlangan[2]. Faoliyati davomida „Mehnat Qizil Bayroq ordeni“ va „Hurmat Belgisi“ ordenilari bilan taqdirlangan[3].

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Elmira Gafarova 1993-yil 1-avgustda Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida vafot etdi. Gafarova Boku shahridagi Faxriy dafn xiyoboniga dafn etildi[3].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Izohlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. ozarbayjoncha: Elmira Mikayıl qızı Qafarova / Елмира Микајыл гызы Гафарова, Elmira Qafarova deb ham yoziladi, (ozarbayjoncha: Elmira Qafarova / Елмира Гафарова

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Rossiya Federatsiyasi Davlat arxivi Р7523 105 157 SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1971-yil 1-sentyabrdan 9-sentyabrgacha qabul qilingan Farmonlari va qarorlari va ularga tegishli materiallar / 15-sonli bayonnomaga / No 2094-VIII dan 2114-VIII gacha. 1-jild
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Azərbaycanın Xarici İşlər Nazirləri. 9. Elmira Mikayıl qızı Qafarova“ [Ministers of Foreign Affairs of Azerbaijan. 9. Elmira Mikhail's daughter Qafarova] (az). Ministry of Foreign Affairs of Azerbaijan. 2009-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-yanvar.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 „Biographies. Elmira Qafarova“. 2011-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 7-iyul.
  4. „FEMALE PRESIDENTS OF UNDERSTATE ENTITIES“. Qaraldi: 2010-yil 7-iyul.
  5. Vahid Məhərrəmov. Qanlı gecə - Qanlı tarix. Bakı - 2011. səh. 61.
  6. Vahid Məhərrəmov. Qanlı gecə - Qanlı tarix. Bakı - 2011. səh. 62.
  7. „General Prosecutor's Office: Russia does not give back to Azerbaijan the materials of the criminal case on January 20 tragedy“. 2011-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 7-iyul.