Elektr qarshilik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Elektr qarshilik — elektr zanjiri (yoki zanjir bir qismi)ning elektr tokka koʻrsatadigan aks taʼsirini ifodalaydigan fizik kattalik; omlarda oʻlchanadi. Elektr qarshilik elektr energiyasining boshqa tur energiyaga aylanishiga bogʻliq; elektr energiyasi oʻzgarmaydigan jarayondagi elektr qarshilikni aktiv qarshilik, tok manbai energiyasi elektr yoki magnit maydoniga uzatiladigan jarayonlardagi elektr qarshilikni reaktiv qarshilik deyiladi.