Efiop yozuvi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Efiop yozuvi — jan. arabiy konsonant (undosh harfli) alifbo asosida kelib chiqqan boʻgʻinli yozuv. Har bir belgi S+U (unli + undosh) tarzidagi ochiq boʻgʻinni ifodalaydi, unlining tabiatidan kelib chiqqan holda, qoʻshimcha chiziqlar bilan farqlanuvchi 7 variantga ega: qisqa a, choʻziq y, 1, a, yo, o, undosh+ye (ilmiy transkripsiyada hozirgi talaffuzga mos keluvchi a, i, 1, a, ye, o, E ifodalari qoʻllanadi). "Undosh+qisqa a" belgisi asosiy variant hisoblanadi, qolganlari esa unga nisbatan belgilanadi. Efiop yozuvi chapdan oʻnga qarab yoziladi; u Efiopiyadagi turli tillar, mas, qadimiy efiop (geez), amxara, tigray, tigre, oromo va boshqalarda qoʻllanadi.

Miloddan avvalgi 1-ming yillik oʻrtalarida Yamandan koʻchib kelganlar bilan Efiopiyaga jan. som alifbosining bir tarmogʻi — jan. arabiy konsonant alifboli yozuv kirib kelgan. U milodiy 5-asrgacha jan. arabiy yozuv bilan parallel rivojlangan holda isteʼmolda boʻlgan. Boʻgʻinli Efiop yozuvi belgilarning qadimiy jan. som alifbosidagi tartibini va harflarning qadimiy nomlarini (bu nomlar finikiycha nomlar bilan mos keladi) saqlab qolgan. 4—5-asrlarda Aksum davlatida, chamasi, yunon madaniyati va yunon alifbosi taʼsirida Efiop yozuvi isloh qilindi: unlilar uchun belgiifodalar joriy etiladi va yozuv yoʻnalishi oʻzgartiriladi. Efiop yozuvi jan. arabiy alifbodagi 29 belgidan 24 tasini saqlab qolgan; efiop tillarigagina xos boʻlgan tovushlar uchun mavjud belgilar shaklini bir oz oʻzgartirish yoʻli bilanyangi belgilar yaratiladi. 14-asr oʻrtalarida amxar tilining tovushlarini ifodalash uchun yana 7 belgi ishlab chiqiladi. Belgilarning umumiy soni turli tillarda 202 tadan 270 tagacha yetadi. Efiop yozuvining kursiv shakli ishlab chiqilmagan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Krachkovskiy I.Yu., Vvedeniye v efiopskuyu filologiya, M., 1955; Starinin V.P., Efiopskiy yazj, M., 1967.