Drok

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Drok (Genista) — burchoqdoshlar (dukkakdoshlar) oilasiga mansub buta va chala butalar turkumi. Boʻyi 1 m cha, bargi oddiy, baʼzan uch boʻlakli, guli zigomorf, sariq, baʼzan oqimtir. Koʻ-pincha tikanli, 70 turi bor. Ular asosan Gʻarbiy Yevropa, Gʻarbiy Osiyo, Afrika va Kanar orollarida usadi. Urugʻdan koʻpayadi. Bargi, poyasi va gullaridan sariq boʻyoq olinadi, qaynatmasi surgi dori sifatida ishlatiladi.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil