Dolomit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dolomit (frans. mineralogi D. Dolomye nomidan) — karbonatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi CaMg(CO3)r Oz mikdorda temir, marganets, kobalt, baʼzan mis, bariy, qoʻrgʻoshin va b. boʻladi. Singoniyasi trigonal. Romb, donador, buyraksimon shakllarda uchraydi. Rangi kulrang oq, sariq, kulrang-yashil. Shishasimon yaltiroq. Qattiqligi 3,5—4. Zichligi 2,9 g/sm3. Tabiatda keng tarqalgan. D. konlari Rossiya (Ural), Ukrainada bor. Oʻzbekistonda D. gidrotermal, polimetall konlarida (Xondiza, Uchquloch, Qoʻrgʻoshinkon va b.) kvars, barit, pirit, sfalerit, galenit bilan yertomirlar hosil qilgan. Zirabuloq va Ziyovuddin togʻlarida silur davri, Chatqol, Qurama va Nurota togʻlarida devon davri choʻkindi jinslarida D.ning qalin qatlamlari mavjud. D. metallurgiya, kimyo sanoatida flyus, termoizolyasiya materiali sifatida va qurilishda ishlatiladi.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil