Diodot II

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Diodot II (qadimgi yunoncha: Διόδοτος), Teos nomi bilan tanilgan ushbu hukmdor Yunoniston-Baqtriya podsholigining ikkinchi mustaqil ellinistik bazileyi(Monarx) boʻlgan. Miloddan avvalgi 236-yil Diodot II otasi birinchi shoh Diodot I ning oʻgʻli sifatida uning oʻrniga taxtga oʻtiradi. U taxtga kelgandan soʻng otasidan farqli ravishda Parfiyani egallab olgan Parni qabilasi hukmdori Arshak I bilan oldingi dushmanlik siyosatidan voz kechadi va u bilan Salavkiylarga qarshi ittifoq tuzib, Parnilarga boʻlgan Salavk II ning qarshi hujumini qaytarishda yordam berdi. U Yunon-Baqtriya qirollarining yangi sulolasiga asos solgan Sugʻdiyona satrapi vassali Yevtidem I tomonidan agʻdariladi[1].

Tarixiy manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baqtriya tarixini oʻrganishda saqlanib qolgan qadimiy asarlardan eng muhimi Yustin tomonidan tuzilgan Pompey Trogusning “Filippin tarixi” timsollari hamda geograf Strabonning asarlari hisoblanadi[2][3]. Ular qisqa va parcha-parcha qismlardan iborat boʻlishiga qaramasdan, haligacha birinchi Yunon-Baqtriya shohlari hukmronligi davri manzarasini tiklashga imkon beradi[4]. Ushbu davlat tarixiga oid maʼlumotlar arxeologik qazishmalar[4], etnografik materiallar, ostrakonlar va papiruslar[4] natijasida olingan maʼlumotlar bilan toʻldiriladi. Baʼzi tarixiy maʼlumot va epizodlarni oʻrganish uchun numizmatik manbalar yagona oʻrganish mumkin boʻlgan manbalar hisoblanadi[4].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diodot II Yunon-Baqtriyaning birinchi shohi va Baqtriyaning soʻnggi salavkiy satrapi boʻlmish Diodot I ning oʻgʻli[5] hisoblanadi. Tarixchi olim V.Tarna bergan maʼlumotlarga koʻra, uning onasi Salavkiylardan boʻlmagan malika boʻlib, Diodot I 246-yilda unga uylangan. Miloddan avvalgi 250-yil atrofida Diodot I mustaqillikni eʼlon qiladi. Uning hukmronligi davrida u Arshak I boshchiligidagi Parni qabilasining hujumini qaytaradi va Parfiyani qoʻlga kiritgach, ular bilan faol toʻqnashuvga kirishadi, shuning uchun ochiq toʻqnashuv ehtimoli juda yuqori boʻladi. Biroq, 236-235-yillarda Diodot I toʻsatdan vafot etdi va Diodot II otasining oʻrniga qirollik taxtiga oʻtiradi[6][7].

Золотой статер Диодота II
Diodot II ning oltin tangalari[8]. Orqa tomonda chap qoʻlida aegis boʻlgan Bremetlik Zevs tasvirlangan va yunoncha D yozuvi mavjud.

Hokimiyat tepasiga kelgan Diodot II otasi Salavkiylar bilan tuzgan ittifoqni buzdi va Parnilar bilan mudofaa shartnomasini tuzadi[9]. N.Overtum Diodot II tomonidan Yunoniston-Baqtriya podsholigining tashqi siyosatini bunday keskin oʻzgartirishning bir qancha mumkin boʻlgan sabablarini keltiradi. Birinchidan, hokimiyat tepasiga kelganda Diodot II otasining taʼsiriga ega boʻlmagan, Parnilar bilan tuzilgan tinchlik shartnomasi va ittifoqi unga hokimiyatni saqlab qolish va siyosiy mavqeini mustahkamlash imkoniyatini bergan. Ikkinchidan, Parfiya bilan urush Yunon-Baqtriya podsholigining mavjudligi uchun xavfli edi[10]. Bundan tashqari, fuqarolar urushi tugagandan soʻng, nazoratdan chiqib ketgan oʻzlarining sobiq sharqiy mulklarida hokimiyatni tiklash uchun harbiy yurish tayyorlayotgan Salavkiylar ikkala davlatga ham tahdid solayotgan edi. Yunon-Baqtriya bilan tinchlik oʻrnatish Arshak I uchun ham foydali edi, chunki bu unga oʻzining koʻchmanchi qabilasini parfiylar bilan singdirib, kuchli davlat yaratish uchun vaqt berdi[6]. Arsakidlar va Diodot II ning salavkiylar bilan boʻlajak urushi haqidagi qoʻrquvlari asossiz emas edi. Isyonkor ukasi Antiox Ierax bilan sulh tuzgach, Selevk II sharqiy yurishini boshlaydi[6].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Новиков С. В. Парфянское царство и Греко-Бактрийское царство // Источниковедение Древней Греции (эпоха эллинизма) : Учеб. пособие для исторических специальностей вузов / Под ред. В. И. Кузищина ; Рецензент В. И. Кадеев. — М. : Издательство Московского университета, 1982. — С. 140—156. — 240 с. — 17 700 экз.. 
  2. Юстин. Эпитома сочинения Помпея Трога «Historiae Philippicae» = Epitoma historiarum Philippicarum Рompei Trogi : [пер. с лат.] / Деконский А. А. и Рижский М. И. ; Под ред. М. Е. Грабарь-Пассек ; Вст. статья К. К. Зельина. — СПб. : Из-во Санкт-Петербургского университета, 2005. — 496 с. — ISBN 5-288-03708-6.. 
  3. Страбон. География / Перевод, статья и комментарии Г. А. Стратановского под общей редакцией проф. С. Л. Утченко. — М.: Ладомир, 1994.. 
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 Новиков 1982.
  5. Holt 1999; Overtoom 2020; Tarn 1938.
  6. 6,0 6,1 6,2 Overtoom 2020.
  7. Bordeaux Olivier. Monetary policies during the early Graeco-Bactrian kingdom (250–190 BCE) // The Graeco-Bactrian and Indo-Greek world : [англ.]. — Milton Park ; N. Y. : Routledge, 2020. — 30 November. — P. 510—519. — XXIV, 687 p. — (Routledge worlds ; vol. 15). — ISBN 13-516-1028-7. — ISBN 978-1-351-61028-5. — doi:10.4324/9781315108513.. 
  8. Glenn Simon. History from coins : The role of numismatics in the study of the Graeco-Bactrian and Indo-Greek worlds // The Graeco-Bactrian and Indo-Greek world : [англ.]. — Milton Park ; N. Y. : Routledge, 2020. — 30 November. — P. 467—486. — XXIV, 687 p. — (Routledge worlds ; vol. 15). — ISBN 13-516-1028-7. — ISBN 978-1-351-61028-5. — doi:10.4324/9781315108513.. 
  9. Попов 2008; Holt 1999; Overtoom 2020.
  10. Overtoom Nikolaus Leo. Reign of arrows : the rise of the Parthian empire in the hellenistic Middle East : [англ.] / Doctoral advisor: Dr. Maribel Dietz. — N. Y. : Oxford University Press, 2020. — 11 May. — XLVI, 354 p. — (Oxford studies in early empires). — ISBN 01-908-8833-4. — ISBN 978-0-190-88833-6. — doi:10.1093/oso/9780190888329.001.0001..