Zevs

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zevs

Zevs — yunon afsonalarida oliy xudo; xudolar va odamlar hukmdori. Kronos va Reyaning oʻgʻli. Xudolarning uchinchi avlodiga mansub. Tartarda oʻz otasi va boshqa titanlarni yengib, Olimp togʻida hukmron boʻlgandan keyin 3. astasekin olamni qaytadan tuzadi, xudolarni yaratadi, qonunlar chiqaradi, tartib oʻrnatadi, fan, sanʼat, axloq meʼyorlari va h. k. ni joriy etadi. 3. xudolarning irodasini va yaxshi niyatlarini roʻyobga chiqaruvchi koʻplab qahramonlar (Gerakl, Persey) ning otasi. Ayni vaqtda 3. — dahshatli jazolovchi kuch. U bir necha marta odam zotini yoʻq qilib, undan ham mukammal insonni yaratishga urinadi. 3. toʻgʻrisidagi afsonalarning ayrim qismlari "Iliada", "Odisseya" va b. antik asarlarda bor. Qad. Rim afsonalarida 3. Yupiterga toʻgʻri keladi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil