Deng Zhuoxiang

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Deng Zhuoxiang
邓卓翔
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Deng Zhuoxiang
Tavallud sanasi 24-oktyabr 1988-yil (1988-10-24) (35 yosh)
Tavallud joyi Wuhan, Hubei, Xitoy
Boʻyi 1.81 m (5 ft 11 in)
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Wuhan Three Towns
Raqami 8
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2001—2004 Guangdong Mingfeng
2005 Wuhan Optics Valley
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006—2008 Wuhan Optics Valley 35 (3)
2009 Jiangsu Sainty 29 (5)
2010—2011 Shandong Luneng 48 (7)
2012—2014 Jiangsu Sainty 38 (2)
2015—2017 Shanghai Shenhua 3 (0)
2017Qingdao Huanghai (Ijara) 29 (5)
2018—2020 Beijing Enterprises Group 30 (0)
2020- Wuhan Three Towns 11 (2)
Milliy terma jamoa
2003—2005 Xitoy U-17
2006—2007 Xitoy U-20
2009—2011 Xitoy 30 (7)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(31-dekabr 2020-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (3-aprel 2015-yil uchun)

Deng Zhuoxiang (1988-yil 24-oktyabrda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozirda Xitoyning Birinchi Ligasida „Wuhan Three Towns“ jamoasida oʻynagan.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Deng Zhuoxiang futbolchilik faoliyatini 2005-yilgi liga mavsumida Wuhan Optics Valley jamoasida oʻynab boshlagan[1]. Mavsum davomida u liganing 10 ta oʻyinida maydonga tushgan. 2007-yil liga mavsumiga kelib, Deng jamoada oʻzini namoyon qilgan va hatto 2007-yilning 27-martida 1:0 hisobida gʻalaba qozongan Qingdao Jonunga qarshi oʻyinda birinchi golini urgan[2].

Deng 2009-yilgi liga mavsumi boshida Hubey FA tomonidan yangi koʻtarilgan Jiangsu Saintyga ijaraga berilgan. U mavsum davomida 29 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 2009-yil 4-dekabrda u Xitoy futbol assotsiatsiyasi tomonidan yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi deb topilgan va Shandong Luneng jamoasi bilan shartnoma imzolagan. U 2010-yilning 24-fevralida „Sanfrechche Xirosima“ga qarshi OChL oʻyinida „Shandong“ 1:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda debyut qilgan[3].

Deng 2012-yil 6-fevralda Jiangsuga qaytgan. Biroq, Deng 2012-yilgi mavsumda maydonga tushmagan, shifokorlar uning tizzasida singan suyak parchalarini topgach, mavsumni oʻtkazib yuborgan. Uni operatsiya qilish uchun Germaniyaga olib ketishgan. Deng nihoyat Jiangsu uchun debyutini mavsumning soʻnggi oʻyinida Guangzhou R&Fga qarshi zaxiradan maydonga tushib oʻtkazgan.

2015-yilning 16-fevralida Deng Xitoy Superligasi vakili „Shanhai Shenhua“ga oʻtgan[4]. U klubdagi debyutini 2015-yilning 8-martida „Shanhai Shenhin“ga qarshi oʻyinda (6:2) oʻtkazgan. Mavsum davomida Deng 2012-yilgi tizza jarohati takrorlanganidan keyin faqat uchta oʻyin bilan cheklangan. Unga noqulaylik tugʻdiruvchi suyak parchalari borligi va tizzasida koʻproq jarrohlik amaliyotiga muhtojligi aniqlangan. 2017-yilning 22-fevralida Deng 2017-yilning 31-dekabriga qadar Xitoyning Birinchi Liga jamoasi „Qingdao Huanhai“ga ijaraga berilgan.

2018-yil 28-fevralda Deng Xitoyning Birinchi Ligasi Beijing Enterprises tarkibiga qoʻshilgan[5].

Deng 2020-yil 5-avgustda oʻzining Wuhan Three Towns qoʻshilishini eʼlon qilgan[6]. Klubdagi birinchi mavsumida u divizion chempionligini qoʻlga kiritishda va ikkinchi divizionga koʻtarilishda yordam bergan[7].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Deng xalqaro maydondagi debyutini 2009-yil 18-iyulda Falastinga qarshi oʻyinda (3:1) oʻtkazgan. U 2010-yilgi Sharqiy Osiyo futbol chempionatida bir qator oʻyinlar berilguniga qadar asosan oʻrtoqlik oʻyinlarida foydalanilgan. 2010-yilning 10-fevralida u Janubiy Koreyaga qarshi oʻyinda (3:0) oʻzining birinchi golini urgan va Xitoyga birinchi marta Koreyani magʻlub etishga yordam bergan. Shu tariqa jamoaning Koreyafobiyaga barham bergan. 2010-yil 4-iyunda Deng Fransiyaga qarshi oʻyinda (1:0) toʻgʻridan-toʻgʻri jarima zarbasidan gol urgan.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Wuhan Optics Valley 2006 Xitoy Super Ligasi 10 0 0 0 - - 10 0
2007 15 2 - - - 15 2
2008 10 1 - - - 10 1
Jami 35 3 0 0 0 0 0 0 35 3
Jiangsu Sainty 2009 Xitoy Super Ligasi 29 5 - - - 29 5
Shandong Luneng 2010 28 5 - 2 0 - 30 5
2011 20 2 2 0 4 1 - 26 3
Jami 48 7 2 0 6 1 0 0 56 8
Jiangsu Sainty 2012 Xitoy Super Ligasi 1 0 0 0 - - 1 0
2013 12 1 2 0 0 0 0 0 14 1
2014 25 1 4 1 - - 29 2
Jami 38 2 6 1 0 0 0 0 44 3
Shanghai Shenhua 2015 Xitoy Super Ligasi 3 0 0 0 - - 3 0
2016 0 0 2 0 - - 2 0
Jami 3 0 2 0 0 0 0 0 5 0
Qingdao Huanghai (Ijara) 2017 Xitoy Birinchi Ligasi 29 5 1 0 - - 30 5
Beijing Enterprises Group 2018 Xitoy Birinchi ligasi 11 0 1 0 - - 12 0
2019 19 0 0 0 - - 19 0
Jami 30 0 0 0 0 0 0 0 31 0
Wuhan Three Towns 2020 Xitoy Ikkinchi Ligasi 11 2 - - - 11 2
Faoliyatida jami 223 24 12 1 6 1 0 0 241 26

Xalqaro maydondagi gollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 10.02.2010 Ajinomoto stadioni, Tokio, Yaponiya  Janubiy Koreya 3 — 0 3-0 2010-yilgi futbol boʻyicha Sharqiy Osiyo chempionati
2 4.06.2010 Stade Mishel Volnay, Sen-Pyer, Reunion  Fransiya 1 — 0 1-0 Oʻrtoqlik
3 22.10.2010 Yuexiushan stadioni, Guanchjou, Xitoy  Shimoliy Makedoniya 1 — 0 1-0 Oʻrtoqlik
2.01.2011 Qatar SC Stadium, Doha, Qatar  Iroq 3 — 2 3-2 Oʻrtoqlik
4 8.01.2011 Tani bin Jassim stadioni, Doha, Qatar  Quvayt 2 — 0 2-0 2011-yilgi Osiyo kubogi
5 8.06.2011 Guiyang Olimpiya sport markazi, Guiyang, Xitoy  Shimoliy Koreya 1 — 0 2-0 Oʻrtoqlik
6 28.07.2011 Yangi Laos milliy stadioni, Vientian, Laos  Laos 3 — 1 6-1 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichi
7 28.07.2011 Yangi Laos milliy stadioni, Vientian, Laos  Laos 4 — 1 6-1 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichi

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shandong Luneng
  • Xitoy Superligasi : 2010-yil

Wuhan Three Towns

  • Xitoy Ikkinchi ligasi : 2020[8]

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xitoyning 17 yoshgacha boʻlgan futbol terma jamoasi
Xitoy PR milliy futbol jamoasi
  • Sharqiy Osiyo futbol chempionati : 2010-yil

Shaxsiy yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Xitoy futbol assotsiatsiyasi yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2009-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „3–4 – 比赛结果-中超数据库-搜狐“ (xitoycha). csldata.sports.sohu.com (12-iyul 2006-yil). Qaraldi: 21-iyul 2012-yil.
  2. „1–0 – 比赛结果-中超数据库-搜狐“ (xitoycha). csldata.sports.sohu.com (27-mart 2007-yil). Qaraldi: 21-iyul 2012-yil.
  3. „AFC Champions League 2010 Match Summary: Sanfrecce Hiroshima 0–1 Shandong Luneng“. the-afc.com (24-fevral 2010-yil). 2018-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyul 2012-yil.
  4. 2015赛季第五内援敲定 邓卓翔转会加盟绿地申花 (Wayback Machine saytida 2018-01-30 sanasida arxivlangan) at shenhuafc.com 2015-02-16 Retrieved 2015-02-16
  5. 北京北控官宣签约五名内援 吕征邓卓翔正式加盟 at sports.sohu.com 2018-03-02 Retrieved 2018-03-05
  6. „连签10人!中乙武汉三镇官方:邓卓翔吴毅臻加盟“. qq.com (5-avgust 2020-yil). Qaraldi: 5-avgust 2020-yil.
  7. „武汉三镇点球战6-5击败淄博蹴鞠 获中乙联赛冠军“ (xitoycha). sports.sina.com.cn (12-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 31-mart 2021-yil.
  8. „武汉三镇点球战6-5击败淄博蹴鞠 获中乙联赛冠军“ (xitoycha). sports.sina.com.cn (12-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 31-mart 2021-yil. „武汉三镇点球战6-5击败淄博蹴鞠 获中乙联赛冠军“. sports.sina.com.cn (in Chinese). 12 December 2020. Retrieved 31 March 2021.