Guyyan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

GuyyanXitoyning jan.gʻarbidagi shahar, Guychjou togʻligida. Guychjou provinsiyasining maʼmuriy markazi. Muhim temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 3,1 mln.dan ziyod kishi (1998). Metallsozlik, mashinasozlik, kimyo, toʻqimachilik, sement, oyna, ipakchilik, yogʻochsozlik, qogʻoz, konchilik sanoatlari uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi zavodlar va b. sanoat korxonalari bor. G. yaqinidan temir rudasi, koʻmir va appatit qazib chiqariladi. G.da Xitoy FAning filiali, universitet, qishloq xoʻjaligi va b. institutlar bor.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil