Dallas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dallas
Shahar
Skyline of Dallas
Dallas
Bayroq
Dallas
Gerb
32°46′58″N 96°48′14″W / 32.78278°N 96.80389°W / 32.78278; -96.80389 G OKoordinatalari: 32°46′58″N 96°48′14″W / 32.78278°N 96.80389°W / 32.78278; -96.80389 G O
Mamlakat AQSh
Shtat Texas
Hukumat
 • Mer Eric Johnson (D)
Maydon 9,993 km2 (3,858 mi²)
Dengiz sathidan balandligi 131 m
Aholisi
 (2010)
1,197,816(9thU.S.)
Zichligi 1358,2 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC-5, yozda UTC-4
Telefon kodi 214, 469, 972
FIPS kodi 48-19000[1]
Dallas xaritada
Dallas
Dallas
Dallas xaritada
Dallas
Dallas

Dallas — AQSH janubidagi shahar, Texas shtatida. Triniti daryosi boʻyida. Aholisi 1188 ming kishi (2000). AQSHning paxtachilik va chorvachilik rayonlari chegarasida joylashgan. Transport yoʻllarining muhim tuguni. AQSH janubidagi yirik savdo-moliya va neftgaz sanoati markazi. Dallasda neft sanoati va paxta tozalash korxonalari uchun uskunalar ishlab chiqariladi. Neftni qayta ishlovchi, kimyo (sovun, sintetik kir yuvish vositalari i. ch.), oziq-ovqat, paxta tozalash, ip gazlama, tikuvchilik korxonalari bor. Samolyotsozlik, avtomobilsozlik, radioelektronika, aviaraketa sanoati, dvigatellar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, sovitkichlar i. ch. rivojlangan. D.— yirik paxta bozori. Universitet (1911), xalqaro aeroport, muzey va teatrlar bor. D.ga 1841 yilda asos solingan. 1856 yildan shahar. Dallasda 1963 yil 22 noyabrda AQSH prezidenti Jon F. Kennediga suiqasd uyushtirilgan.[2]

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1,197,816 (9thU.S.) nafar aholi istiqomat qiladi (2010 ).[3] Aholi zichligi – har kvadrat kilometrga 1358,2 nafar kishi.

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maydoni — 999,3 km2. Shundan 881,9 km2 quruqlik, 117,4 km2 esa suv maydonidir. Dengiz sathidan oʻrtacha 131 m balandlikda joylashgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „American FactFinder“. United States Census Bureau. Qaraldi: 2008-yil 31-yanvar.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. U.S. Census Bureau, Population Division. „Population Estimates, Accepted Challenges to Vintage 2007 Estimates“ (1). Qaraldi: 17-fevral 2010-yil. [sayt ishlamaydi][sayt ishlamaydi]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]