Chimkent aviahalokati (2012)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Halokatga uchragan Qozogʻiston chegara xizmatiga qarashli Antonov An-72 uchogʻi.

2012-yilgi Chimkent aviahalokati 2012-yil 25-dekabrda Qozogʻistonning Chimkent shahridan 20 km masofada sodir boʻldi.[1][2]

Antonov An-72 uchogʻi Ostonadan Chimkentga uchayotgan boʻlib, bortida 27 kishi — yetti nafar ekipaj aʼzosi va yigirma nafar qozoq chegarachilari, jumladan Qozogʻiston chegara xizmati direktori polkovnik Turganbek Stambekov bor edi.[1]

Halokat mahalliy vaqt bilan 19:00 atrofida roʻy berdi.[3] Mahalliy OAV xabar berishicha, uchoq 800 m balandlikdan qulab tushgan.[3] Qutqaruvchilar voqea joyiga kelishganida uchoq butkul yonib bitgan edi.[4]

Manbalar[tahrir]

  1. 1,0 1,1 Military plane carrying 27 crashes in Kazakhstan. AFP (25 December 2012). Asl nusxadan arxivlandi (25 December 2012). 25 December 2012.
  2. Kazakhstan military plane crash 'kills 27' near Shymkent. BBC News. 2012-12-25.
  3. 3,0 3,1 UPDATE 2-Kazakh military plane crashes, all 27 on board killed. Reuters (25 December 2012). Asl nusxadan arxivlandi (25 December 2012). 25 December 2012.
  4. Border Guard Plane Crashes in Kazakhstan, 27 Dead. RIA Novosti (25 December 2012). Asl nusxadan arxivlandi (25 December 2012). 25 December 2012.