Cal Newport

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Calvin C. Newport – amerikalik non-fikshn janrdagi adabiyotlar muallifi va Georgetown universitetining kompyuter fanlari boʻyicha professori[1].

Taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Cal Newport
Calvin C. Newport
Tavalludi 23-iyun 1982
Fuqaroligi AQSh
Taʼlimi

Dartmouth College (BA)

Massachusetts Institute of Technology (MS, PhD)
Kasbi Georgetown universiteti
Veb-sayti calnewport.com

Newport 2004-yilda Dartmouth kollejida bakalavr darajasidagi oʻqishini tugatgandan soʻng, 2009-yilda Massachusetts texnologiya institutida kompyuter fanlari boʻyicha PHD darajasini oldi[2][3]. 2009-2011 yillar davomida MIT universiteti qoshidagi kamputer fanlari idorasida doktoranturadan keyinggi yordamchi sifatida faoliyat yuritgan. Uning bobosi, John Newport, Baptist ruhoniysi va dinshunos boʻlgan[4].

Ish faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Newport 2011-yilda Georgetown universitetida kompyuter fanlari boʻyicha yordamchi professor sifatida ish boshladi va 2017-yilda toʻliq professor lavozimiga saylandi. Uning ishi murakkab algoritmlarda taqsimlangan tarmoqlarga qaratilgan boʻlib, u tabiatdagi aloqa tizimlarini oʻrganishni ham oʻz ichiga oladi[5]. Newport hozirda Georgetown universitetning komputer fanlari boʻyicha atoqli professorlaridan biri[6] va shuningdek, sakkizta kitobning muallifidir[7].

Newport Study Hacks blogini 2007-yilda boshlagan boʻlib, u „Raqamli zamonda qanday qilib samarali, qimmatli va mazmunli ishlarni bajarish kerakligi haqida“ yozgan[8].

Newport oʻzining „Deep work: chalgʻitilgan dunyoda muvaffaqiyatga yoʻnaltirilgan qoidalar“ (2016) nomli kitobida „chuqur mehnat“ atamasini kiritgan boʻlib, u uzoq vaqt davomida diqqatni jamlab, email yoki ijtimoiy tarmoqlar kabi chalgʻituvchi omillarsiz biror ishni samarali bajarishga qaratilgan[9]. Shuningdek, u ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish mansab uchun juda muhim degan daʼvoga qarshi chiqadi[10].

2017-yilda u „raqamli minimalizm“ni qoʻllab quvatlashni boshladi[11].

2021-yilda u chat va elektron pochta roliga[12] „Giperaktiv asalari aqli“ sifatida murojaat qila boshladi[13].

Kitoblar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • How to Win at College (2005) „Qanday qilib kollejda yutish haqida“
  • How to Become a Straight-A Student (2006) - „Qanday qilib aʼlochi oʻquvchiga aylanish haqida“
  • How to Be a High-School Superstar (2010) – „Qanday qilib yuqori maktabda yulduzga aylanish haqida“
  • So Good They Canʼt Ignore You: Why Skills Trump Passion In The Quest For Work You Love (2012) - „Juda yaxshi, ular sizni eʼtiborsiz qoldirolmaydilar: Ish qidirishda siz yaxshi koʻrgan Nima Uchun Ishtiyoqi koʻnikmalari haqida“
  • Deep Work: Rules for Focused Success in a Distracted World (2016) - „Chalgʻitilgan dunyoda muvaffaqiyatga yoʻnaltirilgan qoidalar haqida“
  • Digital Minimalism: Choosing a Focused Life in a Noisy World (2019) - „Shovqunli dunyoda intozmli hayotni tanlash haqida“
  • The Time-Block Planner (2020) - „Vaqtni Toʻgiri rejalashtirish haqida“
  • A World Without Email (2021) - „Elektron pochtasiz dunyo haqida“

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://www.penguinrandomh Cal Newport". Penguin Random House. 2023. Retrieved July 15, 2023.
  2. https://people.csail.mit.edu/cnewport/pubs/CalvinNewportDissertation.pdf (PDF) (PhD dissertation). Massachusetts Institute of
  3. https://people.csail.mit.edu/cnewport/pubs/CalvinNewportCV.pdf Newport, Calvin. Curriculum Vitae.
  4. Retrieved October 12, 2020.
  5. people.cs.georgetown.edu. /
  6. mit.edu Retrieved August 28, 2020.
  7. calnewport www.calnewport.com. Retrieved March 12, 2021.
  8. calnewport Retrieved December 3, 2016.
  9. https://www.entrepreneur.com/article/269805 Entrepreneur. Retrieved May 19, 2021
  10. https://www.nytimes.com/2016/11/20/jobs/quit-social-media-your-career-may-depend-on-it.html The New York Times. ISSN 0362-4331. Retrieved May 19, 2021.
  11. http://calnewport.com/blog/2017/02/13/facebook-phreaks-and-the-fight-to-reclaim-time-and-attention/ calnewport.com. Retrieved March 23, 2017.
  12. https://www.newyorker.com/tech/annals-of-technology/e-mail-is-making-us-miserable The New Yorker. Retrieved May 19, 2021.
  13. https://www.fastcompany.com/90610764/completely-had-it-with-email-give-personal-personal-office-hours-a-try Fast Company. Retrieved May 19, 2021.