Bremen botanika bog'i

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kirish
Rhododendron bogʻ

Bremen va Rhododendron bogʻlari — Germaniyaning Bremendagi eng diqqatga sazovor bogʻlaridan biri boʻlib bogʻ yashil ilmiy markaz sifatida 2003-yilda ochilgan. Muassasa tropik va subtropik rhododendronlarning turli xilma-xilligini va ular bilan birga uchraydigan florani tabiy ravishda tashkil etilgan oynali issiqxonalarda koʻrish mumkin. Bogʻ atrofi park bilan birgalikda hisoblanganda dunyodagi eng katta rhododendron kolleksiyasini tashkil etadi (Bogʻda taxminan 650 tur va 3500 nav oʻsimliklar mavjud)[1].

Rhododendron Park

Bogʻning interaktiv kashfiyotlar markazida bogʻ biologik xilma-xillikning saqlash va koʻpaytirish haqida ham aniq ma'lumot olish mumkin. Botanika bogʻi Gesellschaft mit beschränkter Haftung tashkiloti oʻsimliklar kolleksiyasi, koʻrgazmasini parvarish qilish va taqdim etish uchun javobgardir, Botanika bogʻ jamgʻarmasi, Bremen shahri tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlanadi[2]. Bremendagi Rhododendron bogʻi may oyida eng goʻzal tusga kiradi. Siz Rhododendron bogʻining Instagram kanalida gullash jarayonini kuzatishingiz mumkin. Bogʻ taxminan 46 gektar maydonda 10 000 dan ortiq rhododendron va azalea butalari mavjud. Bu Rhododendron bogʻini nafaqat eng goʻzal, balki eng kattalaridan biriga aylantiradi. Botanika bogʻi Rhododendron bogʻining oʻrtasida joylashgan marvarid sanaladi. Bu yerda 3,2 gektar maydonda butun dunyo oʻsimliklari oʻsadi, mahalliy floradan tortib Amerika, Osiyo va Avstraliyadan kelgan daraxt va koʻp yillik oʻsimliklargacha, foydali va dorivor oʻsimliklar saqlanadi[3]. Bogʻ yil davomida ochiq va kirish bepuldir. Bogʻda itlarni tasmada saqlash kerak. Velosiped haydashga faqat tegishli ravishda belgilangan yoʻlda ruxsat beriladi.

Yapon bogʻi

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bogʻni 1933-yilda Germaniyaning Rhododendron jamiyati tashabbusi bilan tashkil etish boshlangan. Bogʻ Germaniyaning eng yirik tabiat markazi sifatida tavsiflangan. Botanika bogʻi 2003-yilda ochilgan va 2007-yilda bogʻga egalik huquqi berilgan. 1940-yil avgust oyida Rhododendron bogʻida Ernst Gorsemann tomonidan yaratilgan „Bizon“ bronza haykali oʻrnatildi. 1984-yilda bogʻ hududini kengaytirish uchun uchun parkning shimolidagi taxminan 11 akr (ingiliz oʻlchov birligida 1-akr 4840 kv) maydon sotib olinadi. 1905-yilda Osterdeichda allaqachon tashkil etilgan botanika bogʻi 1936-yilda Hornga koʻchirildi, ammo bogʻ 1949-1951-yilgacha yangi joyida qayta quriladi. 1935-yilda Germaniya Rhododendron Jamiyati rhododendronlar uchun koʻrgazma va tomosha bogʻini tashkil etishni boshlaydi. Bogʻning dastlabki 2 gektar maydonining tantanali ochilishi 1937-yil iyun oyida boʻlib oʻtdi. 1998 yilda landshaft meʼmori Ekxard Brülle tomonidan ishlab chiqilgan 10 000 kvadrat metrlik atirgul bogʻining ochilish marosimi boʻlib oʻtadi. Bogʻning jozibadorligi sezilarli darajada oshganligi va Bremen Senatining zarur tejamkorlik choralarini hisobga olgan holda, Bremen Senati parklarni parvarish qilish uchun zarur boʻlgan saqlash choralarini 2006-yil 1-apreldan boshlab gullash davrida bogʻga aholini kirishi soʻraladi. Fuqarolarning norozilik namoyishlaridan soʻng, jamoat xavsizligi uchun tegishli chora tadbirlar koʻrilib kirishga ruxsat beriladi. 2007-yilda Donor Xorner tashabbusi bilan bogʻni saqlab qolish uchun fond tashkil etiladi, unda Bremen shahrining uchdan ikki qismi ishtirok etadi. 2009-yildan boshlab Rhododendron bogʻiga gʻamxoʻrlik qilish va rivojlantirishni oʻz zimmasiga olgan Rhododendron Park 30 million evro jamgʻarma fondi tashkil etiladi[4]. 2009-yilda xususiy „Bremen Rhododendron Park Foundation“ tashkiloti Rhododendron Park va Bremen botanika bogʻiga texnik xizmat koʻrsatishni oʻz zimmasiga oladi[5].

  • Botanika bog'ida quyidagi turlar mavjud:
  • Alp togʻlari oʻsimliklari
  • Geografik hududlar — Amerika, Osiyo, Avstraliya va Yangi Zelandiya, Bolqon yarim oroli oʻsimliklari.
  • Heath bogʻi — Ericaceae va Calluna navlari.
  • Mahalliy flora — Germaniyaning shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan 2000 ga yaqin turning taxminan 1000 turi, ulardan 200 ga yaqini Quyi Saksoniya va Bremen uchun yoʻqolib ketish xavfi ostidagi oʻsimlik turlarining joriy Qizil roʻyxatiga kiritilgan.
  • Dorivor va foydali oʻsimliklar — 400 ga yaqin dorivor oʻsimliklar (Germaniyaning eng yirik kollektsiyalaridan biri) va 200 ga yaqin ekin oʻsimliklari.
  • Rhododendron rockery — Alp togʻlari, Himoloy va Xitoy va Yaponiya togʻlaridan rhododendron turlari.
  • Soya sevar oʻsimliklar[6].

Issiqxonalar va kashfiyot markazi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bogʻda toʻrtta yirik issiqxonalar mavjud boʻlib bular Yaponiya, Borneo, Himoloy, shuningdek, tropik kapalak uyi hududlariga boʻlingan[7][8]. Kichikroq issiqxonalarda bir necha oyda bir marta oʻzgarib turadigan maxsus koʻrgazmalar namoyish etiladi. 2017-yil avgust oyidan buyon issiqxonalarda 2,4 metr balandlikdagi „Budda“, dunyo tinchligi ramzi sifatida 14-Dalay Lama tomonidan sovgʻa qilingan[9].

„Discovery Centre“ ikki qavatli interaktiv ilmiy markazdir . Unda oʻsimliklar va hayvonlar haqidagi 80 dan ortiq turli xil eksponatlar, turli xildagi oʻsimlik turlari, shuningdek rif akvariumi ham mavjud[10].

Rasimlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Rhododendron-Park Bremen“. Qaraldi: 2024-yil 4-may.
  2. https://www.botanika-bremen.de/en/about-us/plant-collection.html.
  3. „Rhododendron Park“ (2024-yil 5-may).
  4. „Rhododendron-Park Bremen“ (2024-yil 5-may).
  5. „Rhododendronpark“. Qaraldi: 2024-yil 5-may.
  6. „Rhododendron-Park Bremen“. Qaraldi: 2024-yil 5-may.
  7. „botanika – Bremen's world of nature discovery“. www.bremen.eu.
  8. „Tiere“. www.botanika-bremen.de.
  9. „Europäischer Friedensbuddha - Deutsch“. Freundeskreis Europäischer Friedensbuddha.
  10. „botanika: Stiftung Bremer Rhododendronpark“. www.rhododendronparkbremen.de.