Boʻgʻirsoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Boʻgʻirsoq
Almatida Boʻgʻirsoq kuni, Qozogʻiston

Boʻgʻirsoqxamirdan tayyorlab yogʻda pishiriladigan taom. Boʻgʻirsoq turli joylarda har xil tayyorlanadi. Toshkent va uning atroflarida: elangan bugʻdoy unidan suv, sut, tuxum, shakar va yogʻ solib qorilgan xamir pilta qilinadi, pichoq bilan yongʻoqday va undan kattaroq qilib kesib, qizigan yogʻda to qizarguncha qovuriladi. Fargʻona vodiysi va Buxoroda suv bilan sutga qorilgan xamirni oʻqlogʻida yoyib, toʻrtburchak shaklida kesib yogʻda qovuriladi[1].

Xonaki tayyorlangan boʻgʻirsoqlar

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil