Baxtiyor Rahimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Baxtiyor Rahimov (ruscha: Бахтия́р Раги́мов) (taxminan 1963-yilda tavallud topgan) Oʻzbekistondagi islomiy respublika tarafdori boʻlgan isyonchilar yetakchisi. Hozirgi kunda Oʻzbekiston hukumati tomonidan xibsda saqlanmoqda.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baxtiyor Rahimovning 2005-yil may oyida uyushtirilgan Oʻzbekistondagi norozilik namoyishlari va Andijon voqeasigacha boʻlgan tarixi haqida maʼlumotlar koʻp emas. Rahimov Qirgʻiziston bilan chegarada joylashgan Qorasuv shahrida yashovchi fermerlardan boʻlgan. Qorasuvdan 50 km uzoqlikdagi Andijonda sodir etilgan bir qator norozilik namoyishlari va qatagʻonlardan soʻng minglab oʻzbeklar chegaradagi shaharga bostirib kirib, mamlakatni tark etishga urinadilar. Taxminan 2005-yil 13-mayda Rahimov va unga sodiq shaxslar Qorasuv ustidan nazoratni egallab olishadi.

Rahimov hozirgi Markaziy Osiyo davlatlari oʻrniga islomiy davlat tuzish rejasini eʼlon qiladi. U otda oʻtirgan holda Associated Pressga bergan intervyusida[1] „Biz bu yerda Qurʼonga muvofiq islomiy davlat quramiz“ degan soʻzlari va Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va „butun dunyo“ga yetib borishi haqidagi maqsadini tilga oladi[2]. AP xabarlarida aytilishicha, 17-may holatiga koʻra, hududda oʻzbek harbiylari boʻlmagan, faqatgina Rahimov tarafdorlari soni haqidagi taxminlar mavjud boʻlgan. Rahimov „Bizda qurol yoʻq, lekin ular kelib bizga hujum qilishsa, hatto pichoq bilan ham urishamiz“, degan soʻzlarni aytgan.

2005-yil 18-mayda Rahimov kichik qarshilikdan soʻng hukumat qoʻshinlari tomonidan qoʻlga olinadi. Shuningdek, Rahimovning 14 yoshli oʻgʻli va u bilan aloqasi mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan yigirmaga yaqin kishi hibsga olingan. Qorasuvning bosib olinishi 2005-yil mayidagi Andijon voqeasidan kelib chiqqan qarshilikning soʻnggi taʼsirlarini yoʻq qilishga sabab boʻladi[3]. Hibsga olinganlarning aksariyati ozod etilganiga qaramay, 19 va 20-may kunlari ham Rahimov ozodligini talab qilgan norozilik namoyishlari kuchli harbiy ishtiroklar bilan birgalikda davom etadi[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]