Radiokarnay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Radiolarda qoʻllaniladigan oddiy kichik radiokarnay.

Radiokarnay - reproduktor nutq, muzika va b. tovushlarni balandlatib eshittiradigan elektroakustik yoki mexanik qurilma. Tovush chastotali elektr toki yoki kuchlanishni mexanik vosita (diffuzor, diafragma va b.) yordamida tovush tebranishlariga aylantirib beradi. R.ning elektrodinamik, ruporli, pyezoelektr, kondensatorli, elektromagnitli va pnevmatik xillari bor. Radioeshittirish tarmoklari, tovush kuchaytirish tizimlari va b. sohalarda elektrodinamik R. (nominal quvvati 0,1 — 100 va chastotalar polosasi 50—12000 gs), bir nechta diffuzorli R.dan iborat tovush karnaylari (nominal quvvati — 100 va gacha, chastotalar polosasi —100 — 800 gs), elektrodinamik va ruporli R.dan iborat (nominal quvvati 100 va gacha) agregatlar keng qoʻllaniladi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[tahrir]