Bakr al-Mojrmiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bakr al-Mojrmiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 933-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi Muhaddis

Bakr al-Mojrmiy (arabcha: بكر الماجرمي— Abu Saad Bakr ibn Rizvon ibn Tagʻril al-Mojrmiy) — Muhaddis. Bakr al-Mojrmiy IX asr oxirida Samarqandga qarashli Mojram qishlogʻida tugʻilgan.

Ustozi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bakr al-Mojrmiy hadis ilmining sir-asrorlarini Abulhasan Muhammad ibn Abdulloh ibn Muhammad ibn Jaʼfar al-Kogʻaziydan oʻrgangan va undan hadislar rivoyat qilgan[1].

Ilmiy safari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalarda Bakr al-Mojrmiy amakisining oʻgʻli muhaddis Asad ibn Ali ibn Tigʻril al-Mojarmiy, Nuh ibn Janoh al-Mojarmiy, Nasr ibn Yasor ad-Dovadiy, Umar al-Mojarmiy, Sobir ibn Mutavakkil al-Mojarmiy, Shuayb ibn Kunjal al-Mojarmiy kabi olimlari bilan ilmiy safarga chiqqani va 321/933 yilda Abu Ali at-Tamoriyning xonadonida mehmon boʻlgani hamda shu erda ilmiy suhbat boʻlgani taʼkidlangan.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bakr al-Mojrmiy 321/933 yildan keyin vafot etgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. —T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Abdulkarim Samʼoniy. Ansob. J. 5. — Bayrut, 1998. 155.