Bahoullohning Ahdi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bahoiy Eʼtiqodida „buyuk“ va „kichik“ deb hisoblanadigan ikki ahd mavjud. Buyuk ahd progressiv zuhur-vahiysining kelishuviga oiddir, yaʼni Olloh har ming yillikda oʻz elchilarini yuborib turadi, ularni tan olish va ular keltirgan taʼlimotga javob berish insoniyatning burchidir. Kichik ahd esa, bu din asoschisi Bahoulloh va uning izdoshlari orasidagi rahbarlikning izchilligi va birdamlikni saqlash haqidagi kelishuvdir. [1]

Bahoiy ahdiga binoan, vorsilik yozma ravishda juda aniq belgilab berilgan boʻlib, Bahoiylar uchun soʻzsiz vakolat zanjirini taʼminlab berdiki, bu ularning Bahoullohning vafotidan soʻng, Bahoiy Bitiklarining vakolatli talqinchisi va jamoani boshqaradigan shaxs sifatida ʻAbdu’l-Bahoga ergashishlariga olib keldi. [1] Bahoulloh, diniy masalalar boʻyicha qonun chiqaruvchi organ sifatida, toʻqqiz aʼzodan iborat taʼsisot, Umumjahon Adolat Uyini belgiladi, oʻz avlodlari uchun tayinlanadigan vazifa boʻlishiga ishora qildiki, bularning har ikkalasi ham Shogʻiy Effendini Muhofizlikka tayinlaganida Abdul-Baho tomonidan batafsil yoritib berilgan. Ummujahon Adolat Uyi ilk marotaba 1963 yilda saylanib, budutun dunyo Bahoiy jamoalarining boshqaruv organi boʻlib qolmoqda. Har kimki ushbu rahbarlik zanjiridagi aloqani rad etar boʻlsa, Ahd buzuvchisi deb hisoblanadi. [1]

Bahoiylar uchun Bahoullohning Ahdi va uning birlikni saqlashdagi kafolati, dinlarining oʻziga xos nodir xususiyatidandir. Misol uchun, ular Isoning Avliyo Pyotrga va Muhammadning Aliga vorislikni uzatishini birlikni saqlashda yozib qoldirilmagan urinishlar deb biladilar, zero bu dinlar bir-biriga qarshi oqimlarga boʻlinib ketib, oqibatda birlikni saqlashga muvaffaq boʻlmadilar. [1] Ahd orqali Bahoiy Eʼtiqodida sxizmning oldi olindi va Muqaddas Bitiklarda vakolatga ega boʻlmagani uchun muqobil rahbarlikka boʻlgan baʼzi urinishlar oʻziga sezilarli darajada izdosh jalb qila olmadi. [1]

Buyuk ahd[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buyuk ahd barcha Ilohiy Elchilarning oʻz izdoshlariga Ollohning keyingi yuboradigan Elchisi haqidagi ahdlashuviga oiddir. [1] Bahoiy Eʼtiqodining asoschisi Bahoullohga binoan, Olloh har doim insoniyatga progressiv zuhur deyilmish jarayon davomida, uni tarbiya etish uchun murabbiy yuborib turishni vaʼda bergan. [2] Bahoiylarning ishonishicha, barcha dinlarning muqaddas bitiklarida katta ahdga oid bashoratlar mavjud boʻlib, Ollohdan keladigan har bir elchi oʻzidan keyingisi haqida maxsus ravishda vaʼda berib kelgan. [1] Binobarin, har bir din izdoshi oʻzining katta ahddagi burchi sifatida, oʻz eʼtiqodida vaʼda qilingan elchiman deya daʼvo etuvchi shaxsning tegishli bashoratlarni ruhiy jihatdan amalga oshirgan oshirmaganligini ochiq fikrlilik bilan tadqiq etish majburiyatiga ega. [1]

Olloh Mazharlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bahoiylar Ollohni yagona, abadiy Zot, har narsaning eng qudratli va eng bilguvchi yaratuvchisi deb biladilar. [3] Oʻz yaratmishidan cheksiz yuksak boʻlsada, Ollohning unga boʻlgan mushfiq irodasi aql-idrokka ega mavjudotlarga, bahoiylar tomonidan "Olloh Mazharlari" deb ataladigan qator izchillikdagi paygʻambarlar yoxud ilohiy elchilar orqali sadoqatli ravishda uzluksiz etkazib turiladi. [1] [4] Ular ushbu olam uchun Olloh irodasini izhor etib, ijtimoiy va ruhiy prinsip va qonunlarni nozil etadilarki, bu prinsip va qonunlar har bir mazhar namoyon boʻlgan zamon va makonning talab ehtiyojlariga qarab, hamda qobiliyatlariga mos ravishda inson bolalarini tarbiyalaydi. Olloh va insoniyat orasidagi vositachilar sifatida, ushbu ilohiy murabbiylarning odamzodga beradigan taʼlimoti vaqt oʻtishi bilan, bugun bizga yirik dunyoviy dinlar sifatida maʼlum boʻlgan dinlarning asosiga aylanadi.[5]

Bahoulloh aytadiki, Olloh Mazharlarining tabiati ikkilamchidir, ham ilohiy va ham insoniy. Garchi Olloh ularda mujassam boʻlmasada, ularni oddiy inson deb ham aytib boʻlmaydi.[6] Bahoulloh barcha Olloh mazharlarini oʻzlariga berilgan taʼlimot orqali Yaratuvchining irodasini olamga etkazish uchun, uning ilmi va alomatlarini komilan namoyon qiladigan, Olloh tomonidan yaratilgan toza komil koʻzgularga qiyoslaydi:

"… [Olloh] har bir zamon va zuhur davrida er va osmon saltanatida, pokiza va bezavol Ruhning zohir boʻlishini buyurdi. Ushbu nafis, sirli va boqiy Mavjudotga U, ikkilamchi tabiatni ato etdi: moddiy olamdan boʻlmish jismoniy tabiatni, hamda Ollohning Oʻz mohiyatidan tugʻilmish ruhiy tabiatni. Qolaversa, U, Uni qoʻshaloq maqom ila siyladi. Birinchi maqom, Uning Oʻzining botiniy voqeʼligiga oid boʻlib, Uning Ovozini Ollohning Oʻz ovozini namoyon etguvchi Zot sifatida taqdim etdi… Ikkinchi maqom esa, insoniy maqom… Ushbu Inqitoʼ Javharlari, ushbu yorqin Mohiyatlar har narsani qamraguvchi ilohiy fazl-karomatning oʻzanidirlar." [7]

Progressiv zuhur-vahiy[tahrir | manbasini tahrirlash]

Progressiv zuhur Bahoiy Eʼtiqodining negizida yotadigan taʼlimotlardan boʻlib, unga binoan, diniy haqiqat Olloh tomonidan buyuk ahddagi vaʼdani amalga oshirish uchun qator ilohiy mazharlarni yuborish orqali tarix davomida bosqichma-bosqich ochib beriladi. [8] Bu tuganmas jarayonni Bahoiy Eʼtiqodining juft mazharlaridan biri boʻlgan Bob shunday tasvirlagan:

"Olamlar Robbi barcha insonlar bilan keyingi Zuhurni va keyingi Kitobni qabul qilishga chorlaguvchi Oʻz ahdini joriy etmas ekan, hech qachon biron paygʻambar joʻnatmagay va biron Kitob nozil qilmagay; chunonchi, Uning fazli oqimi cheksiz va toʻxtovsizdir". [9]

Har bir Ollon Mazhari, oʻzi zohir boʻlgan zamon va makon odamlariga moslashtirilgan meʼyorda zuhur olib keladi. [1] [10] Zuhurlar oʻrtasidagi farqlar maʼlum bir Mazharning ilmiga bogʻliq boʻlmay, aksincha, oʻrgatish kerak boʻlganlarning „ruhiy salohiyati“, „sharoitlari“ va „zamonaning turli talablari“ni aks ettiruvchi xilma-xil ijtimoiy ehtiyoj va omillarga bogʻliq. [11] Ushbu ilohiy hidoyat maktabi vositasida odamlar asta-sekin oilalar, qabilalar, shahar-davlatlar va yaqin paytlarda erishilgan xalqlarni oʻz ichiga olgan tobora kengayib borayotgan birlik doiralari darajasigacha taraqqiy etdilar. [1] [12] Ushbu kontseptsiyaga asoslanib, Bahoiylar dunyodagi barcha asosiy dinlarning ilohiy kelib chiqishini qabul qiladilar va ularni Xudo tomonidan belgilab qoʻyilgan bir buyuk taʼlim jarayonining turli bosqichlari sifatida qaraydilar. Bahoiylar, shuningdek, Bahoullohning Xudo tomonidan yuborilgan eng soʻnggi mazhar ekanligiga va uning taʼlimotlarini qoʻllash orqali inson zoti nihoyat oʻzining kollektiv yetukligiga erishadi deb ishonadilar. [1] [13]

Bashorat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ollohning barcha odamlar bilan boʻlgan buyuk ahdining tabiati va vaʼdasi diniy adabiyotning asosiy tarkibiy qismini tashkil etib, ham bashoratlarda ifodalangan va ham ilohiy murabbiylarning oʻzlari tomonidan eslatib oʻtilgan.

Bahoiylar Bobni Muhammad tomonidan bashorat qilingan Mahdiyning qaytishi haqidagi islomiy bashoratlarning amalga oshishi deb qabul qiladilar; va asosiy jahon dinlari va guruhlarining messianik, hamda ular bilan bogʻliq esxatologik bashoratlarining ramziy amalga oshishini Bahoullohda koʻradilar. [14] Bularga, Yahudiylikdagi, Isaiyo 9:6 ning Yulet oyidagi bashoratidan „Abadiy Ota“ ning mujassamlanishi, „Farishtalar Rabbi“; nasroniylik uchun „Haqiqat Ruhi“ yoki Iso Yuhanno 14-17-dagi vidolashuv nutqida bashorat qilgan „Yupatuvchi“ va „Otaning ulugʻvorligida“ Masihning qaytishi ; zardushtiylik uchun Shoh Bahrom Varjavandning qaytishi; Shia Islom uchun Uchinchi Imom Imom Husaynning qaytishi; sunniy islom uchun, Iso, Isoning qaytishi; Olloh zohir etguvchi Zot, Bobiylik uchun . [14] Bahoiylar, shuningdek, Bahoʻullohning kelishini „Hindular uchun Krishnaning reenkarnatsiyasi“, buddistlar uchun esa, „ beshinchi Budda“ ning kelishini amalga oshishi deb taʼriflaydilar.[15]

Majburiyatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bahoullohning taʼkidlashicha, Olloh muntazam ravishda elchilarni yuborishi haqida vaʼda berar ekan, unga javoban insonlar ikki tomonlama majburiyatga ega. [2] Birinchisi, yangi mazhar kelganida uni tan olish va qabul qilish boʻlsa, ikkinchisi – u olib keladigan yangi taʼlimotlarga boʻysunish, hamda ularni amalda qoʻllashdir; Bahoulloh shunday tushuntiradiki, bu qoʻsha vazifa bir-biridan ajralmasdir. [2] Qonunlar kitobida u shunday deydi:

Ollohning bandalari uchun belgilab bergan birinchi burchi, Uning Zuhurining Kunduzgi Chashmasi va Uning Qonunlarining Bulogʻi boʻlmish Zotni tan olishdir, qaysikim Ul, Ollohning har ikki sultonligida – ham Uning Amri sohasida va ham mavjudlik olamida Xudoning vakilidir. Har kimki bu burchni ado aylasa, barcha ezguliklarga erishganlardan boʻlgay… Ushbu eng oliy maqomga, ushbu benihoya shon-shuhrat choʻqqisiga erishmoq istagan har bir kishi, olamlar Maqsudi boʻlmish Zotning har bir farmoniga rioya qilishi kerak. Bu qoʻsha vazifalar ajralmasdir. Hech biri ikkinchisisiz qabul qilinmaydi. [16]

Olloh Oʻz buyuk ahdini progressiv zuhur-vahiy jarayoni orqali bajarar ekan, Oʻzining Ishonch kitobida Bahoullohning bayon etishicha, Rabbiy, shuningdek, oʻz bandalari qalbining pokligini, hamda har gal yangi mazharning paydo boʻlganida, oldingi mazharning sodiq izdoshiman deya daʼvo qilguvchilarning samimiyatini sinaydi. Bunday sinov turli yoʻllar bilan amalga oshiriladiki, yaʼni odamlar Ollohning yangi mazhar vositasida gapirayotganini tan olish uchun yetarli darajada ruhan hamohanglashganmi yoki ular din peshvolari tomonidan ılgarı surilgan urf-odatlarga va ruhiy reallikning notoʻgʻri talqiniga koʻr-koʻrona yopishib, uni rad etadilarmi, buni yaqqol koʻrsatadi. [17]

Bahoulloh barcha mazharlar yagona Olloh nomidan soʻzlashiga asoslanib, Ollohning har qanday mazharini inkor etish ularning hammasini inkor qilish bilan barobar ekanligini taʼkidlaydi: „Iymoning komil boʻlsinkim, darhaqiqat, ushbu Jamoldan yuz oʻgirgan kimsa, azal-azaldan avvalgi Rasullardanm ham yuz oʻgirgan va Ollohgatakabburlik qilganlardan boʻladi“. [18]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 Smith 2000.
  2. 2,0 2,1 2,2 Hatcher & Martin 1998.
  3. "The Baháʼí Faith". Britannica Book of the Year. Chicago, IL, USA: Encyclopædia Britannica. 1988. ISBN 0-85229-486-7. https://archive.org/details/1988britannicabo0000daum. 
  4. Hutter, Manfred (2005). "Bahā'īs". in Lindsay Jones. Encyclopedia of Religion. 2 (2nd nashri). Detroit, MI, USA: Macmillan Reference USA. 737–740 b. ISBN 0-02-865733-0. https://archive.org/details/encyclopediaofre0000unse_v8f2. 
  5. Cole, Juan (1982). "The Concept of Manifestation in the Baháʼí Writings". Baháʼí Studies monograph 9: 1–38. http://bahai-library.com/cole_concept_manifestation. 
  6. Taherzadeh, A.. The Revelation of Bahá'u'lláh, vol. 1: Baghdad 1853-63. / §'The nature of God and His Manifestations' (pp. 175-180). Oxford, UK: George Ronald, 1988, 1976. ISBN 0-85398-057-8. 
  7. Fazel, Seena; Fananapazir, Khazeh (1990-06-01). "A Bahá'í Approach to the Claim of Exclusivity and Uniqueness in Christianity" (en). The Journal of Bahá'í Studies 3 (2): 15–24. doi:10.31581/jbs-3.2.2(1990). ISSN 2563-755X. https://journal.bahaistudies.ca/online/article/view/49. 
  8. Smith, Peter. A concise encyclopedia of the Bahá'í Faith, Reprint, Oxford: Oneworld, 2008 — 276–7 bet. ISBN 978-1-85168-184-6. 
  9. Heller, Wendy M. „The Covenant and Covenant-Breaking“,. The World of the Bahá'í Faith, 1 (en), London: Routledge, 2021-11-26 — 409–425 bet. DOI:10.4324/9780429027772-40. ISBN 978-0-429-02777-2. 2023-yil 12-iyulda qaraldi. 
  10. Shoghi Effendi. Baháʼí Administration (p. 185). Wilmette, IL: USA: Baháʼí Publishing Trust, 1974, 1998. ISBN 0-87743-166-3. 
  11. Lundberg, Zaid. Bahá'í Apocalypticism: The Concept of Progressive Revelation. Department of History of Religion at the Faculty of Theology, Lund University, May 1996. 2006-yil 25-noyabrda qaraldi. 
  12. Bahá'í International Community. „Turning Point For All Nations: A Statement on the Occasion of the 50th Anniversary of the United Nations, §V“ (en). www.bic.org. Bahá'í International Community (1 October 1995) (2012-yil 8-mart).
  13. Bahá'í International Community. „The Prosperity of Humankind, §VII“ (en). www.bic.org. Bahá'í International Community (3 March 1995) (2012-yil 9-mart).
  14. 14,0 14,1 Buck, Christopher „The eschatology of Globalization: The multiple-messiahship of Bahā'u'llāh revisited“,. Studies in Modern Religions, Religious Movements and the Bábí-Bahá'í Faiths Sharon, Moshe: . Boston: Brill, 2004 — 143–178 bet. ISBN 90-04-13904-4. 
  15. Shoghi Effendi. „God Passes By (p. 94)“. Bahá’í Reference Library. www.bahai.org. Bahá'í World Centre.
  16. Danesh, Roshan (2021-11-26), „Law“, The World of the Bahá'í Faith (inglizcha) (1-nashr), London: Routledge, 360–370-bet, doi:10.4324/9780429027772-35, ISBN 978-0-429-02777-2, S2CID 244704150, qaraldi: 2023-07-12
  17. Smith, Peter. An Introduction to the Baha'i Faith (English). Cambridge: Cambridge University Press, 2008-04-07 — 22 bet. ISBN 978-0-521-68107-0. 
  18. Schaefer, Udo. Bahá'í Ethics in Light of Scripture: Doctrinal fundamentals (en). Udo Schaefer, 2007 — 34 bet. ISBN 978-0-85398-505-1.