Ashxobod uyezdi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ashxobod uyezdi
ruscha: Асхабадский уезд
Uyezd
Tegishli Kaspiyorti viloyati
Maʼmuriy markazi Ashxobod
Asos solingan sanasi 1882-yil
Bekor qilingan sanasi 1925-yil yanvar
Aholi (1897-yil) 92 200 kishi
Maydoni 98,8 ming km² (1897) km²
Xaritada

Ashxobod uyezdi (1882—1890-yillarda Axaltaka uyezdi, 1919—1925-yillarda Poltoratsk uyezdi) – 1882—1925-yillarda mavjud boʻlgan Kaspiyorti viloyati, Turkman viloyati va Turkmaniston SSR tarkibidagi maʼmuriy-hududiy birligi. Uyezd markazi – Ashxobod shahri.

Tarixi va maʼmuriy-hududiy boʻlinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kaspiyorti (1921-yildan Turkman) viloyati tarkibidagi Ashxobod okrugi 1882-yilda dastlab Axaltaka okrugi nomi bilan tashkil qilinadi. 1890-yilda uyezd Ashxobod uyezdi shaklida qayta tashkil etiladi va 2 ta pristavlikka boʻlingan: Atek (markazi – Kaahk stansiyasi) va Durun (markazi – Bahordin q.). 1891-yilda Atek pristavligi Tajan uyezdiga oʻtkaziladi. 1917-yilda Durun pristavligi uchastka komissarligi deb atala boshlaydi. 1918-yilda Krasnovodsk uyezdidan Qoraqal’a uchastka komissarligi Ashxobodga oʻtkaziladi. 1919-yil iyunda uyezd nomi Poltoratsk deb qayta nomlanadi.

1919-yilda uchastka komissarligi tugatiladi. Ashxobod uyezdida 5 ta tuman tashkil etiladi:

  • Bahordin (markazi – Bahordin stansiyasi);
  • Sharqiy (markazi – Poltoratsk sh.);
  • Koʻktepa (markazi – Koʻktepa stansiyasi);
  • Qizilarvot (markazi – Qizilarvot);
  • Feruza (markazi – Feruza).

1920-yil aprelda tumanlar boʻlislar shaklida qayta tashkil etiladi. 1920-yil noyabrda Feruza boʻlisi, 1921-yil yanvarda Qoraqal’a boʻlisi, 1922-yil sentyabrda Qizilarvat boʻlisi tugatiladi.

1924-yil oktyabrda Poltoratsk uyezdi Turkmaniston SSR tarkibiga, oʻsha yilning dekabr oyida Poltoratsk okrugining qismiga aylanadi. 1925-yil yanvarida uyezd tugatiladi, uning hududida tumanlar tashkil etiladi[1].

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1897-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, uyezdda 92,2 ming kishi yashagan. Shu jumladan turkmanlar – 73,1%; ruslar – 12,8%; forslar – 3,5%, ukrainlar – 2,5%; armanlar – 2,5%, polyaklar – 1,9%, tatarlar – 1,3%. Ashxobod shahrida 19 426 kishi, Qizilarvotda 4098 kishi yashagan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]