Ash’as Abu Bakr Samarqandiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ash’as Abu Bakr Samarqandiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi Qiroat ilmi olimi, muhaddis

Ash’as Abu Bakr Samarqandiy (arabcha: اشاس ابو بكر سمرقندي — Ash’as Abu Bakr Samarqandiy — Toʻliq ismi: Ahmad ibn Umar ibn Ash’as Abu Bakr Samarqandiy (vafoti 1096-yil)) — Qiroat ilmi olimi va muhaddis.

Hayoti va ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ash’as Abu Bakr Samarqandiyning tavallud topgan yili nomaʼlum boʻlib, 489/1069-yili vafot etgan. Bir muncha muddat Damashqda istiqomat qilgan. U yerda Qur’on qiroati ilmini taʼlim olgan va u haqida „As-sa hoif“ („ Qur’on sa hifalari“) asarini yozgan. Damashqda Abu Ali ibn Abu Nasr va Abu Usmon Ismoil ibn Abdurrahmon Sobuniydan hadis rivoyat qilib taʼlim olgan. Ibn Abu Usaybia „Uyunu-l-anbo fi taba qoti-l-atibbo“ nomli asarida keltirilgan Abulqosim Ismoil ibn Ahmad ibn Samarqandiy muhaddislardan boʻlganini eslatib, Bag‘dodda Muhizzi-buddin ibn Hibil degan kishi undan dars olganini aytadi. Lekin Ibn Abu Usaybianing 515/1121-yilda tugʻilganidan kelib chiqib, boshqa alloma haqida keltirgan boʻlishini tushunishimiz mumkin. Shuningdek, Hoji Xaliyfa „Kashfu-z-zunun“ asarida Abulqosim Ismoil ibn Ahmad Samarqandiy Rasululloh (s.a.v.)ning amakilari „Abbos ibn Abdulmuttalibning fazilatlari“ haqida yozgan asari mavjudligini aytadi. Hoji Xaliyfa allomaning tarjimayi holi haqida maʼlumot keltirmagan.[1]

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

“As-sahoif”.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 550.