Asfiksiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Asfiksiya (yun. α- "-siz" va σφύξις sphyxis, "yurak urishi"; yaʼni "yurak urishisiz"), boʻgʻilib qolish — organizmda kislorod yetishmay karbonat angidrid koʻo‘payib ketishi natijasida paydo boʻo‘ladigan kasallik holati. Asfiksiyaga nafas yoʻllarining ichki yoki tashqi tomondan toʻsilib qolishi (masalan, boʻgʻma kasalligida kekirdak va bronxlarga shilimshiq tiqilib qolganda, nafas yoʻllarida yot jismlar, qusuq massasi turib qolganida tomoq boʻgʻilganida), nafas muskullarining falajlanishi yoki uzoq vaqt tortishib qolishi sabab boʻladi. Asfiksiyada nafas yoʻllari oʻtkazuvchanligining buzilishi natijasida zararlangan kishining yuzi koʻkarib, baʼzan toʻq zangori yoki qoramtir tusga kiradi. Avvaliga es-hushi joyida boʻlib, nafas yoʻllari oʻtkazuvchanligini tiklashga urinadi: qattiq yoʻtaladi, ogʻir ahvoldan qutulishga harakat qiladi, bora-bora hushini yoʻqotadi va h.k. Asfiksiyaning dastlabki alomatlari paydo boʻlganda darhol tez tibbiy yordam chaqirish kerak.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil