Kekirdak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kekirdak, (trachea) — odam va umurtqali hayvonlar nafas yoʻllarining hiqildoqaan keyingi qismi. Odamda uning uz. 9—12 sm, diametri 1,5—2 sm. K.ning shilliq qavatida bezchalar koʻp. Boʻyin sohasida K. koʻkrak boʻshligʻiga oʻtadi va 4-5 koʻkrak umurtqalari roʻparasida oʻng hamda chap bronxlarga boʻlinadi. Boʻlingan joy K. ayrisi deb ataladi. K.ning yuqori qismi bir oz harakatchan, pastki ayri qismi deyarli harakatlanmaydi. K. 16—20 ta togʻay yarim halqa shaklida tuzilgan. Orqa tomonda bu halqalarning ochiq (tutashmagan) joyida K. devori parda bilan qoplangan boʻlib, unda koʻndalang yoʻnalgan silliq muskul tolalari bor. K. togʻaylari bir-biri bilan fibroz boylam yordamida tutashgan. K. ichki tomondan shilliq parda bilan, parda esa tukli epiteliy bilan qoplangan. Shu parda tagida shilimshiq ishlab chiqaradigan bezlar koʻp. Epiteliy va shilimshiq nafas olishda K.dan oʻtadigan havoni ilitib, namlab turadi va havo tarkibidagi chang zarralarini ushlab qoladi. Hiqildoq va K. kasalligi sababli oʻpkaga havo oʻtmay kolganda K.ni ochib naycha qoʻyiladi (traxeotomiya). K.ning yalligʻlanishi traxeit deb ataladi.[1] Gistologik nuqtai nazardan u uch xil to'qima qatlamidan iborat bo'lib, ular shilliq qavat, submukoza va adventitiya deb nomlanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. Zufarov K.A. Gistologiya: darslik - Toshkent, 2005 й.

2. Гистология: Учебник /Под ред. Афанасьева Ю.И., Юриной Н.А. -Москва.: Медицина, 2012 й.

3. Tursunov E.A. Gistologiya: oquv qollanma, I qism - Toshkent, 2010 й.

4. Tursunov E.A. Gistologiya: oquv qollanma, II qism - Toshkent, 2011 й.

5. Огиз бушлиги гистологияси ва эмбриологияси буйича атлас (укув қўлланма) А.Ю.Юлдашев, С.Муртазаев,М.Х.Рахматова,Л.С.Князева, Тошкент, 2018 й.

6. Жункейра Л.К., Карнейро Ж. Гистология: учебное пособие, атлас. -перевод с англ. под ред. Быкова В.Л.- М. ГЕОТАР-Медиа, 2009 г. 7. Улумбеков Э.А. и Челышев Ю.А. Гистология, эмбриология, цитология: учебник/ Под ред. 3-изд., перераб. и доп.- М.: «ГЭОТАР- Медиа», 2009 г.

8. Кузнецов С.Л., Мушкамбаров Н.Н. - Гистология, цитология и эмбриология - М.:ООО «Медицинское информационное агентство», 2007 г.

9. Кузнецов С.Л., Мушкамбаров Н.Н., Горячкина В.Л. - Атлас по гистологии, цитологии и эмбриологии.- М.: МИА, 2010 г. 10. Юшканцева С.И., Быков В.Л. - Гистология, цитология и эмбриология. Краткий атлас Санкт-Петербург, 2007 г..

11. Ross М.Н., Palwina W. Histology: Text and Atlas. 7-th ed-2016 у.

12. Jungueira L.C., Carneiro J. Basic Histology: Text and Atlas, 13-th ed.-2013 y.

13. Gartner L.P, Hiatt J.M. Color Textbook of Histology, 3th ed., The Mе Graw-Hill Companies, 2006, 592 p., 446 III.

14. Young B., Lowe J.S., Stevens A.,, Heath J.W. Wheater's Functional Histology: A Text and Colour Atlas, 5th ed., 2006


  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil