Arap masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Arap masjidi
turkcha: Arap Camii
Oʻng tarafda joylashgan shodirvon bilan masjidning umumiy koʻrinishi
Mamlakat  Turkiya
Istanbul Beyoʻgʻlu tumani
Manzil Qorakoʻy mahallasi, Galata
Koordinatalar 41°01′27.552″N 28°58′15.744″E / 41.02432000°N 28.97104000°E / 41.02432000; 28.97104000 G OKoordinatalari: 41°01′27.552″N 28°58′15.744″E / 41.02432000°N 28.97104000°E / 41.02432000; 28.97104000 G O
Yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub gotika
Binokorlik 13231325
Minoralar soni 1
Holati amaldagi

Arap masjidi (turkcha: Arap Camii) – Turkiyaning Istanbul shahri, Qorakoʻy mahallasida joylashgan masjid. Bino dastlab 1325-yilda Dominikan rohiblari tomonidan Avliyo Paulga bagʻishlab Rim-katolik cherkovi sifatida 1233-yilda qurilgan oldingi ibodatxona yaqinida yoki tepa qismida qurilgan (italyancha: San Paolo)[1]. Usmonlilar imperiyasi davrida masjidning tuzilishiga birmuncha oʻzgartirishlar kiritilgan boʻlsa-da, ushbu masjid Istanbulda saqlanib qolgan, oʻrta asrlarda gotika uslubida yaratilgan yagona inshoot hisoblanadi.

Cherkov 1475—1478-yillarda Usmonlilar imperiyasi tomonidan Sulton Mehmed II Fotih davrida masjidga aylantirilgan va Galata masjidi nomi bilan mashhur boʻlgan. Keyinchalik, bino Sulton Boyazid II tomonidan 1492-yilda ispan inkvizitsiyasidan qochib, Istanbulning Galata mahallasiga (shuning uchun uning hozirgi nomi Arab masjidi) joylashib olgan al-Andaluslik musulmon qochqinlarga berilgan.

Manzili[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arap masjidi Istanbulning Beyogʻlu tumani, Qorakoʻy (oʻrta asr Galatasi) mahallasi, Oltin Shoxning shimoliy qirgʻoqlaridan unchalik uzoq boʻlmagan Galata Mahkemesi Sokak hududida joylashgan. Masjidning atrofi hunarmandchilik doʻkonlari bilan oʻralgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vizantiya davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

VI asrda masjid oʻrnida Avliyo Irenga bagʻishlab qurilgan boʻlishi mumkin boʻlgan Vizantiya cherkovi mavjud boʻlgan[2]. Hozirgi kunda yodgorlik devorining faqatgina bir qismigina saqlanib qolgan[2].

717—718-yillarda Umaviylar shahzodasi va general Maslama ibn Abdulmalik tomonidan Konstantinopolning ikkinchi bor arablar tomonidan qamal qilinishi vaqtida ushbu hududda masjid qurilgan boʻlishi mumkinligi haqida bir qancha afsonalar mavjud[3][4]. Usmonli yilnomachilari bu joyni Maslama ibn Abdulmalikning dafn etilgan joyi, qabri, shuningdek, masjid deb taʼriflaganlar[5], lekin ular ikkinchi arab qamalini bir avlod oldingi arablarning birinchi qamali bilan aralashtirib yuborishgan va masjid qurilishini taxminan 686-yilda qurilgan deb notoʻgʻri talqin qilishgan[3][6][7][8].

1233-yilda toʻrtinchi salib yurishidan keyin barpo etilgan Konstantinopol Lotin imperiyasi (1204—1261) davrida ushbu cherkov Avliyo Paulga (San-Paolo) bagʻishlangan kichik ibodatxonaga aylantirilgan[9].

1299-yilda dominikanlik rohib Guillaume Bernard de Sévérac cherkov yaqinidan uy sotib olgan va u yerda 12 ta rohib bilan birgalikda monastir tashkil qilgan[10]. 1307-yilda Vizantiya imperatori Andronikos II Palaiologos Konstantinopolda istiqomat qiluvchi dominikanliklarini Genuya Respublikasining chekka qismi – Peraga koʻchirgan[11].

1325-yilda San-Paolo ibodatxonasining yaqinida yoki tepa qismida yangi, ancha kattaroq cherkov qurilgan[12]. Shundan soʻng cherkov rasman San-Domenikoga bagʻishlangan[13], biroq shunday boʻlsa-da, mahalliy aholi oʻzining qadimiy mazhabidan foydalanishda davom etgan[14]. 1407-yilda Papa Gregory XII cherkovni saqlab qolishni taʼminlash maqsadida San-Paolo monastiriga tashrif buyuruvchilarga erkinlik beruvchi bir qancha qoidalarni qabul qilgan[15].

Usmonli imperiyasi davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Konstantinopol fathidan soʻng, Usmonli imperiyasi Genuya Respublikasiga taslim boʻlgan, buning natijasida oʻsha paytda turklar tomonidan „Mesa Domeniko“ nomi bilan tanilgan cherkov Respublika qoʻliga oʻtgan[16], lekin 1475 va 1478-yillar orasida Usmonlilar imperiyasi sultoni Mehmed II Fotih tomonidan ushbu cherkovga kichik oʻzgartirishlar kiritilgan. Bir qancha qurilish ishlaridan soʻng bino masjidga aylantirilgan va Galata Camii (Galata masjidi) yoki Cami-i Kebir (Ulugʻ masjid) nomlari bilan mashhur boʻlgan. Cherkov masjidga aylantirilganidan keyin 1476-yilda rohiblar Galatadagi San-Pietro erkaklar monastriga, mehrobdagi barcha liboslar Genuyaga, arxivlar esa Feodosiyaga koʻchirilgan[17].

XV asrning oxirlarida Sulton Boyazid II masjidni ispan inkvizitsiyasidan qochib, Istanbulga koʻchib kelgan ispaniyalik musulmonlarga (moriskolar) topshiradi. Shu sababli ham masjidning hozirgi nomi Arap Camii (Arab masjidi) deb ataladi[18][19]. Sulton Mahmud III ham oʻz hukmronlik davrida binoni taʼmirlagan[20].

1731-yilgi Buyuk Galata olovidan soʻng, 1734—1735-yillarda Mahmud I ning onasi Soliha Sulton[21] binoni taʼmirlab, gotika uslubida qurilgan deraza va portalni Usmonli uslubiga oʻzgartirgan[22]. 1808-yildagi navbatdagi yongʻindan soʻng, XIX asr oʻrtalarida Mahmud II ning qizi Adile Sulton masjidni yana taʼmirlagan va 1868-yilda hovlida shodirvon (namoz oʻqishdan oldin tahorat olish uchun buloq) qurdirgan[23].

1913—1919-yillarda Giridli Hasanbey binoni qayta tiklagan[24]. Masjidning yogʻoch pollarini almashtirish vaqtida u yerdan XIV asrning birinchi yarmidan XV asrning oʻrtalariga qadar boʻlgan bir nechta Genuya qabr toshlari topilgan va ular Istanbul arxeologiya muzeyiga keltirilgan[24][25].

2010-yillar boshida masjidda keng qamrovli taʼmirlash ishlari olib borilib, 2013-yilda masjid toʻliq qurib bitkazilgan. Masjidga 715-yilda asos solinganligi toʻgʻrisidagi notoʻgʻri yozuvlar ham restavratsiya doirasida binoning old qismiga yozib qoʻyilgan.

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arap masjidi oʻsha davrdagi italyan cherkovlari namunalari asosida bunyod etilgan[26]. Masjidning sharqiy qismi toʻrtburchak shaklda boʻlib, qoʻrgʻonlar bilan oʻralgan toʻrtburchak ziyoratgohga ega boʻlgan[27].

Gotika uslubida yaratilgan portal, lansetli derazalar va koʻzga koʻrinib turadigan qoʻngʻiroqli minora (konussimon tom qoʻshilishi bilan minoraga aylantirilgan) binoni shahardagi Vizantiya cherkovlaridan ajratib turadi[28].

Cherkovning uzun markaziy qismi yon tarafida bir qator ibodatxonalar yonma-yon joylashgan boʻlib, ularning har biri zodagon genuya oilasiga tegishli boʻlgan. Ulardan biri Bibi Maryamga, ikkinchisi esa Aziz Nikolayga bagʻishlangan[29]. Umuman olganda, bino Italiyadagi Chieri va Finale Ligure cherkovlariga oʻxshab qurilgan[30].

Masjidning yassi yogʻoch tom qismi va juda chiroyli uslubda ishlangan yogʻoch galereyalar 1913—1919-yillarda qayta tiklangan. Shu sababli bino balandligi qisqargan va u yerdan koʻplab genuya qabr toshlari topilgan[31]. Aynan shu restavratsiya ishlari paytida mehrob yonidan bir qancha rasm qoldiqlari ham topilgan, ammo ular yana qayta koʻmib tashlangan[32].

Binoning shimoliy qismida shodirvonli katta va chiroyli hovli mavjud.

Bugungi kunda Arap masjidi Galatadagi eng katta masjid hisoblanadi. Shuningdek, bino gotika uslubida bunyod etilganligi hamda cherkov qoʻngʻirogʻiga ega ekanligi bilan ham shaharning eng qiziqarli masjidlardan biri hisoblanadi.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Müller-Wiener (1977), p. 79
  2. 2,0 2,1 Müller-Wiener (1977), p. 79
  3. 3,0 3,1 Müller-Wiener (1977), p. 79
  4. Eyice (1955), p. 102
  5. Graves of Sahaba – Istanbul
  6. Canard (1926), p. 99
  7. Hasluck (1929), pp 718–720
  8. Mordtmann (1986), p. 533
  9. This date comes from a tombstone found in San Domenico (the only one anterior to 1325), and almost certainly brought here from the Chapel of San Paolo. Janin (1953), p. 599
  10. This was the lowest number of friars necessary to establish a regular monastery of the Order. Janin (1953), p. 599
  11. Müller-Wiener (1977), p. 79
  12. This date comes from several contemporary documents and from dates inscribed on tombstones. Müller-Wiener (1977), p. 79
  13. Eyice (1955), p. 102
  14. Janin (1953), p. 599
  15. Janin (1953), p. 600
  16. The Sultan required only the delivery of the bells. Mamboury (1953), p. 319
  17. Janin (1953), p. 600
  18. Müller-Wiener (1977), p. 79
  19. Janin (1953), p. 599
  20. Müller-Wiener (1977), p. 80
  21. She also built the nearby Azapkapısı Fountain. Gülersoy (1976), p. 267
  22. Müller-Wiener (1977), p. 80
  23. Eyice (1955), p. 102
  24. 24,0 24,1 Müller-Wiener (1977), p. 80
  25. Mamboury (1953), p. 320
  26. Müller-Wiener (1977), p. 79
  27. Eyice (1955), p. 102
  28. Müller-Wiener (1977), p. 79
  29. Müller-Wiener (1977), p. 80
  30. Mamboury (1953), p. 319
  31. Müller-Wiener (1977), p. 80
  32. Eyice (1955), p. 102

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]