Antonio Adán

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Antonio Adan
Antonio Adán at Club América & Real Madrid friendly match 2010-08-04 3.JPG
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Antonio Adán Garrido
Tavallud sanasi 13-may, 1987 (1987-05-13)
(26 yoshda)
Tavvalud joyi    Madrid, Ispaniya bayrogʻi Ispaniya
Boʻyi 190 sm
Ampluasi hujumchi
Klub ma'lumoti
Joriy klub Flag of Spain.svg Real Madrid
Raqami 13
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1997–2004 Real Madrid
Professional klublar1
Yillar Klub Isht. (Gollar)*
2004–2006
2006 - 2010
2010 - hz.
Real Madrid C
Real Madrid C
Real Madrid
51 (0)
84 (-111)
10 (-6)   
Milliy terma jamoa
2002
2002-2005
2006
2007
2007
Ispaniya U-16
Ispaniya U-17
Ispaniya U-19
Ispaniya U-20
Ispaniya U-21
5 (0)
19 (0)
8 (0)
6 (0)
2 (0)

1 Professional klublardagi gollari
(ichki chempionat) uchun.
* Ishtiroklari (Gollari)


Antonio Adan Garrido (isp. Antonio Adán Garrido; 13 may 1987, Madrid) ispaniyalik futbolchi, Real Madrid darvozaboni.

Klubdagi faoliyati[tahrir]

„Real“ning tarbiyalanuvchisi boʻlmish [1] Adan klubning uchinchi jamoasiga 2005-yili qoʻshildi. 2006-yilda asosiy jamoa bilan AQShga mavsumoldi safarga bordi.

2009-yilda Xorxe Kodina „Xetafe“ jamoasiga oʻtib ketgani bois birinchi jamoaga chaqirildi.

Antonio asosiy jamoadagi oʻz debyutida 2010-yil 8-dekabrda „Oser“ jamoasiga qarshi jarohat olgan Jerzy Dudek oʻrniga maydonga tushdi. Ispaniya chempionatidagi debyutini 2011-yil 13-fevraldagi „Espanyol“ga qarshi kechgan oʻyinda oʻyindan chetlatilgan Iker Casillas oʻrniga maydonga tushgan holda oʻtkazdi. Ushbu oʻyinda u gol oʻtkazmadi va bosh murabbiy Jose Mourinhoning maqtoviga sazovor boʻldi[2]. Keyingi turda esa asosiy tarkibda „Levante“ga qarshi maydonga tushib, 90 daqiqa oʻynadi.

2012-yil 5-mayda Ispaniya chempionatining 37-turida „Granada“ga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushib, oʻyinni toʻliq oʻtkazdi. Adan bittagina gol oʻtkazib yubordi. Oʻsha uchrashuvda „Real“ 0:1 hisobida yutkazayotgan holda hisobni tenglashtirib, biroz oʻtib yana bitta gol urgan holda gʻalabaga erishdi (2:1).

Xalqaro faoliyati[tahrir]

Adan 2006-yili oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati gʻolibi hisoblanadi.

Shaxsiy hayoti[tahrir]

Antonioning kumiri Pako Buyo hisoblanadi. U har doim maydonga chap oyogʻi bilan chiqib keladi[3].

Izohlar[tahrir]

  1. Otra perla con guantes ; El País, 23 августа 2010
  2. Жозе Моуринью: «Вся Испания думала, что нам не удастся победить» sports.ru
  3. Antonio Adan Garrido realmadrid.com

Havolalar[tahrir]