Anorboy Eshmatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anorboy Eshmatov
Tavalludi 17-yanvar 1958-yil (1958-01-17) (66 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti
Dini Islom
Mukofotlari

Oʻzbekiston qahramoni

Anorboy Abbasovich Eshmatov (1958-yil 17-yanvar, Bulungʻur tumani, Samarqand viloyati[1]) – Oʻzbekiston qahramoni, Shuhrat medali, El-yurt hurmati ordeni sohibi[1][2][3].

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eshmatov Anorboy Abbasovich 1958-yil 17-yanvarda Samarqand viloyatining Bulungʻur tumanida tugʻilgan. 1985-yilda Toshkent qishloq xoʻjaligi institutini (hozirgi Toshkent agrar universiteti) tamomlagan. 1980-yilda Paxtakor tumanidagi shirkat xoʻjaligi hisobchisi, brigada boshligʻi, 1997-yilda esa „Anvar“ fermer xoʻjaligi boshligʻi boʻlgan. 2012—2017-yillarda Jizzax viloyati fermerlar kengashi raisi sifatida faoliyat olib borgan[4]. 2014—2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi boʻlgan. 2023-yilning 17-iyul kuni Paxtakor tumanidagi Anorboy Eshmatov fermer xoʻjaligida qishloq xoʻjaligida amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi va bugungi kundagi agrotexnik tadbirlar yuzasidan seminar boʻlib oʻtgan[5].

Turmushimizda tub oʻzgarishlarning qaysi birini aytib beray, qishloqlarni obodonlashtirish dasturlari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar koʻz oʻngingizda namoyon boʻlmoqda. Bunga birgina „Manas“ qishlogʻining obod qoʻrgʻonga aylangani misol boʻla oladi. Аyni paytda viloyatda 7 ming 200dan ziyod fermer xoʻjaligida 43 mingdan ortiq kishi mehnat qilmoqda. Gʻalla toʻliq fermer xujaliklari tomonidan yetishtirilayotir. Yaqin oʻtgan yillarda faqat paxta va gʻalla yetishtirib kelingan hududlarda bogʻdorchilik, sabzavotchilik, polizchilik hamda uzumchilik ham jadal rivojlantirilmoqda. Fermer va dehqonlar, tomorqa yer egalari kartoshka, sabzavot, turli bogʻdorchilik maxsulotlaridan moʻl-koʻl hosil yetishtirishmoqda.

— Anorboy Eshmatov, [1]

Millardlab daromad olgan odam pulni sandiqda saqlamaydi, balki yangi ish o'rinlari yaratadi.

— Anorboy Eshmatov, [6]

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor va boshqalar. Oʻzbekiston qahramonlari. Toshkent: Adabiyot, 2021 — 216 bet. 11-avgust 2023-yilda qaraldi.