Amfibolit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amfibolit — metamorflashgan o‘rtacha donador tog‘ jinsi. Aksari am-fibollar, plagioklazlar va qo‘shimcha minerallardan tarkib topgan. Rangi qora, to‘q yashil. A. metamorfizm nati-jasida o‘rta va asosli magmatik jinslar va qisman ba’zi bir cho‘kindi jinslar-dan paydo bo‘ladi. O‘zbekistonda Buxoro va Farg‘ona viloyatlaridagi tog‘larda, ayniqsa, Qoraqalpog‘istondagi Sulton Uvays tog‘larida ko‘p uchraydi. Qora rang-li turlaridan bezak buyumlar yasashda va binokorlikda qoplama bezak materiali sifatida foydalaniladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil