Amfibollar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amfibollar — tog‘ jinslari hosil qiladigan silikatlar sinfiga mansub minerallar guruhi. Magniy, temir, kalsiy, ba’zan alyuminiy va ishqorlarning kremniy-kislorodli bi-rikmasi. Umumiy formulasi. Monoklin va ahyon-ahyonda rombik singoniyali. A. ichki tuzilishi, fizik xususiyatlari va hosil bo‘lish sharoitlari bilan boshqa si-likatlardan farq qiladi. A. siyenitlar, dioritlar, gabbro-amfibolitlar, amfi-bolli slaneslar va b. tarkibiga kira-di. A. kimyoviy tarkibi jihatidan bir-biridan farq qiladi, lekin fizik xusu-siyatlari bilan o‘zaro o‘xshash. Qattiqligi 5—6,5. S.og‘. 2,8—3,6. Rangi minerallar tarkibidagi temir miqdoriga qarab, oq, sarg‘imtir, yashil, qora va qo‘ng‘ir bo‘ladi. A. magmatik, metamorfik jinslarda, skarnlarda paydo bo‘ladi. A. vulkan lava-lari tarkibida ham ko‘p uchraydi. Umumiy miqdori Yer po‘stining qariyb 10% ini (massasi bo‘yicha) tashkil qiladi. Ukra-ina, Uralda topilgan. A. O‘zbekistonda juda keng tarqalgan (Olmaliq atrof-lari, Chatqol tog‘lari, O‘zbekistonning g‘arbidagi volfram, molibden konlari va b. joylarda). A.ning ba’zi xillari, jumladan, amfibol-asbestning mayin, egiluvchan tolalaridan o‘tga va kislo-ta-ga chidamli materiallar tayyorlanadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil